• Axloq normalari
  • Reja: Davlatgacha bo'lgan jamiyatlarga




    Download 23,76 Kb.
    bet1/4
    Sana23.11.2023
    Hajmi23,76 Kb.
    #103952
      1   2   3   4
    Bog'liq
    DAVLATGACHA BO\'LGAN JAMIYATLARGA IJTIMOIY NORMALAR VA IJTIMOIY HOKIMYAT


    DAVLATGACHA BO'LGAN JAMIYATLARGA IJTIMOIY NORMALAR VA IJTIMOIY HOKIMYAT


    Reja:
    1. Davlatgacha bo'lgan jamiyatlarga
    2. Ijtimoiy normalar
    3. Ijtimoiy hokimyat

    Ahloq- ijtimoiy normalarning eng asosiysi hisoblanib, muayyan jamoa a’zolari tomonidan rioya qilinishi shart bo’lgan yurish-turish qoidalaridir.


    Ahloq - kishilarning bir-birlariga, oilaga, Vatanga, jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan hatti-haraktlar yig’indisidir. Ahloq har bir kishining xulqini ko’rsatadi.
    Ahloq normalari - yaxshilik va yovuzlik, vijdon, sha’n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas’uliyat, baxt haqidagi ahloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o’rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Ahloqiy tushunchalar o’zining majmuasiga muvofiq keng qirrali hisoblanadi.
    Tarix shundan dalolat beradiki, birgalikda yashashning ko’p asrli tajribasini mujassamlashtirgan umumiy axloq normalariga qattiq amal qilgan, jipslashgan xalqlargina omon qolishgan, ofatlarga, hujumlarga muvaffaqiyat bilan bardosh bergan. Ana shu qoidalarni buzganlarni jamoatchilik qoralagan.
    Jamiyatdagi munosabtlar ijtimoiy normalar orqali tartibga solinadi.
    Axloq normalari inson hayoti bilan chambarchas bog’lanib ketgan, inson ongida juda uzoq yillar mobaynida shakllangan tuygular - ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, burch va mas’uliyat, adolat va nohaqlik, mehribonlik va shafkatsizlik, hurmat va hurmatsizlik kabilarga mos ravishda o’rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Masalan, avtobusda ketayotganda keksa bir odam chiqsa unga joy berish ahloqiy normani bajarishni bildiradi. Qariya joy so’ramaydi, lekin ahloq normalari joy beruvchini shunga majbur qiladi.
    Jamoat birlashmalari normalari - barcha tashkilotlar o’rtasidagi, shuningdek bu tashkilot a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xulq - atvor qoidalaridir. Jamoat birlashmalari normalarning boshqa normalardan farqi shundaki, ular o’z maqsadlaridan kelib chiqqan holda ma’lum tartib qoidalar ishlab chiqadi va jamiyat rivojiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, xotin-qizlar jamiyati oila, ayol, farzand, ota-ona bilan bog’liq munosabatlarni, “Kamolot” jamg’armasi yoshlar, ularning jamiyatdagi o’rni, bilimi, xulqi, odobi bilan bog’liq munosabatlarni belgilaydi va tartibga soladi.

    Download 23,76 Kb.
      1   2   3   4




    Download 23,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Davlatgacha bo'lgan jamiyatlarga

    Download 23,76 Kb.