Тажриба машғулоти№9




Download 58,89 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi58,89 Kb.
#110098
  1   2   3
Bog'liq
8-лаборотория


Тажриба машғулоти№ 9
I. Mavzu: Tabiiy suvlarni sifatini baholash
II. Mashg'ulotning maqsadi: Tabiiy suvlarni sifatini baholash, suvning sifati haqida umumiy tushunchalar.
Tabiiy va oqova suvlarning sifat ko‘rsatgichlari masalalari qarab chiqilayotganda aktiv reaksialar suv muhitining kislotaligi va ishqorli xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib , suvda vodorod ioni (H+) va gidroksidning (OH) konsentratsiyalanishiga sabab bo‘ladi. Aktiv reaksiyalar ko‘p jihatdan uni sanoatda, baliqchilik xo‘jaligida va ichimlik uchun pHning miqdorini davlat standarti tomonidan 6,5 dan 8,5 birlikda qattiq cheklab qo‘yilgan(pH miqdori vodorod ionining manfiy o’nli logarifmiga teng: pH<7 muhit da nordon reaksiya, pH>7 ishqorli reaksiya sodir bo‘ladi ). Suvning elektr o‘tkazuvchanligi (konduktivligi) unda suvda eruvchi tuzlar mavjudligi hamda suvning umumiy minerallashuvi bilan bir xil xarakterlanadi. Nisbiy chuchuk, har xil moddalardan tozalangan suv dielektrik ko‘rinishida bo‘ladi; tuz konsentratsiyasining ortishi suvning elektr o‘tkazuvchanligini oshishiga sabab bo‘ladi . Bu bog‘lanish to‘liq hali o‘rganilmagan, biroq suvning umumiy minerallashuvining prinsipial imkoniyatlarini samarali jihatdan aniqlash (bug‘lanishni to quruq qoldiq qolgunga qadar davom ettirish usulisiz) tabiiy suvlarning muhim xarakterlaridan biri sanalgan elektr o‘tkazuvchanlikni alohida ko‘rsatadi.
Suvda erigan kislorodning tarkibi (mg/l yoki maksimal imkoniyatdagi foizda) suv muhitining baliqchilik va madaniy sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishda uning yaroqliligini xarakterlaydi. Kislorod-mikroorganizmlar faoliyatidagi bosh ko‘rsatgichlardan biri sanaladi. Kislorod tarkibining yuqori bo‘lishi suvda fotosintez jarayonining aktivligini, birlamchi fitoplankton tuguni yerda tropik o‘simlik va hayvonot dunyosining hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Suvda kislorodning kam tarkibda bo‘lishi turg‘unlik holatini ko‘rsatadi, (suv «o‘lik» holatda bo‘lib baliqlar ommaviy qirilib ketadi) shunday bo‘lsada, undan qishloq xo‘jalik va sanoat ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin.
Suvning harorati- suv ob’ektlarining gidrologik rejimi va imkoniyatlaridan xalq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalanishda muhim parametrlaridan biri hisoblanadi.
Suv va gruntlarning ionli tarkibi va kimyoviy xususiyatlari ulardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida aniq funksiyalarni bajarishning sifatli yaroqliligini bajarish borasida fikr yuritish imkonini beradi. Misol tariqasida suvning tarkibida aktiv ionlarning (gidrokarbonotlar, sulfatlar) yuqori darajada bo‘lishi , undan sanoatda foydalanishni taqiqlaydi, chunki beton va metall konstruksiyalarga ta’sir etib ularni emiradi. Tabiiy suvlarning (Ca + va Mg+) qattiqligi davlat standartiga asosan uning ichishga yaroqliligini aniqlaydi, uning qattiqligi 7 mg-ekv/l dan oshmasligi kerak. Tuproqning ionli tarkibini aniqlash, uning sho‘rlanishi mumkin bo‘lgan turlarini aniqlab beradi va kelajakda turli qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon yaratadi.
Suvning harorati, erigan kislorod tarkibi, muhitining pH miqdori va umumiy qattiqligi (kalsiy va magniy ionlarining konsentratsiyasi), suv va tuproqda karbonat, gidrokarbonat, xlorid va sulfatlarni aniqlash har qanday tabiiy tadqiqot va qidiruv ishlarida eng zarur bo‘lgan analitik darajani tashkil etadi.
Suv sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan gigienik talabga ko‘ra, u odamlar iste’mol qilganda hech qanday yuqumli kasalliklar keltirib chiqarmasligi, kishilarga zaharli va radioaktiv moddalar bilan shikast etmasligi, ta’mi, hidi, rangi risoladagidek bo‘lib, sog‘ligiga zarar etkazmasligi kerak.
5- jadval
Suv xavzasidagi suvlarning tarkibi va xossalari.

Ko‘rsatkichlar

Gigienik talablar va me’yorlar

Suzib yuruvchi moddalar

Suv yuzasida suzib yuruvchi yog‘ pardalari dog‘lar mineral yog‘lar va boshqa

Hidi, mazasi

To‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki xlorlangan so‘ng suvda begona hid, yot maza ruxsat etilgan 2 balldan oshib ketmasligi kerak.

Rangi

20 sm balandlikdan suvda hech qanday rang bo‘lmasligi kerak.

Suvning muhiti

pN = 6,5 – 8,5 dan ortib ketmasligi kerak.

Suvning mineral tarkibi

Quruq qoldik 1 litr suvda 1000 mg dan oshmasligi kerak, shular ichida xloridlar 350 mg/l, sulfatlar 500 mg/l hisobida bo‘ladi.

Oksigenga bioximik talab

20 0S li 1 litr suvda oksigenga talab 3 mg dan oshmasligi kerak.

Suvning bakterial tarkibi

Suvda yuqumli kasallikni qo‘zgatuvchi patogen mikroblar saqlamasligi kerak. Ichak tayoqchalari bakteriyali guruxning soni 1 litr suvda 10000 dan oshmasligi kerak.

Suvdagi kimyoviy zaharli moddalar.

Ruxsat etilgan va tasdiqlangan me’yordan oshiq bo‘lmasligi kerak.

Suvni ifloslovchilar orasida mexanik va biologik ifloslanish muhim o‘rin tutadi.


Turli sanoat korxonalari ishlab chiqarishidan va kommunal-maishiy xo‘jaligidan chikarilgan oqova suvlar suv havzalari antropogen ifloslanishining asosiy manbalaridan hisoblanadi.

Download 58,89 Kb.
  1   2   3




Download 58,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Тажриба машғулоти№9

Download 58,89 Kb.