Termiz davlat universiteti pedagogika




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana27.11.2023
Hajmi0,69 Mb.
#106168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.Boshlang'ich 
sinf 
o'quvchilarini 
yozuvga 
o'rgatish metodlari 
Savod o'rgatishning tayyorlov hamda asosiy davri va undan keyingi davrda 
o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagicha metodlardan foydalaniladi. 
Metodlar asosan o'qish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi. Chunki o'quvchilar 
savodli o'qish jarayonidagina savodli yozish malakalarini o'zlashtiradilar. 
Analitik- sintetik metod. 
Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod 
hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois anaiitik-sintelik tovush metodi 
an'anaviy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo'lgan 
tamoyiilarga ega. Metodning an'anaviy tamoyillari quyidagilar: 
l. Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish 
maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi xarakterda bo'ladi, nutqiy mashqlar orqali 
aqlning o'sishini ta'minlaydi, o'qishning ongli olishini talab etadi. 
Analitik sintetik tovush metodida savod o'rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. 
Bu jarayon 2 davrga bo'linadi:1 
A) 
alifbegacha tayyorgarlik davri (2 xafta), 
B) 
alifbo (asosiy) davr 31 dekabrgacha davom etadi. 
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o'z navbatida, 2 bosqichga bo'linadi: 
A) 
harf o'rganilmaydigan bosqich (2 xafta). 
B) 
unli tovush va harf o'rganiladigan bosqich (2 xafta) 
Savod o'rgatish jarayonidagi darslar predmetiga ko'ra ikki turli: 
A) 
"Alifbe" darsligi asosidagi o'qish darslari; 
B) 
"Yozuv daftari" asosidagi yozuv darslari. 
1- 
bosqichning asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab, sinf bilan, tartib-


11 
intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og'zaki va yozma nutq haq'ida, 
gap, nutqnnng gaplardan tuzilshi, so'z gaplarning so'zlardan tuzilishi; bo'g'in, 
so'zlarning bo'g'inlardan tuzilishi, so'zlarning bo'g'inlarga bo'linishi; tovush, 
bo'g'inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh 
tovushlarga ajratilishini o'rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalarini 
hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nushalar asosida o'quvchilarning 
bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga «Alifbe»da berilgan rasmlar asosida 
hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan she'r, ertak, hikoya, tez aytish, 
maqol, topishmoq, halq ashulalari, alla, qo'shiqlar, latifalardan ayttirish lozim. 
Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, «Alifbe» sahifalaridagi so'zlar, 
ularning ma'nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har 
bir darsda mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib boriladi.) 
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilarda daftar bilan, yozuv chiziqlari 
bilan tanishtirish, harf elementiarini yozishga o'rgatish, namunaga qarab grafik 
xatolarini aniqlash - o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish 
kabi ko'nikmalar hosil qilinadi. 
2- 
bosqichda unli tovush va unli harflar o'rgatiladi. Bunda ularning uch 
xususiyatini: a) orizda to'siqqa uchramasligi; b) cho'ziq aytylishi; v) tarkibida faqat 
ovoz qatnashishi kabilarni o'quvchilarning amaliy ravishda puxta egallashlariga 
erishish lozim. 
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda 
tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya qilinadi. 
Bolalarga tovush qaqida ma'lumot kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi 
harf ko'rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar 
(tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko'ramiz, o'qiymiz) 
ham izchil ravishda o'quvchilarni o'zlashtirishlarini xisobga olgan xolda 
ochila boriladi. 
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan o'quvchilar 


