• 6) Kommunikativ malakalari
  • 7) Gnostik malakalari
  • 8) Ijodiy xislatlari
  • Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari
  • Z.I.Kalmikovaning
  • Reja: Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchining asosiy vazifalari. Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. Pedagogning professional pozitsiyasi. O‘qituvchining axloqiy fazilatlari




    Download 96 Kb.
    bet7/8
    Sana25.01.2024
    Hajmi96 Kb.
    #145957
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    PEDAGOGLIK KASBIGA QO\'YILADIGAN TALABLAR

    5) Tashkilotchilik malakalari:

    • bolalar jamoasini uyushtira bilishi;

    • turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;

    • bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;

    • amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi;

    6) Kommunikativ malakalari:

    • -bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;

    • -bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;

    • bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;

    • bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi;

    7) Gnostik malakalari:

    • bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;

    • -o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;

    • boshqa tarbiyachilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;

    • psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;

    -bolalarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi;
    8) Ijodiy xislatlari:
    -pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
    -bolalarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati;
    -o‘zini bola o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
    -avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
    -o‘zining bolaga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
    Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari
    Muhim davlat vazifasini – “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab pedagogsining xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi.
    Hozirgi jamiyatimizda pedagogning mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi bir tomondan pedagoglik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi. Chunki bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib koladi.
    Psixologik nuqtai-nazardan pedagog doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki pedagoglik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, pedagogdagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, pedagogning o‘zi axborotlar olish uchun bolalarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.
    Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bog‘liq. Bu o‘rinda A.K. Markova taklif etgan bilim egallash ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyatga molikdir:

    • Bu ko‘rsatkichlar asosida o‘zlashtirishni aniqlash uslubi ishlab chiqilgan bo‘lib, Z.I.Kalmikova fikricha, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:

    • diagnostik kompleks amalga oshirilib, u “analitik” emas, balki “sintetik” yo‘lga suyanishi lozim;

    • diagnostika uslublari tabiiy o‘qitish tajribalarida qo‘llanilayotgan o‘quv materiallariga tayanishi, ijobiy xususiyatlari laboratoriya tajribalari bilan qat’iy bog‘lanishi lozim, ayniqsa, sinov natijalarini qayd qilishda, miqdor va sifat tahlillarini jarayon vaqtida belgilab borishda, yechilish usullari va ko‘rsatilayotgan yordamni yozib borishda qat’iy aniqlik talab qilinadi;

    -Muammoli o‘quv jarayonida iloji boricha qolgan barcha shartlar tenglashtirilgan holatda ta’lim diagnostika qilinadi;
    -Diagnostik tajriba vaqti uni qayd qilish talab qilinganda chegaralanmasligi lozim;



    Download 96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Hozirgi jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchining asosiy vazifalari. Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. Pedagogning professional pozitsiyasi. O‘qituvchining axloqiy fazilatlari

    Download 96 Kb.