|
Bugungi kunda yurtimizda hamma soxalar sengari yo‘l qurilishi qurilish soxalariga ham katta etibor qaratilmoqda
|
bet | 10/11 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #143743 |
Bog'liq Azizbek Diplom IshiGreyferlar uchun:
Alohida ikki motorli yuritma uchun……………….6,0
Alohida bir motorli yuritma uchun………………….5,0
Bir arqonli va motorli……………………………….5,0
Machta va tayanchlarga tortish uchun
Doimiy ishlaydigan kranlar uchun…………………..3,5
Xizmat muddati bir yilgacha bo`lgan…………………3,0
Kabel kranlar arqonlar uchun
Doimiy ishlaydigan kranlar uchun……………………..3,5
Xizmat muddati bir yilgacha bo`lgan kranlar uchun…..3,0
Kranlarda tortish xizmatini bajaruvchi kranlar uchun….4,0
Kulachoklarni elektryuritmalarni osish uchun……………3,0
Polispastlar uchun………………………………………..6,0
Odamlarni ko`tarish uchun mo`ljallanganlebyodkalar uchun….9,0
Kranlarni montaj qilishda ishlatiladigan arqonlar uchun….4,0
Strelani ko`tarib tushirish uchun…………………………3,5
Po`lat arqon bilan o`raladigan blok diametri
D≥de.
Bu yerda D-blok diametri
d-po`lat arqon diametri
e-yuk ko`tarish turi va ish rejimiga bog`liq bo`lgan koeffisiyenti.
Yuk ko`targich kran turi
|
|
|
|
Strelali kranlar elektrtallar lebedkalardan tashqari barcha kranlar uchun
Strela kranlar yukni va strelani ko`tarish mexanizmlari
Kran montaj qilish mexanizmi
Elektrotallar
Greyferli lebedkalar
Yuk ko`tarish kranlar uchun
Strelali kranlar uchun
Greyfer bloklari
Ko`tarish uchun lebedkalar
Yuklar uchun
Odamlar uchun
|
Dastakli
mashinali
Dastakli mashinali
Dastakli mashinali
Dastakli mashinali
|
Yengil
O`rta
Og`ir
O`ta og`ir
Yengil
O`rta
Og`ir
O`ta og`ir
Yengil
O`rta
Og`ir
O`ta og`ir
Yengil
O`rta
Og`ir
O`ta og`ir
|
18
20
25
35
16
18
20
25
20
30
20
18
12
20
16
25
|
Baraban diametri yuqoridagi formula bo`yicha hisoblangan qiymatidan 15% muvozanatlovchi blok diametrini 20% elektrotal va strelali kranlarda esa 40% kamaytirishga ruxsat beriladi.
Baraban diametrini turgan po`lat arqon o`rtacha diametribo`yicha olish kerak. Jadvalda zahira koeffisiyenti qiymati keltirilgan
Silliq barabanlar va po`lat arqonlarni ko`p qatlamli qilib o`rashga mo`ljallangan barabanlar ikkala chetida rebordalar qilinadi.
Rebordalar faqat po`lat arqon siljib barabandan chiqib ketishini oldini oluvchi jihozlar bilan jihozlangan elektrotallar jihozlanadi.
Yuk ko`tarish mashinalari yuk ko`tarish va strela qulochini o`zgartirish mexanizmlarini normal tormozlar bilan jihozlanadi.
Kran ishga tushgan paytda tormoz ochiladi va aylanishga to`sqinlik qilmaydi.
Dastakli yuritmali yuk ko`tarish mashinalari avtomatik ta`sir etuvchi tormozlar bilan jihozlanadi.
Ko`tarilgan holda bo`lgan yukning o`zidan tushib ketmasligini ta`minlash uchun boshqariladigan normalepik tormozlar ishlatiladi.
Ko`tarilgan holda bo`lgan yukning o`z-o`zidan tushib ketmasligini ta`minlash uchun boshqariladigan normaleptik tormozlar ishlatiladi.