12 
undosh tovush va undosh harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga 
tamoyili asosida joylashtiriladi.Oldin sonor tovushlar (n, m, 1,) keyin esa b, k, d, t, 
s kabi undoshlar so'ngra ikki tovushni ifodalaydigan j harf birikmalari (pd s b), 
tovush bildirmaydigan harf-tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni 
yaxshi tanishlari, elementar o'qishni muvoffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga 
bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan tovushni ajratish, tovush va harf 
munosabatini aniqlash, kesma harflardan burini tuzish va o'qish, bo'g'in-tovush, 
tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. 
Bu davrda bo'g'inlab o'qish asosi shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfni 
ochiq, uch harfli yopiq bo'g'inlar (il, ol, la, lo, nom, lim) o'qishga o'rgatiladi. 
Alifbo davrini o'rganiladigan tovush-harfhing murakkabligini hisobga olib 3 
bosqichga ajratish mumkin: 
1- 
bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi so'zlar; 
2- 
bosqichda artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan r, k, v, f kabi undoshlar va 
yo'l-bars, do'st, rasm kabi tuzilishidagi so'zlar; 
3- 
bosqichda 2-bosqichda harf birikmalari pd, s, z, 2 tovushni 
ifodalaydigan, tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak, 
shudring kabi so'zlar o'qishga o'rgatiladi. 
Alifbe davrining oxirida o'quvchilar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega 
bo'lishlari zarur: 
A) 
Hamma tovushlarni tanishi va har qanday xolatda to'g'ri talaffuz 
qilishi; 
B) 
So'zni bo'g'in tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so'zdagi 
tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so'z va bo'g'inga ajrata 
olishi; 
V) Kesma harf va bo'g'inlardan so'z tuza olishi va o'qishi; 
G) 2-3-4 bo'g'inli so'zlarni butinlab o'qishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan 
o'qishi; 


13 
D) 
Gaplarni ohangiga rioya qilib o'qishi; 
E) 
O'qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o'qishi; 
J) O'qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab 
berishi; 
Z) O'qigan matnga sarlavxa topishi; 
I) To'gri, tez, ongli va ifodali o'qish malakalari shakllantirilishi. 
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi - kichik va bosh yozma harflarni 
to'g'ri shakllantirish, harflami to'g'ri ulash, alifbeda o'qigan bo'g'in, so'z va gaplarni 
namunaga qarab yozish, harf, bo'g'in, so'z, gap diktantlarni yozish ko'nikmasini 
shakllantirish, izoxli, saylanma, ko'ruv, ta'limiy, diktant yoza olishlariga erishish, 
umuman grafik malakani shakllantirish. Sovod o'rgatish jarayonining oxirida bir 
darsda, agar darsning 2/3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so'z yoza olishlari 
talab qilinadi. 
Ma'lumki, o'quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O'quv 
materiallari l-sinf o'quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga 
qaramay har xil tayyorgarlik bilan kelgan o'quvchilarning uni o'zlashtirishlari 
turlicha bo'ladi. Bu savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differentsial va 
individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta'limning barcha 
bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.1 
Differentsial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, har bir 
guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o'quvchilari 3 
guruhga bo'linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi. 
O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilar bilan 
parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali alifbe hisoblanadi, unga 
qo'shimcha alifbe uchun qo'shimcha tarqatma materiallardan, jadvaliardan mustaqil 
ishlardan foydalaniladi. 
Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan matnning qiyin o'rni oldin 


14 
tayyorgarligi puxta o'quvchiga, so'ng bo'sh o'quvchiga o'qitiladi. Ba'zi o'quvchiiar 
bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi. 
Yangi material o'rganiladigan o'qish darsida ishning asosiy turlari: 
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir” 
nashriyoti 2009 yil. 48-bet. 
o'rganiladigan yangi tovushni so'zni (shu tovush so'z boshida, o'rtasida, 
oxirida kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Yangi 
tovush ajratiladigan so'zni o'quvchilar rasm asosida o'zlari tuzgan gaplari ichidan 
oladilar. Tovushni ajratishda shu so'zning sxemasi - modeliga asoslanadilar. 
Masalan, archa. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish; artikulyatsiyasi (nutq 
organlarining tovush chiqarishidaga ishi) mashq qilinadi. 
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo'g'inlar o'qitiladi. 
So'zlarni avval doskada, keyin «Alifbe»dan o'qish. Harf bo'g'inlardan harf 
terish kartonida so'z, so'z birikmasi, gap tuzish (ursh), so'z ma'nosi ustida ishlash. 
Matnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qish, rasmni tekstga bog'liqligini 
belgilash. 
Nutq o'stirish: lug'atni boyitish, so'z birikmasi, gap, bog'lanishli hikoya 
tuzish. 
Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yanga o'rganilgan tovushni 
unli va undoshga kiritish, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush 
va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo. 
O'rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf 
bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, 
shuningdek, qo'shimcha so'zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o'qish va tahlil 
qilishga, ko'rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish karton, magnit doskasi, 


