|
Bugungi kunda yurtimizda hamma soxalar sengari yo‘l qurilishi qurilish soxalariga ham katta etibor qaratilmoqda
|
bet | 1/11 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #143743 |
Bog'liq Azizbek Diplom Ishi
Kirish
Bugungi kunda yurtimizda hamma soxalar sengari yo‘l qurilishi qurilish soxalariga ham katta etibor qaratilmoqda. Bu sohalarni yanada rivojlantirishga hukumatimiz va yurtboshimiz tomonidan qaror va qonunlar qabul qilinmoqda. Bu davlat dasturlarini amalda ijrosini taminlash maqsadida va bu loyihalarni samaradorligini kotarish maqsadida olib borilayotgan islohatlar natijasida bunyodkorlik sohalari tobora kengayib bormoqda. Ammo qurilish soxasidagi bu davirning boshlanishi bu soxadagi barcha kamchiliklarni muammolarni topish ularni aniqlash kamchiliklarni hal qilish oson bo‘lmayapti. 2017-yildan hozirgi shu kunga qadar juda koplab aniqroq aytadigan bo‘lsak 40 dan ziyod yangi qaror va farmonlar yangi qonunlar qabul qilingan. Bu qonun va farmonlar yurtimizda yillar davomida yig‘ilib kelagan muammolarni xal qilishga qaratilgan. Yillar davomida yig‘ilib qolgan ushbu muammolarni yo’l qo‘yilgan barcha kamchiliklarni xal etish maqsadida davlatimiz rahbarining farmoni qabul qilingan.
Prezidentimizning 2018-yildagi 2- apreldagi “Qurilish soxasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi” PF-5392-son farmoniga muofiq davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Qurilish vazirligi tashkil etildi.
Shu bilan birga yo‘lqurilishi avtomobil yo‘l xo‘jaligini rivojlantirishga ham juda katta etibor qaratilmoqda. Davlatimiz raxbarining “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtamobil yo‘llarini rivojlantirish strotegiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi elon qiligan.
Strategiyaning asosiy maqsadi qilib avtomobil yo‘llarini tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish, aholi turmush darajasini o‘sishiga yordamlashadigan yo‘nalishlar belgilab olindi.
Kranlar - yuklarni koʻtarib, maʼlum masofaga tashiydigan, davriy ravishda harakatlanadigan mashina. Koʻtarish kranlari yuklarni koʻtarish konstruksiyasiga ko‘ra (koʻpriksimon yoki konsol ferma, minora, machta, strela), asosiy yuk ko‘taruvchi mexanizm (chigʻir. telfer), kuch qurilmalari, elektr jihozlar, yoʻnaltiruvchi va tutib turuchi elementlar (zanjirlar), yukni ko‘tarish qurilmalar (ilgak, elektromagnit, greyfer va boshqalar) dan tashkil topgan. Konstruktiv alomatlari va ishlash sxemalariga koʻra, koʻtarish kranining statsionar va koʻchma, buriladigan va burilmaydigan xillari bor. Vertikal oʻq atrofida aylanib ishlaydigan koʻtarish krani buriladigan kran deyiladi; bular oʻzgarmas qulochli (quloch — aylanish oʻqi bilan yukning osilish nuqtasi orasidagi gorizontal masofa) va oʻzgaruvchan qulochli boʻladi. Buriladigan koʻtarish krani yoʻlda harakatlanadigan, velosiped kran, pnevmatik g‘ildirakli, zanjir tasmali, avtomobilga oʻrnatilgan, devorga oʻrnatilgan, turlarga boʻlinadi. Baʼzi kranlarda minora (minora kran) yoki machta (machtali kran) koʻrinishida boʻladi. Burilmaydigan koʻtarish kranlariga koʻprikli kranlar, balkali kran, kabelli kranlar va boshqalar kiradi. Yuklarni gorizontal yoʻnalishda toʻgʻri chiziqli ilgarilama tashiladigan koʻtarish krani koʻprik kran deyiladi.
|
| |