• N.V. Kuzmina
  • 4. Pedagogga qo‘yiladigan talablar: ishchanlik sifatlari, shaxsiy sifatlar, pedagogik mahorat.
  • Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari




    Download 96 Kb.
    bet4/8
    Sana25.01.2024
    Hajmi96 Kb.
    #145957
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    PEDAGOGLIK KASBIGA QO\'YILADIGAN TALABLAR

    Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari


    Pedagogik faoliyat o‘z ichiga o‘qituvchining bola shaxsi va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini qamrab oladi.
    Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligi.
    Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:

    1. – (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;

    2. – (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.



    4. Pedagogga qo‘yiladigan talablar: ishchanlik sifatlari, shaxsiy sifatlar, pedagogik mahorat.
    O‘qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng oliyjanob, yuksak va eng murakkab vazifadir. Har bir bola o‘z hulq-atvoriga, xarakteriga ega. Yoshlarni tarbiyalashda ularning ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o‘rganish nihoyatda murakkab. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim.
    O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    - mafkuraviy sohada – ilmiy dunyoqarash va e‘tiqod, sotsial extiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy-siyosiy faollik;
    - kasbiy pedagogik sohada – bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; psixologo-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qat‘iylik va maqsadga intilish; vazminlik, o‘zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik;
    - bilish sohasida – keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, yangilikni his qila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish.
    O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ishlash uchun tayyorlanayotgan o‘qituvchilar: pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon, umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, shuningdek, umuminsoniy qadriyat sifatida ilohiy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida ravnaq topishiga ishonadigan vatanparvarlik, fuqarolik burchini anglagan, ixtisosga doir bilimlar, ko‘nikmalarni, ijtimoiy-gumanitar bilimlarni, psixologo-pedagogik, metodik bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallagan, o‘qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko‘radigan, insonparvar, talabchan, adolatli, ishchan, erkin va ijodiy fikrlay oladigan, har bir shogirdi ulg‘ayib yaxshi odam bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashadigan kishi bo‘lmog‘i kerak.
    Boshqata’limturlaridabo‘lganidek, oliymaktabo‘qituvchisishaxsigahamjiddiytalablarqo‘yiladi. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan eng muhim talab uning yuqori malakali bo‘lishidir. Balki uningsiz pedagogik faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Oliy maktab o‘qituvchisi ham shunday talablarga javob berishi kerakki, bunda talabalar uni yuksak darajada bo‘lg‘usi mutaxassisni shakllantiradigan shaxs darajasiga ko‘tarsin.
    Oliy maktab o‘qituvchisiga quyidagi muhim va doimiy talablar qo‘yiladi:
    - jamiyat rivojlanishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholay olishi;
    - pedagogik faoliyatni sevishi;
    - o‘z sohasi bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lishi;
    - zakovatli bo‘lishi;
    - pedagogik tuyg‘u;
    - yuksak yetuklik;
    - umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;
    - pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo‘lishi.
    Yuqorida sanab o‘tilganlar, pedagog shaxsiga xos bo‘lgan tug‘ma xislatlar emas, balki ular pedagogning o‘z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.

    Download 96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari

    Download 96 Kb.