TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA
FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT
TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI
__-KURS __-GURUH TALABASI
______________________________
ONA TILI O’QITISH METODIKASI FANI
“Savod o’rgatish tayyorlov davri yozuv
darslarini tashkil etishda interfaol usullardan
foydalanish”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: _____________.
Ilmiy rahbar: _______________.
MUNDARIJA
I.
Kirish………………………………………………3
II.
Asosiy qism
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yozuvga o'rgatish
metodlari ……………………………….…………….10
2. Savod o’rgatishning tayyorlov davri yozuv darslarida
zamonaviy usullardan
foydalanish………………………………………………22
3. Ona tili darslarida o'quvchilarni savodli yozishga
o'rgatish usullari …………………………………….31
III.
Xulosa……………………………………………..38
IV.
Adabiyotlar ro’yxati………………………………40
V.
Ilovalar…………………………………………….42
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng
barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlat
siyosatining ustuvor ahamiyatga yo’nalishlaridan biriga aylandi. “Ta’lim
to’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmun-
mohiyati hayotga jadal tadbiq etildi. Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimining
shakli bilan mazmuni takomillashib bordi. O’quvchini mustaqil fikrlashga,
ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik
texnologiyalar ta’lim jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli,
o’qituvchi va o’quvchi hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar
asosida tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va
tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi
maqsad hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni
kafolatlovchi pedagogik texnologiyani boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq
etish vositasida o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish
malakasini o’stirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilarining o’z nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi
sifatida shakllanishi esa ularning hatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati,
atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois,
o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini
egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham
dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur Kurs ishiida savod o’rgatish davrida pedagogik
texnologiyadan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari,
samarali metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni
loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat –
yengilmas kuch» kitobida ta'kidlaganidek: «O'zlikni anglash, milliy ong va
tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali
namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona
tilining betakror mo’jizasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
1
Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida, xalq xo'jaligining barcha
sohalarida davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni og'zaki va yozma
shaklda to'g'ri, ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta
egallash singari talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir.
So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib
kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi
pedagogik-psixologik
tushunchalar,
interfaol
metodlarni,
intnegratsion
texnologiyalarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi,
ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi.
O’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai-nazari bilan qarashlarini tashkil qilish,
ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish va albatta, yangi pedagogik
texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etish kerak bo’ladi.
Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu
yerda birinchchi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Biz o’g’il-qizlarimizni
o’zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo’shliq
vujudga kelishigi yo’l qo’ymasligimiz lozim»
2
degan so’zlarini misol qilib
keltirgan holda maktab o’quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey
talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy
adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan
qay darajada xabardorligini aniqlashimiz kerak bo’ladi. Chunki, ko’p o’qigan va
uqqan yoshlarni aldash, milliy g’oyamizga yot bo’lgan g’oyalar sari yetaklash
xalqimiz dushmanlari uchun uddalab bo’lmaydigan masalaga aylanadi.
Farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki
ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uygun rivojlangan
insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib
voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z
oldimmizga maqsad qilib qo’yganmiz
1
.
Mazkur to’plamning bosh g’oyasini quyidagi so’zlarda mujassam bo’lgan
eng muhim o’zak fikr tashkil etadi: «Biz o’tgan davrda amalga oshirgan
|