15 
abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq o'stirishga, o'yinlar va qiziqarli materiallarga, 
ilgari o'rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida 
ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi. 
Birinchi uchragan so'zlar bilan ishlash: ochiq bo'g'in har bir undosh bilan 
tuziladi va o'qiladi, yopiq bo'g'in esa unli bilan tuzilgan ochiq bo'g'inni o'qib 
keyingi undosh o'qiladi va so'z to'liq o'qiladi. 
Yangi so'z urg'usi qo'yilgan holda beriladi, bu uni o'qishga, bo'g'inlab 
o'qishdek sintetik o'qishga (so'zni butunligicha o'qishga) yordam beradi. 
Yangi so'zni doskada katta bosma harflar bilan yozish, o'quvchilarga o'qitish 
tavsiya qilinadi. So'z shivirlash bilan o'qiladi, kesma harf bo'g'in bilan yoziladi. 
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab o'qituvchi 
yordamida, uning yo'llovchi so'roqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni 
ajratish va analiz qilish. 
Yangi bo'g'in, so'z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato 
kabilarning va yangi so'zni doskada va daftarda «yasash»ning ahamiyati juda katta. 
O'qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko'p bo'lsa, ulardan turli xil 
mashqlar tuzishda foydalanilsa, o'qish shunchalik ongli, qiziqarli bo'ladi, malaka 
puxta shakllantiriladi. 
Bola endigana o'qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo'qotmaslikka, 
shuningdek, hatto, so'zdagi keyingi harfni, keyingi so'zni yo'qotmaslikka o'rgatish 
juda muhimdir. Bu vazifani savod o'rgatishning boshlang'ich bosqichida xatcho'p 
(o'qiyotgan betni belgilab qo'yish uchun kitob ichiga solib qo'yiladigan qog'oz yoki 
lentacha) va tayoqcha bajaradi. O'qilayotgan qatorni kuzatib borish ko'nikmasi sinf 
o'quvchilaridan o'rtog'ining xatosini to'g'irlashini talab qilish bilan ham erishiladi. 
O'quvchilar bu talabni qizg'anib bajaradilar, shu yo'l bilan ularda darsga, o'qishga 
e'tibori jalb etiladi. 
Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi, bolalarni 


16 
ongli o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday 
tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati 
ham, o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga - ongli o'qish 
uchun xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan 
problemali holatni yaratish ham zarur. Bunday problemali holatning javobini 
«Alifbe»dan yoki harf terish matosidan o'qiladigan topishmoq yaratishi 
mumkin. Bunday maqsadni problemali savolni keltirib chiqaradigan taxminiy 
suhbat yordamida ham amalga oshiriladi. Masalan, «qishda qushlar qaerga uchib 
ketadilar?» (harf terish matosida: «Issiq o'lkalarga uchib ketadilar.) Mana shu kabi 
tayyorlov mashg'ulotlari o'qishning yuqori darajada ongli bo'lishini ta'minlaydi va 
shu bilan birga, bolalar ko'z ushida o'quv mehnati o'zlashadi, ularni qiziqtiradi. 
Ongli o'qishni ifodali o'qishdan ajratib bo'lmaydi. Ammo analitik o'qishning 
birinchi bosqichida ifodali o'qish mumkin emas, chunki bolalar so'zda urg'uli 
bo'g'inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so'roq intonatsiyasini, hatto, 
orfoepik to'g'ri o'qishni ham bera olmaydilar. Shuning uchun analitik o'qish 
bosqichida so'zni yaxlit, orfoepik qayta o'qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o'qish 
to'g'ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o'qishga o'rgatibgina qolmay, 
o'qishning ongli bo'lishiga ham yordam beradi. 
Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib 
(differentsial) yondashish (bunda o'qvchilarning o'qishga tayyorgarliklaridagi 
farqlari xisobga olinadi) amalga oshiriladi. 
Fonetik ishlar soxasida jarangli va jarangsiz undoshlami taqqoslashga, 
ularning so'z ma'nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi 
(ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan undoshlar ng (long), lab- 
tish undoshi - v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi - j va jarangli 
sirg'aluvchi - j kabilarni o'rganishda tovush artikulyatsiyasyga oid ishlar 
qiyinlashadi. 
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli 