Greyferlar ikki barabanli alohida yuritmali lebyodkalardan har bir yuritmada tormoz o`rnatilishi lozim.
Yerlash qurilmasi
Yong`in xavfsizligini ta`minlash maqsadida mashinalar ximoyaviy yerga ulash qurilmasi va yong`inga qarshi vositalar bilan jihozlangan (yong`in o`chirgich) belkurak , ikkita vilkali shnur va razetka , tross qozig`I bilan va harakatlanayotganda statik zaryadli tarqatish uchun yerlash zanjiri.
O`t o`chiruvchi asboblar dastlabki o`t o`chirish vositasi bo`lib, yong`in boshlang`ich davrida uning kuchayib tarqalib ketmasligi uchun ishlatiladi.
O`t o`chirish texnikasi atama va qoidalarida berilishicha o`t o`chiruvchi moddalarning turiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.
Suyuqlik vositasidagi aktiv yuzali moddalar qo`shilgan suv yoki turli kimyoviy birikmalarning suvdagi eritmalari:
Karbonat kislotali (suyultirilgan karbonad dioksidi) kimyoviy ko`piklar (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi) havo ko`pikli (ko`pik hosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi bilan siqilgan karbonad angiidrid gazi yoki havoning aralashmasi) xladonli ( kolloidlangan uglevodorod asosidagikukunli moddalar-bromli etil xladon va boshqalar ), kukunli ( karbonad ikki oksidli soda asosidagi quruq kukunlar ), aralashma holidagi (kukunlar va ko`pik hosil qiluvchilar ).
O`t o`chiruvchi moddaning miqdori va o`lchamlari bo`yicha kam hajmli ( hajmi 5 litr 10 litrli) ko`chma va hajmi 25 l dan kam bo`lmaga statsionar uskunalar.
Karbonad kislotali o`t o`chirish asboblari havo kirmaganda ham yona oladigan moddalardan ( paxta tolalaridan ) boshqa har xil moddalarni o`chirishda ishlatiladi.
Hozirgi paytda karbonad kislotali o`t o`chirish asboblarining oy, oy -2A, oy-5, oy-8, oy-2mm va oy-5mmmarkalari mavjud.
Kimyoviy ko`pikli o`t o`chirish asboblari qattiq moddalarni hamda maydoni 1m2 gacha bo`lgan suyuq yonuvchi moddalarni o`chirishda ishlatiladi.
Kukunli o`t o`chirish asboblarida o`chiruvchi modda sifatida kuknli tarkiblar ishlatiladi.
Hozirgi paytda op-1 op-2 op-2bop-8b1 va boshqa kukunli o`t o`cherish asboblari keng qo`llanilmoqda.
OP-1 asbobidan tashqari barcha kukunli o`t o`chirish asboblarida kukun qisilgan havo yoki gaz ( azot ) yordamida amalga oshiriladi.
Kukunli o`t o`chirish asboblari ishqoriy metallar yengil sepuvchi suyuqliklar kuchlanish ostidagi elektr uskunalari yonganda o`chirish uchun ishlatiladi.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida juda jiddiy masala bo`lib turibdi.
Shovqinning oqibatlari ma`lum . U birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma`naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib , ularni har xil xatoliklarga yo`l qo`yishlariga olib keladi. Bu es o`z navbatida ishlab chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi.
Katta shovqin ta`sirida insonning asab sistemalari zirqillaydi, eshitish organining faoliyati susayishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib , inson salomatligini saqlashi bilan katta ahamiyat kasb etadi.
Odam qulog`i ma`lum chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyatiga ega. Bu chastotalar 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo`lgan diapazonni tashkil qiladi. 16Gs dan kichik va 20000Gs dan katta bo`lgan chastotadagi tovushlarni odam qulog`i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultra tovushlar deb ataladi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda shovqinning o`rta geometric chastota oraliqlari belgilangan. Bu oraliqlar quyidagicha belgilanadi.
