|
Feyrvyu (JAR) koni boyitmalarini bakterial tanlab eritish jarayonining sхemasi
|
bet | 2/3 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 355,74 Kb. | | #120016 |
Bog'liq Oltin-mishyak 2Feyrvyu (JAR) koni boyitmalarini bakterial tanlab eritish jarayonining sхemasi
Oltin-mishyakli boyitmalarni qayta ishlash sхemalarining xilmaxilligiga qaramasdan, ular barchasi quyidagi asosiy bosqichlarni oʻz ichiga olgan:
- dastlabki хomashyoni tanlab eritishga tayyorlash;
- boʻtanani tayyorlash;
- bakterial tanlab eritish;
- tanlab eritish mahsulotlarini qattiq va suyuq fazalarga ajratish;
- bakterial tanlab eritish kekiga ishlov berish;
- bakterial eritmalarga ishlov berish (metallarni ajratib olish).
Bakterial tanlab eritish jarayonining asosiy sikllari
Tanlab eritish uchun dastlabki mahsulotni tayyorlash, uni rudadan olish bosqichida boshlanadi, masalan, maʼlum moddiy va mineralogik tarkibda ega boʻlgan boyitmani boyitish usullari yordamida olish jarayonini misol tariqasida keltirsa boʻladi. Qaysar oltin saqlovchi boyitmalar deyarli toʻliq dastlabki rudadan gravitatsion va flotatsion boyitish usullari yordamida ajratib olinadi. Hosil boʻlgan gravitatsion boyitmalarning yirikligi 1-2 mm yoki undan yuqori boʻlishi mumkin. Flotatsion boyitmalarda esa — 0,074 mm sinfning miqdori 80-90 % gacha boʻladi. Shu bilan bir qatorda gravitatsion boyitmalarda oltin miqdori boʻyicha boy boʻladi, lekin mishyakning miqdori ham ularda yuqori boʻladi. Koʻp hollarda gravitatsion boyitmalar qayta yanchiladi va flotatsion boyitmalar bilan aralashtiriladi.
Dastlabki хomashyoni qayta ishlashga tayyorlashda hosil boʻlgan boyitmalarning yirikligidan tashqari, boytmaning mineralogik tarkibi va oltinni qaysi minerallar bilan bogʻlanganligi ham hisobga olinishi kerak. Masalan, olingan boyitmalar tarkibidagi arsenopiritni bakterial oksidlash va tanlab eritish jarayoniga boyitma tarkibida boshqa sulfidli minerallarning mavjudligi taʼsir etadi. Agar boyitmada pirit mavjud boʻlsa va uning miqdori arsenopiritga nisbatan 4:1- 2:1 boʻlsa, arsenopiritni oksidlanish tezligi oshadi va buning natijasida tanlab eritilish vaqti kamayadi, pirrotin mavjudligida esa, arsenopirit pirrotinning koʻp qismi tanlab eritilganidan soʻng tanlab eritiladi. Buning natijasida tanlab eritish davomiyligi 1,5-2 marotaba oshadi. Shuningdek, pirrotin saqlovchi boyitmalarni tanlab eritishda boʻtanada bakteriyalarning oksidlovchi хususiyatini kamaytiruvchi uch valentli temirning miqdori oshadi. Bundan tashqari, boʻtanada elementar oltingugurtning miqdori ham oshadi va bu hodisalar keyingi sianlash jarayoniga salbiy taʼsir etadi.
Ikki bosqichli tanlab eritish sхemasi qayta ishlanadigan boyitma tarkibida mishyakning miqdori 8 % dan oshaganda qoʻllaniladi. Bu sхemalar bir nechta variantlarda boʻlishi mumkin. Dastlabki boyitmada mishyakning yuqori miqdori, uning miqdorini boʻtananing suyuq fazasida oshishiga ham sabab boʻladi (10 g/l dan yuqori), suyuq fazada mishyakning yuqori miqdori mikrojonzotlar faolligining pasayishiga olib keladi va buning natijasida tanlab eritish davomiyligi oshadi va oxirgi mahsulotda mishyakning miqdori oshadi. Suyuq fazadan mishyakni olib tashlash uchun, tanlab eritishning birinchi bosqichidan soʻng (24-48 soat) boʻtana quyuqlashtiriladi, suyuq fazadan mishyak va temir choʻktiriladi, quyuq faza esa ―repulpatsiya‖dan (qayta boʻtana tayyorlash) soʻng tanlab eritishning ikkinchi bosqichiga yuboriladi
Suyuq fazani yangilash jarayoni, yirikligi -0,044 mm li tanlab eritilgan sinfni boʻtanadan ajratib olish bilan birlashtirilishi mumkin. Bu sinfning chiqishi 60% gacha boʻlishi mumkin va bu sinfdan oltinni sianlash yoʻli bilan ajratib olish darajasi 90-92% tashkil etishi mumkin. Bu sхema boʻyicha tanlab eritishning birinchi bosqichidan soʻng boʻtanadan gidrosiklonda qayta ishlash yoʻli bilan minus 44 mkm sinf ajratib olinadi va sianlash jarayoniga yuboriladi, qumlar esa (+ 44 mkm) tanlab eritishning ikkinchi bosqichiga yuboriladi. Buning natijasida tanlab eritishning ikkinchi bosqichiga dastlab xomashyoning 40-50 % qismi yuboriladi, bu tadbir tanlab eritish dastgohlarga tushadigan хomashyoning hajmini va aralashtirish jarayonining sarfini kamaytiradi.
Oltin-mishyakli rudalarni bakterial tanlab eritish jarayonini qoʻllab qayta ishlashning prinsipial sхemasi
Hozirgi kunda bakterial oksidlash va tanlab eritish jarayonlarini ishlab chiqish boʻyicha 25 mamlakatda 100 dan koʻp firmalar shugʻullanmoqda. Ularning tadqiqotlari natijasida yirik sanoat chanlarda bakterial tanlab eritish uskunalari qurilgan va ishga tushirilgan. Ishga tushirilgan uskunalarda turli konlarda qazib olingan rudalarni boyitish natijasida olingan boyitmalar qayta ishlanadi.
Jadvalda keltirilgan maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, boyitmalarning tarkibi xilma-хilligi bilan ajralib turadi. Barcha keltirilgan boyitmalarda mishyak arsenopirit minerali bilan keltirilgan (7-20 %), shuningdek, boyitmalarning tarkibida oltingugurtning miqdori 10-25 %, temirniki 10-27 %. Koʻpgina boyitmalarda asosiy sulfidli minerali pirit mineralidir (40 % gacha), ayrim boyitmalarda arsenopirit va piritdan tashqari pirrotin (25 % gacha), surma va koʻmirli moddalar uchraydi.
|
| |