|
5-modul. Yuklama turg‘unligidagi o‘tkinchi jarayonlar 26-mavzu. Yuklamalarning statik va dinamik xarakteristikalari qurish tartibi
|
bet | 1/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 29,39 Kb. | | #229886 |
Bog'liq 5-modul talab
5-modul. Yuklama turg‘unligidagi o‘tkinchi jarayonlar
26-mavzu. Yuklamalarning statik va dinamik xarakteristikalari qurish tartibi.
Yuklamalarning almashtirish sxemasidan foydalanib ularning aktiv va reaktiv quvvatlarining kuchlanish va chastota bo‘yicha statik va dinamik xarakteristikalarini qurish tartibi tushuntiriladi.
27-mavzu. Kompleks yuklamali tugun. Kompleks yuklamali tugunning va asinxron motorning statik turg‘unligi va statik turg‘unlik mezoni.
Kompleks yuklamali tugun tarkibi. Kompleks yuklamali tugunning statik va dinamik xarakteristikasi. Kompleks yuklamali tugunning statik turg‘unlik mezoni. Statik turg‘unlikni oshirish yo‘llari. Asinxron motorning statik turg‘unlik mezoni qaraladi.
28-mavzu. Kompleks yuklamali tugunning statik turg‘unligi zahirasini oshirish yo‘llari va tadbirlari.
Kompleks yuklamaning statik turg‘unlik zahirasini oshirishning rejimiy va sxemaviy tadbirlari. Kompleks yuklamali tugunning ikkilamchi statik turg‘unlik mezoni va unga ta’sir ko‘rsatadigan omillar o‘rganiladi.
29-mavzu. Energosistemalarda chastota ko‘chkisi va uni bartaraf etish choralari
Elektr sistemaning yuklamalari, shinalardagi kuchlanish va sistema chastotasiga bog‘liq bo‘lgan aktiv va reaktiv quvvatlar bilan ifodalanadi. Aktiv quvvatlar balansi butun sistemada chastotaning stabilligini, reaktiv quvvatlar balansi esa elektr sistemasining tugunlaridagi kuchlanishlarni belgilaydi.
2.3. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Berilgan elektr sistemaning almashtirish sxemasini tuzish va elementlarining ma’lumotnomadan olingan parametrlarini nomlangan birliklarda ifodalash.
O‘tkinchi jarayonlarni tekshirishda qo‘llaniladigan nisbiy birliklar sistemasi.
Elementlarning sistema va rejim parametrlarini nisbiy birliklarda ifodalashga doir masalalar yechish.
Sistema elementlarining tenglamalarini har xil koordinatalar sistemasida ifodalashga doir masala yechish.
Sistema elementlarining qisqa tutashuv tokining tokning turi, teskari va nolinchi ketma-ketliklarini topishga oid masalalar yechish
Sistema tugunlarida bir karrali nosimmetrik va simmetrik qisqa tutashuvlar uchun tok va kuchlanishni aniqlashga doir masalar yechish.
Sistemada oddiy qisqa tutashuvni simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalanib hisoblashga doir masalalar yechish.
Elektr sistema tugunlaridagi berilgan qisqa tutashuv turi bo‘yicha tok va kuchlanishlarni hisoblash va vektor diagrammalarini qurish
Elektr sistemaning holat va rejim parametrlarini nisbiy birliklarda ifodalab ular orasidagi bog‘lanishni aniqlashga doir masalalar yechish
Elektr sistemaning vektor diagrammasini qurish va undan holat parametrlarini aniqlashga doim maslalar yechish
Elektr sistemaning statik turg‘unlik koeffitsenti va uni oshirishga oid masalalar yechish
Sistemaga uzatiladigan aktiv quvvatning haqiqiy uzatish chegaralarini aniqlash bo‘yicha masalalar yechish
Boshqarilmaydigan elektr sistemaning statik turg‘unligini xarakteristik tenglama ildizlari bo‘yicha baholashga oid masalalar yechish
QAR ning ta’sirini baholash uchun stabillash koeffitsentlar koordinatasida turg‘unlik sohasini aniqlash bo‘yicha masalalar yechish
Oddiy elektr sistemaning dinamik turg‘unligini hisoblashga doir masalalar yechish
Qisqa tutashuvni o‘chirish burchagi va vaqtining chegaraviy qiymatini aniqlashga doir masalalar yechish
Yuklamalarning rostlash effektini aniqlashga doir masalalar yechish.
Talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilimlarini amaliy masalalar yechish orqali ko‘nikmalarga aylantiradilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni o‘zgartirish asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallarddan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimlarini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
5-modul. Yuklama turg‘unligidagi o‘tkinchi jarayonlar 26-mavzu. Yuklamalarning statik va dinamik xarakteristikalari qurish tartibi
|