|
"Экономика и социум" №5(96)-2 2022 www.iupr.ruBog'liq pedagogikada-ilgor-metodlar-va-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish"Экономика и социум" №5(96)-2 2022 www.iupr.ru
302
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga
ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va ulardan
amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
«Texnologiya» tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda
fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan texnos- san’at, hunar va
logos-fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchining o‘quvchilarga o‘qitish vositalari
yordamida muayyan sharoitlarda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida
ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha
aniqlovchi tizimli kategoriya. Ilm-fan va ta’lim sohasining rivojlanishida eng
muhim rol o‘ynaydigan insonlar bu pedagoglardir. Darhaqiqat, oddiy
o‘qituvchidan tortib to professor ustozgacha hammasi pedagogdir. Pedagog bu-
yetaklovchi, demak, biz pedagoglarning vazifamiz o‘z o‘quvchilarimizni,
talabalarimizni ilmfan so‘qmoqlaridan asta-sekin, bosqichma-bosqich yetaklab,
ularni ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishlariga ko‘maklashishdir. Pedagogik
texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalari, metodlar, texnik
vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim
o‘qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o‘zaro bog‘lashga
xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash,
ta’lim tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o‘quvchida shakllantirish
ko‘zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan darslarni
rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarni zamon talablari asosida tarbiyalash bugungi kunning eng
muhim vazifalaridan biridir. Bu esa o‘qituvchilar zimmasiga ulkan vazifalar
yuklaydi. O‘qituvchi o‘z sohasining mohir bilimdoni, muammolarning oqilona
yechimlarini topa oladigan, o‘z ustida doimiy ijodiy ishlab, yangiliklar yarata
oladigan, o‘quvchilari qalbidan munosib o‘rin egallagan bo‘lishi lozim.
Yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun pedagog
o‘zining prosessional kompetentligiga ega bo‘lishi kerak. Bu pedagogik
faoliyatni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur bo‘lgan, kasbiy va shaxsiy
sifatlar yig‘indisidir. Pedagogik faoliyatini, pedagogik muloqotni yuqori
darajada amalga oshiradigan, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi sohasida yuqori
darajadagi stabil natijalarga erisha oladigan o‘qituvchini professional
kompetentli o‘qituvchi deyish mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha
jabhalar qatori ta’lim sohasida ham juda katta o‘zgarishlar, islohotlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, maktablarda moddiy-texnik baza mustahkamlandi,
darsliklar takomillashtirildi. Hozirda darslarni axborot kommunikatsiya
texnologiyalarsiz olib borishni tasavvur qilish qiyin. Yangi pedagogik
texnologiyalar asosida dars o‘tilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga
asos yaratmoqda.
|
| |