"Экономика и социум" №5(96)-2 2022 www.iupr.ru




Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.12.2023
Hajmi3,41 Mb.
#125278
1   2   3   4
Bog'liq
pedagogikada-ilgor-metodlar-va-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish

"Экономика и социум" №5(96)-2 2022 www.iupr.ru
 
303 
O‘qituvchi mehnatining samarasi shogirdlarining nafaqat yurtimizda
balki xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarda, ko‘rik-tanlovlarda qo‘lga kiritgan 
yutuqlarida namoyon bo‘ladi. Vatanimizdagi ta’lim sohasi rivojlanishida biz 
albatta rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalaridan keng foydalanishga e’tibor 
bermoqdamiz. Bunday usullardan biri interfaol usullardir. Interfaol usullar har 
bir o‘quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi hamda 
o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida va hamkorligida mustaqil ishlash ko‘nikma va 
malakalariga ega bo‘lishadi. Pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazilgan 
mashg‘ulotlar, o‘quvchi talabalarni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini asoslashga 
imkon yaratadi. Ilm-fan va ta’limni rivojlantiruvchi omillardan yana bir eng 
muhimi shuki, bu AKT dan foydalanish. Chunki hozirgi zamon o‘qitish 
metodlarini AKT siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborotlarning animatsiyalar 
orqali uzatilishi o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Kompyuter 
dasturlari yordamida ko‘rgazmalar tayyorlash, taqdimotlar va videoroliklar 
yaratish yangi mavzuni tushuntirishda katta samara beradi. Boshlang‘ich sinf 
texnologiya darslarida rangli qog‘ozdan turli gullar, maketlar, parranda va 
jonzotlar shakllarini yasash, gazlamalardan buyumlar yasash usullari o‘rgatiladi. 
Plastilindan buyumlar yasash, hayvonlar shaklini yasash va applikatsiya, 
mozaika usulida ishlash kabi jarayonlar ham amalga oshiriladi. Shuningdek
texnologiya darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga 
mavzuga oid savol-topshiriqlarga javob berishi, ishni sifatli bajarishi hamda 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi zarur. Bu vazifalarni bajarishda boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi ko‘zlangan 
maqsadga erishishda muhim omil bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, agar 
o‘qituvchi texnologiya darslarida qo‘llaniladigan xavfsizlik qoidalarini taqdimot 
ko‘rinishida tayyorlab o‘quvchilarga har darsda namoyish etsa, yanada 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar har darsda shu taqdimotni 
ko‘rganlaridan keyin albatta eslarida qoladi, shunga amal qilishadi va natijada 
turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldi olinadi. Turli kasb egalari va kasb-hunarga oid 
ma’lumotlarni kengroq yoritishda axborot texnologiyalaridan unumli 
foydalanish yuqori samara beradi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogik texnologiya asosida 
o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi 
va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini 
to‘liq bajarishi mumkin. Natijada, mantiqiy bog‘langan qisqa yo‘llardan 
shunday olib boriladiki, o‘quvchilar deyarli qiyinchiliklarga uchramaydilar va 
o‘quvchi ularning natijasini ma’lum qilish bilan mustahkamlash imkoniyatiga 
ega bo’ladi, hamda ta’lim maqsadini to‘la amalga oshirish sari yana yangi 
qadamlar qo‘yadi.

Download 3,41 Mb.
1   2   3   4




Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Экономика и социум" №5(96)-2 2022 www.iupr.ru

Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish