6-mavzu. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari
Reja:
Matn protsessorlarining xususiyatlari.
Microsoft Wordni ishga tushirish. Matn muharririda amallar bajarish.
Hujjatni taxrirlash.
Hujjatni bosib chiqarish. Hujjatni saqlash.
Hujjatda ob’yektlar bilan ishlash.
Matn protsessorlarining xususiyatlari.
Microsoft Office dasturlarini kopgina insonlar ular qaysi faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar egallashlari kerak. Ular yordamida hujjat bilan ishlashga bog’liq masalalarning katta qismi bajariladi.
Matn muharriri matnlar bilan amallar bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, ular yordamida hujjatlar yaratish va formatlash, ularga jadvallar, rasmlar, turli shakllar va boshqalarni qo’yish mumkin.
Word 2013 matn muharriri oxirgi 10 yillarda yaratilgan matn muharrirlari orasida nufuzli o’rinni egallaydi. Har bir yangi versiyaning yaratilishi bilan ular yana ham yangilanadi. Microsoft Word 2013 ning interfeysi shunday tuzilganki, unda aniq masalani yechish uchun ishchi sohada kerak bo’lgan jihozlarga tez murojaat qilish mumkin. Bundan tashqari Microsoft Word, haqiqatan orzu qilingan ulkan imkoniyatlarga ega.Microsoft Word 2013 matn muharririning oldingi versiyalariga nisbatan qulayligini amaliyotda qo’llab, sinab ko’rish mumkin.Iqtisodiy nuqtai nazardan foydalanish uchun absolyut yangi Microsoft Offise 2013 yaratildi. Microsoft Offise 2013 oynasi quyidagi ko’rinishga ega (1-rasm).
1 -rasm. Microsoft Word 2013 paketining yangilangan interfeysi
MS Word dasturi Microsoft Office 2013 ilova oynasini rasmiylashtirish, avval yaratilgan versiyalaridan tubdan farq qiladi. Bir tomondan, bu yangi versiyada dastur oynasining ixtiyoriy joyiga qo’yish mumkin bo’lgan birlamchi jihozlar paneli yo’qdir. Bu yerda ochiladigan menyularni ham ko’rmaysiz. Microsoft Office 2013 da faqat asosiy menyu qatnashadi. Uning ixtiyoriy bandini tanlab, dastur oynasining chegarasi bo’ylab gorizontal tasmada joylashgan, qiymat ko’rinishida keltirilgan va qo’llash uchun kerakli barcha jihozlarni olasiz.
Tasmaning tashqi ko’rinishi jihozlar panelini eslatishiga qaramay, unga qo’shimcha belgilar qo’yish (yoki olib tashlash) mumkin emas. O’xshash parametrlar turli nomlar bilan guruhlarga birlashtirilgan, masalan: Shrift (“Шрифт”) va Stil (“Стиль”) Word dasturida, funksiya kutubxonasi (Библиотека функции ) va filtrlashni tartiblash (“Сортировка фильтрация”) EXCEL dasturida. Ba’zi guruhlar oynaning pastki, o’ng burchagiga joylashgan dialogli oyna tugmachalaridan iborat. Tugmani bosish bilan, qoidaga binoan, tanlangan guruhning hamma parametrlaridan iborat oyna ochiladi. Agar sichqonchani tugmachaga olib kelinsa, unda chaqirilayotgan oynaning kichiqlashtirilgan nusxasini ko’rishingiz mumkin (2-rasm).
2-rasm. Chaqirilayotgan oynaning kichiqlashtirilgan ko‘rinishi va uning qo’llanilishi.
Menyuning asosiy tarkibi ( bandlar to’plami) qayt etilgan. Biroq, oynaning bu bo’limi bilan ishlash jarayonida, qo’shimcha kontekst jihozlar hosil bo’lishi mumkin. Masalan: Word dasturida jadvalning tashqi ko’rinishini sozlash va formatlash uchun kontekst jihozlar paydo bo’ladi. EXCEL da bu hodisa diagramma yaratilayotganida paydo bo’ladi.
Foydalanuvchilar sichqonchani jihozlar oldiga keltirishganda paydo bo’ladigan ko’rsatmalarga o’rganib qolganlar. Hozirgi paytda, bunday “kichiq yordamchilar” siz qanday ishlash mumkin.
Albatta, bu funksiyalar Microsoft Word 2013 versiyasida ham saqlanib qolgan . Shu bilan birga, hozir faqat jihozlarning vazifasi bilan birga u bilan qanday harakat qilish mumkinligi hamda uni bajarish haqida gapiriladi(3-rasm).
3-rasm. Microsoft Word 2013 dasturlarida yetarli aniq ko’rsatmalar
Asosiy menyuning tasma va qo’yilma qurilmalaridan tashqari, Microsoft Office 2013 ning hamma ilovalarida tez erishmoq paneli (Quick Access Toolbar) qatnashadi. U tasmadan tepada joylashgandir. Unda faylni saqlash, hujjatni chop etish, oxirgi qilingan harakatni bekor qilish va h.k amallarni bajaradigan tugmachalar joylashgan. Bu panelni tasmadan tepada yoki pastda joylashtirish mumkin, shuningdek o’z xohishingizga ko’ra, sozlashingiz mumkin
4-rasm. Oynaning yuqori qismida tez erishmoq paneli joylashgan
Tez erishmoq paneli joylashgan o’rnini o’zgartirish uchun unda sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va menyuning mos keluvchi bandini tanlang: «Разместить панель быстрого доступа под лентой» yoki «Разместить панель быстрого доступа над лентой».
