V- mavzu. Korxonaning aylanma mablag’lari




Download 185.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana30.03.2023
Hajmi185.26 Kb.
#47667
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU-1
95826, Amaliy 3, 1 ot, pisa-xalqaro-dasturida-matematik-savodxonlik, Najim aka, 3.7 ASOSIY VOSITALARNI INVENTARIZATSIYA QILISH HISOBI, statistika fani kitobi, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi, atv va ra, atv maruza 14, 3-ma\'ruza, C#, 5-лаборотория, 8-лаборотория


V- MAVZU. KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI 
5.1. Aylanma fondlar va aylanma mablag’lar: tarkibi va tuzilishi 
Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va 
moliyaviy mablag‘larga bо‘lgan extiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat 
korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mexnat buyumlari xam harakatda 
bо‘ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi. 
Aylanma fondlar — ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, о‘z
qiymatini tayyor maxsulotga о‘tkazib, о‘z shaklini xam о‘zgartiradigan, butunlay 
yukotib yuboradigan mehnat buyumlaridir. 
Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi 
mablag‘lar, tugullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi. 
Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy kismini tashkil 
etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali 
foydalanilmagan mexnat bumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, 
yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun extiyot 
kismlar, xо‘jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat.
Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil 
etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allakachon tushgan, lekin ishlov berish 
tugamagan mexnat buyumlaridir. Bularga korxona о‘zi yaratgan, lekin chala tayyor 
maxsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. 
Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari xisoblanadi. 
Ularga yangi turdagi maxsulotlarni loyixalash, tayyorlash va о‘zlashtirish, 
mutaxassislarni о‘qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga olish, tog‘-sanoat 
korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning hammasi tayyor 
mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga koplanadi. 
Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bо‘ladi. Masalan, 
umuman, sanoat buyicha ishlab chiqarish jamg‘armasi 64% ga yakin bо‘lsa, 
elektroenergetika va issiklik energiyasi ishlab chiqarish sohasida 56% ni, 
mashinasozlikda 54%, kumir sanoatida 33% ni tashkil etadi. Aylanma fondlarning 
tarkibi fakat tarmoklarda emas, korxonalarda xam bir-biridan farq kilishi mumkin. 
Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning 
usuliga, yо‘liga, korxonani ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining 
davomiyligiga, ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog‘liq. Aylanma 
fondlarning tarkibini iqtisodiy taxlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi 
omillarni aniklash xamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoklar va 
korxona tarakkiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning 
tarkibini aniklash, ulardan foydalanishni yaxshilash yо‘llarini belgilash uchun 
moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar xar bir tarmok ikkinchi tarmokka qanday 
buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi. 
Sanoat korxonaga ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun asosiy vositalar 
bilan birga aylanma mablag’lar ham kerak bo’ladi. Aylanma mablag’lar asosan 
korxonaning hisob raqamida pul ko’rinishida jamg’ariladi. Tovar, xom-ashyo, 
materiallar, yoqilg’i, yem-xashak, mineral o’g’itlar va boshqa mablag’lar negizida 


ishlab chiqariladi. Aylanma mablag’larni mehnat buyumlari deb ham ataladi. 
Asosiy kapitalning bir marta aylanishiga aylanma kapitalning bir necha aylanishi 
to’g’ri keladi. Aylanma kapital yetishmasa asosiy kapitaldan foydalanish 
yomonlashadi. Shu sababdan aylanma kapital muammolarini o’rganish korxona 
faoliyatida muhim rol oynaydi. 

Download 185.26 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 185.26 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V- mavzu. Korxonaning aylanma mablag’lari

Download 185.26 Kb.
Pdf ko'rish