17 
so'zlar: ko'rib (ko'rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib 
(tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa talaffuz 
qilinadigan i unli bor so'zlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli 
so'zlar: baland (balan), do'st (do's), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt 
(darax). 
Bunday so'zlarni yozilgandek o'qish - imloni o'rganishga tayyorlaydi. Bular 
avval orfografik, so'ng orfoepik o'qitiladi. 
Shu kabi so'zlarni o'qish bilan burig'lab utsit malakasi takomillashadi: 
o'quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so'zlarni o'qishni o'rganadilar. 
Tovush savod o'rgatishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Savod o'rgatish 
davrida so'z va bo'g'inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va 
ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o'tkaziladi, diktsiya (ravshan, 
burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida 
ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan so'z tuzish kabi sintez qilish usullari 
birlashib ketadi; tovush va harf urtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o'qish 
malakalarini shakllantirish uchun ham, imlo tomonidan savodli yozish asosini 
yaratish uchun ham foydalidir. 
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish usullarini to'liq ishlab 
chiqqan. 
Shulardan o'zbek tilida savod o'rgatishda quyidagi usullardan foydalaniladi: 
Analiz mashqlari: 
1. 
Nutq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; bo'g'inlarga 
bo'lish va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni ajratish va uni boshqa 
bo'g'inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o'qish, maxsus tovushni ajratgan xolda 
so'zni bo'g'inlab o'qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, ki-yyyik, iiish) 
2. 
Shu darsda o'rganiladigan yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni 
bnrinchi marta ajratishning bir necha usuli bor: 


18 
a) 
so'zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin, 
booo-la; 
b) 
undosh tovushni yopiq bo'g'indan ajratish: Usss-mon, O- limmm, A-
miin. v)sirg'aluvchi undoshni ochiq bo'g'indan ajratish: sssa-na, to-yyyi, zzzi-rak; 
g)bo'g'in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o'- tin, ё-rug', o-nta, go- 
tuk, u-zuk; 
d)o'rganilgan tovushni so'z boshida kelgan so'zlardan ajratish (so'zni 
o'qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o'quvchi aytadi): nok, tok, lola,...; 
ye)rasm nomini ifodalovchi so'zni aytish: o'qituvchi nokning
rasmini ko'rsatib, noa deydi, o'quvchilar k tovushini qo'shib aytadilar nok. 
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan 
so'ng, shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan 
so'zlar tanlanib, o'quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok. 
O tovushi: olma, osh, O-mon; 
D tovushi: dor Odil (so'z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi 
so'zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi). 
3. 
So'zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, 
sonini aniqlash, bo'g'inlarni sanash: Olma - ol-ma - o-l-m-a; to'rtta tovush, to'rtta 
harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo'g'in.... Bu usuldan o'quv yilining 
nkkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi. 
4. 
Jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, 
tor- tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi. 
Savod o'rgatishda analiz sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o'qish 
jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko'proq o'qish malakasini 
shakllantiradi. 
Sintez mashqlari.1 


19 
1. 
Tovush tomonidan analiz qilingan so'zni yoki bo'g'inni talaffuz qilish 
va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so'z yoki bo'g'inni o'qish. 
2. 
O'rganilgan undosh bilan (na, no, la, lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, 
ti, di, do, so, sa, ...) bo'g'in jadvalini tuzish; bo'g'in jadvalini kitobdan yoki matndan 
o'qish; kesma harflardan bo'g'in jadvalini tuzish. 
3. 
Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir 
undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-opa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh 
harf bilan farqlanadigan so'zlarni o'qish (bunday so'zlarni o'quvchilarning o'zlari 
topib o'qishlari mumkin). 
4. 
So'zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib 
o'qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o'roq-so'roq; ol-xol, sol; sava-
savat, yelka—yelkan; son-oson; ayiq-qayiq, o'lka-yo'lka; olti-oltin; oldi-oldin, 
5. 
So'z urtasiga harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qing; ko'mak-
ko'lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna. 
b.Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: Gulnor—Norgul. 
6.Tovushlarning o'rnini almashtirib yangi so'zni hosil qilish va o'qish: somon- 
osmon, tilak - kalit, kuy - yuk 
7. Tovushni yoki bo'g'inni tushirib qoldirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: 
anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog'la-bola. 
Bo'g'in qo'shib yangi so'z hosil qilish va o'qish: bog'-bog'cha, gul-gulzor, 
bog'bon, dorboz. 
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash bilan 
birga qo'shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo'lib, darsda yarim 
o'yin xolatini vujudga keltirishga imkon beradi. 
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib 
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir” 


