|
Bakteriyalar ta‘sirida chanlardagi ba‘zi qurilma va mexanizmlarning kimyoviy yemirilishi
|
bet | 3/3 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 355,74 Kb. | | #120016 |
Bog'liq Oltin-mishyak 2Bakteriyalar ta‘sirida chanlardagi ba‘zi qurilma va mexanizmlarning kimyoviy yemirilishi
Xulosa.
Ishlab chiqilgan ilmiy asoslar va sanoat amaliyoti shuni koʻrsatdiki, chanlarda bakterial tanlab eritish jarayoni, boshqa gidrometallurgik usullar bilan qoʻllanishi uchun bir qator afzalliklarga ega, хususan bu usulni qiyin qayta ishlanadigan mineral хomashyolarni qayta ishlashda qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Chanlarda bakterial tanlab eritish jarayoni qaysar oltin-mishyakli sulfidli ruda va boyitmalarni qayta ishlashda keng qoʻllanilmoqda. Bu yoʻnalishda olib boriladigan ishlar XX asrning 80 yillarida jadal surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Barcha olib borilgan ishlarning natijalari shuni koʻrsatdiki, oltin saqlovchi arsenopirit va pirit minerallarini bakterial oksidlash jarayonidan soʻng, oltinni sianli eritmaga ajratib olinishi 95-98% gacha oshadi. Masalan, Zimbabakterial tanlab eritish, Malayziya va Janubiy Afrika davlatlarida tarkibida 7-8% mishyak va 11-58 g/t gacha oltin boʻlgan boyitmalarni bakterial tanlab eritishidan soʻng, boyitma tarkibidagi arsenopirit va piritning oksidlanish darajasi 95-98% tashkil etdi va buning natijasida 95% oltinni ajratib olish imkoniyati paydo boʻldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hojiyev Sh.T., Norqobilov Y.F., Raxmataliyev Sh.A., Suyunova M.N. Yosh metallurg [Matn]: savol-javoblar, qiziqarli ma‟lumotlar va metallar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari. – Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti, 2019 . - 140 b. ISBN 978-9943-24-273-9
2. Yusupxodjayev A.A., Mirzajonova S.B., Hojiyev Sh.T. Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi [Matn]: darslik. – Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti, 2020. – 300 b. ISBN 978-9943-24-295-1
3. Yusupxodjayev A.A., Hojiyev Sh.T., Ochildiyev Q.T. Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi: amaliy mashg„ulotlar uchun uslubiy ko„rsatmalar. – Toshkent: ToshDTU, 2020.
4. Hojiyev Sh.T., Mirsaotov S.U. Oltin ishlab chiqarishda eritmani zararli unsurlardan tozalash usullari // “Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo„llanilishi” mavzusidagi ilmiy onlayn konferensiya to„plami, Toshkent, 27-iyun, 2020. 442 – 446 b
|
| |