"Экономика и социум" №5(96)-2 2022 www.iupr.ru
301
Xudayberdiev B.B.
kafedrasi asisstenti
“Muhandislik va kompyuter grafikasi”
Jizzax politexnika instituti
PEDAGOGIKADA ILG'OR METODLAR VA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada ilg’or pedagogik metodlardan unumli
foydalanish, to’g’ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo’llash haqida so’z
yuritilgan.
Kalit so’zlar: Texnologiya, metod, axborotli o’qitish, pedagogik muloqot,
kompetentlik, interfaol.
Khudayberdiev B.B.
chair assistant
"Engineering and computer graphics"
Jizzakh Polytechnic Institute
USE OF ADVANCED METHODS AND INNOVATIVE
TECHNOLOGIES IN PEDAGOGY
Annotation: This article discusses the effective use of advanced
pedagogical methods, the ability to choose the right technologies and their
application.
Keywords: Technology, method, information teaching, pedagogical
communication, competence, interactive.
Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarning 200
ga yaqin turi
mavjud. O‘qituvchi ana shu texnologiyalardan o‘z darsida qanday foydalanishni
to‘g‘ri tanlay bilishi kerak. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti natijasida
zamonaviy texnika vositalari kirib kelmoqda. An’anaviy o‘qitish tizimi,
aytish
mumkinki, yozma va o‘g‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli “axborotli
o‘qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv
jarayonining
tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga
aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda.
Bugunning har bir pedagogi
har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol
avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o‘z
oldiga
asosiy maqsad qilib qo‘yishi lozim. Shunday ekan,
u pedagogik texnologiyalar
asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati, samaradorligini oshirishda o‘z
hissasini qo‘shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi
lozim.