• Yangi mavzuni boshlashdan oldin talabalar faolligini oshirish va ularning dastlabki bilimlarini organish uchun savollar
  • МИКРОПРОЦЕССОР
  • Fanning nomi: Avtomatlashtirishning texnik vositalar va raqamli avtomatika. Fan o’qituvchi: Xudoynazarov Utkir




    Download 3.75 Mb.
    bet1/4
    Sana08.10.2023
    Hajmi3.75 Mb.
    #87311
      1   2   3   4
    Bog'liq
    atv maruza 14
    95826, Amaliy 3, 5-MAVZU-1, 1 ot, pisa-xalqaro-dasturida-matematik-savodxonlik, Najim aka, 3.7 ASOSIY VOSITALARNI INVENTARIZATSIYA QILISH HISOBI, statistika fani kitobi, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi, atv va ra, 3-ma\'ruza, C#, 5-лаборотория, 8-лаборотория

    Fanning nomi:Avtomatlashtirishning texnik vositalar va raqamli avtomatika.
    Fan o’qituvchi: Xudoynazarov Utkir
    Mavzu.TJABTlarida mikroprotsessor texnikasi. Integral sxemalar.
    REJA
    1. Integral sxemalar va mikroprotsessor qurilmalarining xususiyatlari
    2.Mikroprotsessor texnikasining asosiy tushunchalari.
    Yangi mavzuni boshlashdan oldin talabalar faolligini oshirish va ularning dastlabki bilimlarini organish uchun savollar
    1.TJABTlarida mantiqiy funksiyalar va uzgartkichlar.
    2.Element bazasi.
    3.Aloqa qurilmalari
    4.Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari
    Mavzuga doir adabiyotlar
    1.N.R.Yusupbеkоv,B.I.Muxаmеdоv, Sh.M.G’ulоmоv. Tеxnоlоgik jаrаyonlаrni nаzоrаt qilish vа аvtоmаtlаshtirish.T.,”O’qituvchi” , 2011,576 b.
    2. R.T.Gаziеvа. Аvtоmаtikа аsоslаri vа ishlаb chiqаrish jаrаyonlаrini аvtоmаtlаshtirish. T.,”Tаmаddun”, 2014, 144b.
    МИКРОПРОЦЕССОР
    Integral sxemalar va mikroprotsessor qurilmalarining xususiyatlari. Har qanday parametrni oʼlchash yoki nazorat qilishda bir qator hollarda oʼlchanayotgan kattaliklarning qiymatlarini elektron asboblar yordamida aniqlash va kuzatib borish bilan bogʼliq boʼlgan turli operatsiyalarini avtomatik ravishda bajarish zarur boʼladi. Bu masalalar mikroprotsessor qurilmalar yordamida hal qilinadi.
    Keyingi paytlarda mikroelektronika va hisoblash texnikasining eng muhim yutugʼi KIS asosidagi mikroprotsessorlarni yaratish hisoblanadi.
    Integral mikrosxemalar (IS)—deb, yagona texnologik jaraenda tayyorlanib, muayyan sxema boʼyicha ulangan va umumiy plastmassali yoki metall korpusga yaxlit joylashtirilgan va diod, tranzistorlar, kondensatorlar, rezistorlardan tashkil topgan mikroelektronika qurilmalariga aytiladi. Bitta integral mikrosxema yuzlab va undan yuqori miqdordagi diskret elementlar (diod, tranzistorlar, kondensatorlar va boshqalar)dan tashkil topgan elektron sxemaga ekvivalentdir. Integral sxemalar IS (10 elementgacha), katta IS (10 elementgacha), oʼta katta IS (10 va undan koʼp element) koʼrinishida boʼlishi mumkin.
    Mikroprotsessor texnikasining asosiy tushunchalari. Mikroprotsessor — funktsional tugallangan, bitta yoki bir nechta KIS yoki OʼKIS koʼrinishida bajarilgan, raqamli axborotni ishlovchi, xotirasiga joylangan dastur bilan boshqariluvchi qurilmadir.
    Mikroprotsessor dasturlanuvchi mantiqli KIS yoki UKIS ga asoslangani uchun u qattiq, kayd etilgan mantiqli integral sxemalarning koʼpchilik turlarining oʼrnini bosdi. Mikroprotsessorning dasturini oʼzgartirib, uning yordamida koʼpgina turli xil masalalarni yechish imkoni yaratildi.
    Mikroprotsessor odatda maxsus ishlab chiqilgan oʼzining konstruktiv texnologik qiymatlariga koʼra bir xil va yaxlit yigʼilishi mumkin boʼlgan alohida mikroprotsessorli va boshqa integral sxemalarning yigʼindisidan iborat boʼlgan mikroprotsessor komplekti (toʼplami) tarkibida foydalaniladi.
    Komplekt tarkibiga: mikroprotsessorlar, xotirlovchi kurilmalar, axborotni kiritish, chiqarish, mikrodasturli boshqaruv va hokazolarning integral sxemalari kiradi.
    Mikroprotsessorli tizim deb, mikroprotsessorli komplektning oʼzaro taʼsirlanuvchi integral sxemalarining yaxlit toʼplamiga mikroprotsessorli hisoblash va boshqarish tizimiga kelgan axborotga ishlov berish boʼgʼini sifatida yigʼilgan toʼplamga aytiladi.
    MikroEHM — bu konstruktiv tugallangan hisoblash qurilmasi boʼlib, u alohida korpusda integral sxemalarning mikroprotsessor komplekti asosida tuzilgan va taʼminot manbaiga, boshqaruv pulьtiga, axborotni kiritish-chiqarish boʼgʼinlariga ega. Bu esa undan oʼz dasturli taʼminotiga ega boʼlgan mustaqil ishlovchi kurilma sifatida foydalanishga imkon beradi.
    Interfeys (inglizcha Intefase —oʼzaro bogʼlanish) raqamli xisoblash texnikasi qurilmalari oʼrtasidagi axborot almashishni amalga oshirish uchun moʼljallangan signal chiziqlari va shinalari, elektron sxemalar va algoritmlar majmuasini (toʼplamini) ifodalaydi. Mikroprotsessor arifmetik-mantiqiy qurilma, registrlar va hisoblagichlar toʼplami, kiritish va chiqarish shinalari tizimi, boshqarish va sinxronlashtirish qurilmalaridan iborat.

    Download 3.75 Mb.
      1   2   3   4




    Download 3.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning nomi: Avtomatlashtirishning texnik vositalar va raqamli avtomatika. Fan o’qituvchi: Xudoynazarov Utkir

    Download 3.75 Mb.