Mavzu: Oltin mishyakli boyitmalarni qayta ishlash




Download 355,74 Kb.
bet1/3
Sana16.12.2023
Hajmi355,74 Kb.
#120016
  1   2   3
Bog'liq
Oltin-mishyak 2

Mavzu: Oltin mishyakli boyitmalarni qayta ishlash.

Reja:


Ishlab chiqilgan ilmiy asoslar va sanoat amaliyoti shuni koʻrsatdiki, chanlarda bakterial tanlab eritish jarayoni, boshqa gidrometallurgik usullar bilan qoʻllanishi uchun bir qator afzalliklarga ega, хususan bu usulni qiyin qayta ishlanadigan mineral хomashyolarni qayta ishlashda qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Chanlarda bakterial tanlab eritish jarayoni qaysar oltin-mishyakli sulfidli ruda va boyitmalarni qayta ishlashda keng qoʻllanilmoqda. Bu yoʻnalishda olib boriladigan ishlar XX asrning 80 yillarida jadal surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Barcha olib borilgan ishlarning natijalari shuni koʻrsatdiki, oltin saqlovchi arsenopirit va pirit minerallarini bakterial oksidlash jarayonidan soʻng, oltinni sianli eritmaga ajratib olinishi 95-98% gacha oshadi. Masalan, Zimbabakterial tanlab eritish, Malayziya va Janubiy Afrika davlatlarida tarkibida 7-8% mishyak va 11-58 g/t gacha oltin boʻlgan boyitmalarni bakterial tanlab eritishidan soʻng, boyitma tarkibidagi arsenopirit va piritning oksidlanish darajasi 95-98% tashkil etdi va buning natijasida 95% oltinni ajratib olish imkoniyati paydo boʻldi. Shuningdek, olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, pirit mineralining tanlab eritish tezligi, boyitma tarkibidagi arsenopiritning asosiy qismi tanlab eritilganidan soʻng keskin oshadi. Bakteriyalar faolligining pasaymasligi, uchun bakterial tanlab eritish eritmalarida mishyakning miqdori 20 g/l dan oshmasligi kerak, shu sababdan eritmalarning bir qismini mishyakdan tozalash uchun tanlab eritish jarayonidan chiqarish tavsiya etiladi.
Bakterial tanlab eritish jarayonining afzalliklarini quyidagi misollarda ham koʻrish mumkin: - Chinola (Kanada) va Porgera (Papua) konlarining piritli oltin saqlovchi boyitmalarini bakterial tanlab eritishda (350C, S:Q= 5:1, pH 2-1,8, temir (III) ioni miqdori - 35 g/l) piritning oksidlanish darajasi 88 % ni, oltinni sianlash usuli bilan ajratib olinishi esa 91-94% ni tashkil etdi;
-mis-piritli oltin saqlovchi boyitmalarni (temir- 34,7%, oltingugurt – 39,7%, mishyak – 0,4%, mis 1%, oltin – 13,4 g/t) oksidlovchi kuydirish – sulfat kislotada tanlab eritish – sianlash va bakterial tanlab 97 eritish – sianlash usullarida qayta ishlash jarayonlari taqqoslanganda, oltinni ajratib olish darajasi bakterial tanlab eritish – sianlash usulini qoʻllaganda yuqoriroqdir.
Bakterial tanlab (BT) eritishning birinchi sanoat uskunasi 1986- yilda Feyrvyu (JAR) konida ishga tushirilgan. Uskunaning boyitma boʻyicha qayta ishlash unumdorligi 10 t/sut edi, soʻngra uning unumdorligi 55 t/sut (1991-yil) ga koʻtarilgan. Bu uskunada tarkibida 8- 10% mishyak, 24-29% oltingugurt, 120-140 g/t oltin boʻlgan qaysar boyitmalar qayta ishlanadi. Boyitmadagi 70% oltin donachalarining yirikligi 2 mkm dan kam va bu oltin arsenopirit va pirit minerallari bilan assotsiatsiyalangan. Bu boyitmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri sianlashda oltinni ajratib olish darajasi 35% dan oshmaydi. Bakterial tanlab eritish va sianlash usulini qoʻllaganda esa oltinning ajratib olish darajasi 95% gacha koʻtarildi.
Tanlab eritish uchun zavodda har bittasining hajmi 90 m3 boʻlgan 10 ta reaktor oʻrnatilgan. Reaktorlarning umumiy foydali hajmi 764 m3 tashkil etadi. Tanlab eritish 4 sutka davom etgan. Boʻtananing harorati 40 – 450C , pH 1,8 – 1,2 ni tashkil etgan. Boʻtanadagi kislorodning qoldiq miqdori 2 mg/l koʻrsatkichida ushlab turiladi. Tanlab eritishdan soʻng mishyakli eritmalarning neytrallashi ohak yoki ―ohak suti‖ bilan ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda pH koʻrsatkichi 5, ikkinchi bosqichda esa 8 ni tashkil etadi. Buning natijasida qiyin eruvchan temir arsenati (FeAsO4) va kalsiy sulfati hosil boʻladi. Choʻkmaga tushgan temir arsenati mustahkam birikma va pH 3-10 larda erimaydi. Choʻktirishdan soʻng eritmadagi mishyakning miqdori 0,5 mg/l dan oshmaydi.

Download 355,74 Kb.
  1   2   3




Download 355,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Oltin mishyakli boyitmalarni qayta ishlash

Download 355,74 Kb.