|
Bugungi kunda yurtimizda hamma soxalar sengari yo‘l qurilishi qurilish soxalariga ham katta etibor qaratilmoqda
|
bet | 6/11 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #143743 |
Bog'liq Azizbek Diplom Ishi13-rasm. Ko‘prikli kran aravachasi
Maxsus ko‘prikli kranlar (ya’ni montaj ishlari uchun) yuk ko‘taruvchanlik 800 ot gacha bo‘ladi.
Ular atos va gidrostansiyaalrda montaj ishlari uchun ishlatiladi. Elektr yuritmalari kranlar bilan bir qatorda ham ishdlatiladi. 5 – rasmda SGAPE and Holst (Angliya) firmasi ishlab chiqargan, yuk ko‘taruvchanligi 30, ot bo‘lgan kran ko‘rsatilgan.
14 - rasm. Gidravlik yuritmali kran.
1-asosiy ko‘prik
2- aravacha
3-kabel
4-chetki to‘sin
5-kran osti yo‘li
Kabelli kranlar. Kabelli kranlar katta ombor yoki ishlab chiqarish qurish maydonlarida, shuningdek to‘g‘onlar, ko‘priklar va noteks joylardagi qurilishlarda ishlatiladi.
Kabelli kranlarning yuk ko‘taruvchanligi, ko‘tarish-tushirish ishlari uchun odatda 1,0 t dan 25, o t gacha va gidrotexnik qurilishlarda 15,0 t gacha: (bazan esa 1000 m) gacha balandligiga bog‘liq holda tezligi 360 m/min dan 720 m/min gacha bo‘ladi.
Kabelli kranlarda (9 rasm) ikkita katta qo‘zg‘almas minora yoki machta (1) va (8) o‘zaro po‘lat simli arqon (3) bilan tortilgan. Yukli aravacha (2) po‘lat simli avrqon (5) va chig‘ir (10) yordamida suriladi. Tortuvchi po‘lat simli orqon o‘rnatilgan bloklar (7) orqali tutashtirilgan kalqani tashkil etadi.
15- rasm. Kabelli kran
Kran oralig‘ining hoxlagan nuqtasida yukni ko‘tarish va tushirish ko‘taruvchi po‘lat simli arqon (6) orqali bajariladi. Bu arqonning bir uchi aravacha yoki tayanchli minoraning qarama-qarshi tomonida, boshqasi ko‘taruvchi chig‘ir (9) barabaniga o‘raladi. Tortuvchi va ko‘taruvchi po‘lat simli arqonning osilishini kamaytirish uchun maxsus ushlagach (4) dan foydalaniladi.
Vositasiga qarab kabel kranlarning boshqa tuzilmalari, xususan, quyidagi xillari bor.
a) - tebranuvchi kran, ikkala mashtasi tortqilarini ikki tomondan 8 gacha burchakka (bir tekislikda) taranglash xisobiga og‘ishi mumkin. Bu esa kran xizmat ko‘rsatadigan to‘g‘ri to‘rtburchak maydon ko‘lamini oshirishga imkon beradi.
v) - ikkala machtasi relsda harakatlanuvchi aravachaga o‘rnatilgan minorali kran ko‘rinishdagi ko‘chma kran. U to‘rtburchak maydongan xizmat qiladi.
d) - bir minorali qo‘zg‘almas, ikkinchisi relsli yo‘lning doiraviy uchastkasida harakatlanuvchi dioraviy uchastkasida harakatlanuvchi radial kran. BU kran doiraviy maydon ichida xizmat qiladi.
|
| |