• MUSTAQIL ISH Mavzu
  • To’g’rilovchi diodlar; To’g’irlovchi diodlar va ularning ishlash prinsipi; Diyotlarning asosiy xarakteristikalari va parametrlari;
  • Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar. To’g’irlovchi diodlar
  • Tayyorladi: 043-22




    Download 79,79 Kb.
    bet1/7
    Sana04.01.2024
    Hajmi79,79 Kb.
    #129954
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Aliakbarova Zulxumor to\'g\'irlovchi diodlar mustaqil ish


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    Sirtqi bo‘lim Telekomunukatsiya texnologiyalari fakulteti


    Elektronika va radiotexnika kafedrasi
    Sxemalar va elektronika 1 fanidan
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: To’g’rilovchi diodlar.


    Tayyorladi: 043-22 guruh talabasi
    Aliakbarova Zulxumor
    Qabul qildi:_____________________


    Toshkent – 2023 y.
    MAVZU: To’g’rilovchi diodlar


    REJA:

    1. To’g’rilovchi diodlar;

    2. To’g’irlovchi diodlar va ularning ishlash prinsipi;

    3. Diyotlarning asosiy xarakteristikalari va parametrlari;

    4. Diyotlarning tasnifi;

    5. Maqsadlari bo'yicha diodlarning turlari;

    6. Chastota diapazoni bo'yicha diodlarning turlari;

    7. Xulosa;

    8. Foydalanilgan adabiyotlar.



    To’g’irlovchi diodlar

    Diod—elektr tokini bir tomonlama o'tkazish xususiyati­ga ega bo'lgan elektron asbobdir. Diodlar ikki xil: vakuumli (shisha ballonga joylashtirilgan ikki elektrodli elektron lampa) va yarim o'tkazgichli (asosi — germaniy va kremniy kristallari) bo'ladi. Diodning ko’rinishi rasmdagidek bo’ladi.


    Quyida yarim o'tkazgichli diodni tavsiflovchi eng muhim parametrlarni (muhit temperaturasi 20°C bo'lgan holat uchun) keltiramiz: teskari kuchlanishning eng katta qiymati 400 V, eng katta teskari kuchlanishda teskari tok (o'rtacha qiymati) 0,3 mA, eng katta to'g'rilangan tok (to'g'ri tokning o'rtacha qiymati) 300 mA, eng katta to'g'ri tokda diodda kuchlanishning tushishi 0,5 V.

    Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr o‘tishlar va tashqi zanjirga ulanish uchun ikkita chiqishga ega bo‘lgan elektr o‘zgartirgich asbobga aytiladi. Yarim o‘tkazgichli diodlar ma’lumotnomalarda radioelektron apparaturalarda qo‘llanilish sohalari yoki vazifasiga ko‘ra sinflanadilar.
    To‘g‘rilovchi diodlar kuchlanish manbai o‘zgaruvchan kuchlanishini o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. To‘g‘rilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uning mavjudligi to‘g‘rilash effekti bilan aniqlanadi.To‘g‘rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bo‘yicha sinflanadilar.


    Download 79,79 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 79,79 Kb.