• 1.Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va oqituvchining asosiy vazifalari.
  • Reja: Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchining asosiy vazifalari. Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. Pedagogning professional pozitsiyasi. O‘qituvchining axloqiy fazilatlari




    Download 96 Kb.
    bet1/8
    Sana25.01.2024
    Hajmi96 Kb.
    #145957
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    PEDAGOGLIK KASBIGA QO\'YILADIGAN TALABLAR


    PEDAGOGLIK KASBIGA QO'YILADIGAN TALABLAR
    Reja:
    1.Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchining asosiy vazifalari.
    2.Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga
    olish.
    3. Pedagogning professional pozitsiyasi. O‘qituvchining axloqiy
    fazilatlari.
    4. Pedagogga qo‘yiladigan talablar: ishchanlik sifatlari, shaxsiy
    sifatlar, pedagogik mahorat.


    1.Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchining asosiy vazifalari.
    Hozirgi zamon o'qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, kasbini sevishi, o'z kasbiga bo'lgan cheksiz sadoqat o'qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki ta'lim maskanlarida ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o'qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog'liq. O'qituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. O'qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning uchun o'qituvchi sog'lom, asablari joyida, mustaqil tafakkur va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan, shuningdek, o'z ustida tinmay ishlamog'i lozim.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida», «uzluksiz ta'limni isloh qilishning yo'nalishlaridan biri, ta'lim tizimini kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o'qituvchi, muallim va ilm-fan xodimlarining kasbiy nufuzini oshirish», -deb ko'rsatilgan. Demak, hozirgi kunda o'qituvchi mehnatining nufuzini oshirish asosiy masalalardan biri. O'qituvchining faol mehnatisiz jamiyatni, jumladan, iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin emas, chunki har qanday rivojlanishning asosida kadrlar turadi. O'qituvchining mas'uliyatli va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e'tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi. Bu kabi ishlarni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog'liq: yoshlarni o'qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o'tkazish, ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning barchasi o'qituvchidan chuqur bilimlarga ega bo'lishni, o'z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
    O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim konsepsiyasida o'qituvchi-mutaxassis oldida turgan vazifalar quyidagicha belgilanadi: «Mutaxassis malakasi –chuqur bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, kompyuter bo'yicha savodxonligi, o'z bilimlarini tezlik bilan yangilash va to'ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi... Shular qatorida uning intizomi, mas'uliyat, ziyolilik, o'z ishiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo'lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg'ularini ham tarbiyalash zarur».
    Shuning uchun ham hozirgi jamiyatda o'qituvchining vazifasi quyidagilardan iborat:
    1. O'quvchilarni hozirgi zamon dunyo taraqqiyoti darajasida bilimlar bilan qurollantirish;
    2. O'quvchilarda bilimga qiziqish va ishtiyoqni tarbiyalash, o'qish motivlarini rivojlantirish;
    3. O'quvchilarning ma'naviy o'sishiga alohida e'tibor qaratish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va e'tiqodni shakllantirish orqali ularni vatanparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalash;
    4. O'quvchilarni axloqiy, huquqiy, etik va estetik bilim, mahoratlarining rivojlanishiga e'tibor qaratish;
    5. Bo'lajak avlodni hayotga, ongli mehnat va kasb tanlashga tayyorlash;
    6. Yoshlarda ishbilarmonlik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik sifatlarini rivojlantirish;
    7. Ta'lim jarayonini takomillashtirish o'zining kasb mahoratini oshirish, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya sirlarini o'rganish uchun tinimsiz ijodiy ishlash, izlanish;
    Ushbu fikrlar o'qituvchilarga bevosita ta'luqli. Chunki jamiyatimizda sodir bo'layotgan tub o'zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o'qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo'lishni taqozo qilmoqda.



    Download 96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchining asosiy vazifalari. Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. Pedagogning professional pozitsiyasi. O‘qituvchining axloqiy fazilatlari

    Download 96 Kb.