Tasmada joylashgan kerakli tugmada sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, tez erishmoq panelini boshqa buyruqlar bilan to‘ldirish uchun “Добавить на панель быстрого доступа” bandini tanlang.
Hamma ilovalar oynasining chap yuqori burchagida “Office” tugmasi joylashgan. Ular yordamida fayllar bilan ishlash, oxirgi ko’rilgan hujjatlar ro’yhati va dasturni sozlash oynasiga kirish mumkin.
Matn muharriri oynasining tarkibi
Matn muharriri - maxsus dastur bo’lib, matnli hujjatlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan barcha Office paketining ajralmaydigan tarkibiy qismidir.
Word 2013 dasturining interfeysi Microsoft Officening barcha ilovalari uchun standart tartibga egadir. Sarlavha satrida joriy hujjatning va dasturning nomi ko’rsatiladi: yuqori o’ng burchakda oynani yopish, ochish va o’lchamini o’zgartirish tugmachasi joylashgan. O’rtada - matn kiritish uchun maydon, pastki qismida - holat satri, ekranning o’ng chegarasi yonida zarur paytda masalalar sohasi hosil bo’ladi.
Tezkor erishmoq panelini sozlash
Tezkor erishmoq paneli tarkibini o‘zgartirish uchun “Настройка панели быстрого доступа” tugmasini bosing va menyuda “Другие команды” bandini tanlang. Natijada, Word matn muharrririning sozlash oynasi ochiladi va asosan “Настройка” bo’limi tanlanadi (5- rasm). Shundan so’ng , kerakli buyruiqni ko’rsatish va tezkor erishmoq paneliga mos tugmani qo’yish uchun “Добавить” tugmasini bosish kerak. Tugmaning nomi oynaning o’ng qismida joylashganmaydonda tasvirlanadi.
5- rasm. Matn muharririni sozlash oynasi
Tezkor erishmoq panelidan kerak bo’lmaydigan tugmalarni olib tashlash uchun teskari harakatni amalga oshirish kerak: “Настройка панела быстрого доступа” maydonida mos nomni ajratish va “Удалить” tugmasini bosish kerak.
Bundan tashqari, bu ro’yxatdan “Для всех документов” yoki faqat belgilanganga (пункт “Для”) bandini ishlatib, hamma hujjatlar yoki alohida hujjatlar ochilganda berilgan ko’rinishga ega bo’lganini ko’rish mumkin.
Matn muharririning har bir buyruqi tugmachalar majmuasi yordamida bajarilishi mumkin. Buning uchun “Настройка” tugmasini bosish yetarli.
Shundan so’ng, menyudan kerakli bandni tanlash, sichqonchaning tugmasini “Новое сочетание клавиш” maydonida bosish va buyruq ketidan mustahkamlash uchun tugmalar majmuasini bosish kerak( 6-rasm). Bu holda, matn muharriri oynasida hozirgi paytda ochilgan barcha hujjatlarni yoki ma’lum variantdagi o’zgarishlarni saqlash mumkin.
Matn muharriri ishining parametrlari
Word dasturi parametrlarini sozlash uchun menyuning “ Файл” bandidagi “Параметры Word” buyrug’ini tanlab, chaqiriladigan oyna yordamida bajarish mumkin, oynani tasvirlash uchun “Office” tugmasini bosish kerak.
Word 2013 matn muharririning holat satri dastur oynasining pastki qismida joylashgan bo’lib, sozlash ishlari shu yerda bajariladi.
Aslida, bu qatorda sahifalar soni va joriy sahifa raqami, so’zlar soni, matnni kiritish tili, hujjatni ko’rish holatini o’zgartirish belgilari va boshqalar ko’rsatilgan. Tasvirlangan elementlarni o’zgartirish uchun, holat satrida sichqonchaning o’ng tugmasini bosish kerak. Natijada “Настройка строки состояния” kontekst menyusi hosil bo’ladi.
Bu yerda holat satriga chiqariladigan axborot bayroqcha bilan belgilangan. Uni olib tashlash yoki qo’yish, qanday ma’lumotlar tasvirlanishi kerakligini sozlash mumkin. Lekin, bu oson emas. Masalan, agar holat satrida ajratish rejimi haqida ma’lumotni tasvirlashni ko’rsatish kerak bo’lsa, unda ishning oddiy rejimida hech nima ko’rsatilmaydi. Faqat F8 tugmasi bosilganda, kengaytirilgan belgilash holati haqida axborot paydo bo’ladi - yozuv “Расширяемое выделение”. Bu Caps Lock bosilgan tugmaning indikatoriga ham tegishlidir.
Tugmachalar birikmasi
Malakasi yuqori foydalanuvchilar dasturni boshqarish uchun tugmachalar majmuasidan foydalanadilar. Hamma maxsus tugmachalar birikmasini eslab qolish juda qiyin. Word 2013 ni yaratuvchilar bu muammoni e’tiborga olib, oson yo’lini o’ylab chiqdilar. ALT tugmasi bosilganda, matn muharririning oynasida, u yoki bu bandni tanlash va buyruqlarni bajarish uchun qanday tugmachalarni ishlatish kerakligi haqida ko’rsatma tasvirlanadi (7-rasm).
6-rasm. Matn muharriri bilan ishlaganda tugmalar birikmasidan foydalanish
Masalan, agar matn bo’lagini yarim to’q ko’rinishda belgilash uchun ALT, H va C tugmalarini, ajratilgan bo’lakda aralashtirish buferiga nusxalash uchun ALT,H va C tugmachalar birikmasini bosish kerak.
|