20 
nashriyoti 2009 yil. 46-bet. 
bo'lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi rol o'ynaydi. 
So'zni analiz qilish bilan o'quvchi so'zni leksik ma'noga ega bo'lgan bir butun 
sifatida anglaydi, bu - sintezdir; so'z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga 
diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod o'rgatish jarayonida analitik-
sintetik ishlar sistemasi bolaning aktiv fikrlashini ta'minlaydi. Analitik-sintetik 
ishlar usuligina o'quvchilarning bilish mustaqilligini ta'minlaydi, «muammoli» 
vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o'stiradi. 
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali 
vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo'g'inlar va harf terish polotnosi, 
shuningdek, harf yoki bo'g'in abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning 
talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, 
badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon (yoki lingofon) kabineti xizmat 
qiladi. 
v) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash. 
Analiz-sintez ishlari sistemasida tovushning o'zini analiz va sintez qilish, 
tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining xolati va harakatini 
kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz 
qilish maqsadida nutq organlarini zarur xolatga keltirish (sintez) muhim o'rin 
tutadi. Masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland 
ko'tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo'shliq qoladi, lablar bir-biriga 
yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil bo'ladi; 
R tovushining sintezida og'iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo'shliq bo'ladi, 
lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga 
tomon baland ko'tarilgan xolatda ovoz eshitiladi, o'tayotgan havo kuchi bilan 
tilning uchi titraydi. 
Sinfda barcha tovushlarning artikulyatsiyasi (hosil bo'lishi)ni ko'rsatib 
bo'lmaydi, Masalan: afrikatlar (ch, j), chuqur til orqa (k, r, x), bo'g'iz tovushi (h) 


21 
artikulyatsiyasini ko'rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo'lishini 
tushuntirish uchun o'qituvchi, o'quvchilar diqqatini jalb qilgan xolda, tovushni 
talaffuz qilib ko'rsatadi, so'ngra o'quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir 
necha bor takrorlagan ma'qul. 
Diktsiya ustida ishlash o'quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor 
bo'lishiga erishishdir. U savod o'rgatish uchun, ifodali o'qish, orfoyepik va 
orfografik malakani, xushovozlik ko'nikmasini o'stirish uchun ham juda muhimdir. 
Yaxshi diktsiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog'liq. 
Shuning uchun diktsiyani o'stirish mashqlari tovush hosil kiluvchi apparatning 
elastikligini o'stirishga qaratiladi. 
Diktsiya ustida ishlash mashqlariga misollar: 
1. 
Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan: sara-shira-sara-shira 
so'zlarini ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so'ngra ovozni to 
shivirlashgacha pastlatib talaffuz qilish. 
2. 
Talaffuz tempini mashq qilish. Shu shira-shira so'zlarini sekin talaffuz 
qilib, tempni asta tezlashtira borish. 
3. 
Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o'quvchilar nuqson bilan talaffuz 
qiladigan so'zlarni qayta talaffuz qilish mashqi. 
4. 
Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning 
uchun tez 
aytishlardan foydalaniladi. 
Masalan, 
G'ani g'ildirakni
g'izillatib g'ildiratdi. 
Bolalarni so'zlayotganda to'g'ri nafas olishga, tovushlarni to'g'ri talaffuz 
qilish va o'rgatish zarur. Ba'zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga 
uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so'zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan 
o'qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir. 


22 

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish