Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga




Download 96 Kb.
bet2/8
Sana25.01.2024
Hajmi96 Kb.
#145957
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PEDAGOGLIK KASBIGA QO\'YILADIGAN TALABLAR

2. Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga
olish.
Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini: bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik pallalarini bosib o‘tadilar. Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko‘ra ularga beriladigan tarbiyaning mazmuni o‘zgarib boradi, yoshi ulg‘aygan sari ularga talab ham ortadi. Shu tufayli o‘rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga suyanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga nisbatan muayyan holatda tursagina (bu holat ularning yoshiga qarab turlicha bo‘ladi) pedagogik ta’sir ko‘rsatishni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o‘quvchilar bilan muomala sohasida o‘qituvchining asosiy yo‘l-yo‘rig‘idan iborat bo‘lib, u o‘quvchilarning psixologik yosh xususiyatlariga monand bo‘ladi. Turli yoshdagi o‘quvchilarning muomalasiga ta’sir ko‘rsatish sub‘ekti bo‘lgan o‘qituvchi tutgan yo‘l va mahoratining umumlashtirilgan tavsifini quyidagicha tasavvur qilishi mumkin: quyi sinflarda o‘qituvchi tashkilotchi bo‘lib maydonga chiqadi. V. Dalning lug‘atiga qaraganda-tuzuvchi-ta’sis etuvchi (tashkil etish-yo‘lga qo‘yish, qat‘iy asoslash degan so‘zdan) ma’noni bildiradi.
Pedagogning kichik yoshdagi o‘quvchilar hayotiga -ta’sir ko‘rsatishining asosiy mazmuni uni tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoalarida talabchan va quvnoq tarbiyachi bo‘la oladigan, bolalarning faol ijodkorlik bilan to‘la hayotini tashkil etib, ular orasida o‘zaro xayrihoxlik, g‘amxo‘rlik vaziyatini, zavqli vaziyatni vujudsa keltira oladigan tarbiyachilar katta obro‘-e‘tibor qozonadilar. Bolalar katta yoshdagi bunday kishilarni o‘z do‘stlari deb qabul qilshiga moyildirlar. Bunday munosabat eng yaxshi munosabatdir, chunki u katta yoshdagi kishiga tashkiliy vazifalarni hal etishni osonlashtiradi, tarbiya vazifalarini mohirlik bilan samarali hal etishga yordam beradi. O‘smirlar o‘qiydigan sinflarda o‘qituvchining holati rahbar degan so‘z bilan ifodalanishi mumkin. V. Dal bu so‘zni quyidagicha, ya’ni ko‘rsatuvchi, murabbiy, ishboshi, boshlovchi deb ta’riflaydi.
Pedagoglarning o‘smirlarga ta’sir ko‘rsatishining asosiy mazmuni ularning faoliyatiga rahbarlik qilish zarurati bilan belgilanadi, bu faoliyat o‘z-o‘zini tashkil qilishning ko‘proq ulushini o‘ziga qamrab oladi, bu esa o‘qituvchining ta’lim tarbiya jarayonining rahbari sifatida, o‘quvchilarga quyidagi talablar mazmunini ochib beradi. O‘smirlar pedagogik talablarni ongli va sidqidildan bajarishlari uchun talab mavzuiga nisbatan o‘qituvchi va o‘quvchining bir xil yo‘l tutishi zarurdir, u bilish nuqtai nazaridan qiziqarli bo‘lishi yoki amaliy jihatdan foydali bo‘lishi zarur, yoxud hissiyotlarni yengillashtirish va xokazolar uchun kerak, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, jamoa faoliyat jarayonini qulaylashtirish zarurdir, aks holda talab samarasiz bo‘lib qoladi.
O‘qituvchi yuqori sinf o‘quvchilari bilan muomala qilganda o‘tmish g‘oyaviy merosining muhim ahamiyatini tasdiqlab berish lozim. Bunday holda u keng muammolar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib keladi va yuqori sinf o‘quvchilariga samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qituvchi jamoa a’zolari bilan gaplasha olishi ham kerak.
Ta’lim – tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o‘quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga amal qilgan holda yo‘lga qo‘yiladi. Ammo, har bir o‘quvchi o‘ziga xos jismoniy, axloqiy, aqliy, ruxiy va boshqa xususiyatlarga egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta’sir etadi. Shu boisdan ta’lim jarayonida guruhdagi o‘quvchi-talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Dars davomida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la hisobga olish juda qiyin va har doim ham buning iloji bo‘lavermaydi. Darsdan tashqari vaqtlarda o‘rtoqlari va boshqalarga bo‘lgan munosabati, xulqi, irodaviy sifatlarini o‘rganadi, ular bilan suhbatlashadi. Kuzatish jarayonida pedagog o‘quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo‘lgan xususiyatlarni bilib oladi, o‘quvchilarning hayotiy va mehnat qobiliyatini o‘rganadi. Mohir pedagog o‘quvchilar psixologiyasini ham yaxshi o‘rganib, ularda fanni o‘zlashtirish darajalarini qay darajada oshirish yullarini topadi. Pedagogning mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
Odatda aksariyat pedagoglar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida pedagog oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar “pedagoglarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak?” degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.
Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, pedagoglar ommasining ma’lum qismi mustaqil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmokdalar. Bunday pedagoglar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.
Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan, bular Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent shahar viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda pedagog kadrlarning malakasini oshirish, pedagog kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.
Pedagogning mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir. Muhim Davlat vazifasini – kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab pedagogsining xislatlari, uning ijodiy faoliyati kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib-rivojlana boradi.
Shu bilan birga pedagog doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, o‘z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur.
Shayx Najmiddin Kubro «Ey mo‘min, haqiqiy komillik yuzaga kelgunga qadar bir g‘ayrat va hikmat bilan sayri suluk qilish lozim. Bu yo‘l parishonlik, yalqovlik va tanballikni ko‘tarmaydi, zohir, birlik va butunlikni talab qiladi. Soyirlarga yaxshilab qara, parishon va sustlashganlar yo‘lda ilgarilay olmaydilar. Bu yo‘l muhabbat ahlidan g‘ayratli, yelib yuguruvchi va uzluksiz harakatda bo‘lganlarning ravishidir» deb ko‘rsatgan.
Shayx Najmiddin Kubroning tasavvuf nazariyasini boyitishga qaratilgan ushbu purma’no fikrlari ayni paytda o‘zining ijtimoiypedagogik qiymati bilan ham ajralib turadi. G‘ayratli, hikmatli inson ijtimoiy faol, jamiyat rivojiga o‘z ulushini qo‘sha oladigan shaxs sifatida tan olingan bo‘lsa, yalqov, tanbal, parishon insonlar xalq nazaridan chetda qolib ketganligi bilan bugungi kunda ham o‘zining tegishli bahosini olmoqda.

Download 96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga

Download 96 Kb.