O`rta geometrik chastota oraliqlari: 63(45-90) ( qavsda shu chastotani ifodalaydigan chegara miqdorlari berilgan), 125(90-180), 250(180-355), 500(355-710), 1000(710-1400), 2000(1400-2800), 4000(2800-5600), 8000(5600-11200).
Yangi sanoat korxonalarini va sexlarini loyihalashda shu sanoat korxonasi va sexlarida kelib chiqishi mumkin mumkin bo`lgan shovqin bosimi darajalarini aniqlash muhim vazifa hisoblanadi. Ma`lumki , shovqin chiqaruvchi mashina va mexanizmlar sanoat korxonasining biror sexida joylashganligini hisobga olib, ana shu shovqinni tevarak-atrofdagi ishlab chiqarish korxonalarida , aholi yashash joylariga shovqin ta`sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korxonasi loyihalash davrida hisobga olinadi. Shovqinni hisoblash asosan quyidagi vazifalarni o`z ihiga oladi:
Ma`lum nuqtada shovqin chiqarishi umkin bo`lgan va shovqin tavsiflari aniq bo`lgan shovqin manbaining shovqin bosimi darajasini aniqlash.
Shovqinni kamaytirilishi lozim bo`lgan miqdori.
Shovqinni ruxsat etiladigan miqdor darajasiga keltirish chora-tadbirlari. Hisoblash nuqtasi ochiq maydonda yoki berk xona ichida joylashgan bo`lsa, bularning har biri uchun hisoblash formulalari har xil bo`ladi.
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagi usullarda olib boriladi.
Shovqinni ajralib chiqayotgan manbayida kamaytirish;
Shovqinning tarqalish yo`nalishini o`zgartirish;
Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish;
Sanoat korxonalari xonalariga akustik ishlov berish;
Shovqinni tarqalish yo`lida kamaytirish.
Shovqinni ajralib chiqayotgan manbayida kamaytirish.
Shovqinga qarshi kurashning ajralib chiqayotgan manbayida kamaytirish eng samarali usul hisoblanadi .
Shovqinning kelib chiqishiga asosiy sabab mashina va mexanizm yoki uning ayrimqismlari harakati natijasida havoda elastik to`lqinlarharakatini vujudga keltiradi. Bunday to`lqinlarning hosil bo`lishiga olib keladigan harakatlanuvchi qismlarni o`z navbatida mexanik , aerodinamik, gidrodinamik va elektrodinamik turlarga bo`lib qarashmaqsadga muvofiqdir.
Bu mashina va mexanizmlarning ishlash prinsiplaridagi tavsiflari va shovqin chiqarishga olib keladigan omillar har xil bo`ladi. Shovqin hosil bo`lishiga sababchi bo`ladigan asosiy bitta band hammasi uchun umumiy. Bu ularni ishlatishda va ta`mirlash vaqtida yo`l qo`yilgan noaniqliklar shovqin chiqarishning asosiy omili hisoblanadi.
5. Xulosa
Ushbu bituruv – malakaviy ishni bajarish jarayonida bir balkali ko‘prikli kran loyihalangan.
Bir balkali ko‘prikli kranni loyihalsh jarayonida ko‘prikli kranlar mavjud konstruksiyalari tahlili amalga oshirilgan.
Loyihalangan kranning mavjud prototiplardan afzalligi uning og`ir yuklarni ko`tarishda ko`ndalang tebranishlar qiymati pastligi va yuqori ish unumdorligiga ega ekanligidir.
Hisob ishlari shuni ko`rsatadiki ko`tarish mexanizmi va burilish mexanizmi dvigatellari nominal og`irlikdagi yuklarni uzoq muddat zo`riqishsiz ko`tarishi muhim.
Taklif etilayotgan o`ziyurar strelali kran uzoq muddat buzilmasdan ishlashi uchun krandan faqat ruxsat etilgan nominal yuk qiymatlarida foydalanish va og`ir ish rejimlarida ishlatmaslik lozim. Bundan tashqari jihoz elementlari holatini har doim nazorat qilish va o`z vaqtida aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish hamda o`z vaqtida barcha qotirish va moylash ishlarini bajarish lozim.
|
| |