Matnni yuqori darajada (professional) formatlash
Ustunlar (kolonkalar).
Ko’p hollarda matnlarni bir necha ustunlarga bo’lishga to‘g‘ri keladi. Masalan, gazeta va jurnallar sahifalari shunday rasmiylashtiriladi. Ko’pincha, bunday yondashuv joyni tejash maqsadida qo’llaniladi.
Bundan tashqari, ustunlar katta hajmdagi axborotlarni ishlab chiqishni osonlashtiradi. Matnni shunday tarzda joylashtirish uchun “Разметка страницы” bandining “Колонка” tugmasini bosing. Hosil bo’lgan menyuda ustunlar soni va ularni sahifadagi joylashishini tanlang.
Agar taklif qilingan variantlarning hech biri sizni qoniqtirmasa, “Другие колонки” bandini tanlang. Natijada, ustun parametrlarini sozlash oynasi ochiladi. Bu yerda talab qilinayotgan ustunlar sonini, ularning kengligini va ular orasidagi masofani berishingiz mumkin. “Разделитель’^ bayroqchani o’rnatish ustunlar orasiga vertikal chiziqni qo’shishga olib keladi. “Применить ” ro’yxatidan ustun shaklida taqdim etilishi kerak bo’lgan soha, matnni tanlash mumkin: “Ко всему документу”, “K выделеному тексту” yoki “ K выделенным разделам”.
Kolontitullar va sahifalarni raqamlash
Kolontitullar- bu sahifaning bir qator tepasida va oxirgi qator pastida joylashgan soha. Bu yerda asosan sahifa raqami, boblar nomi va h.k. ko’rsatiladi. Kolontitullar qo’yilgan matn, hujjatning har bir sahifasiga joylashtiriladi. Kolontitullar bilan ishlash uchun va sahifalarni raqamlash ishlarini bajarish uchun “Вставка” bandidagi “Колонтитула” guruhi mo’ljallangan.
Yuqori kolontitulni sozlash uchun “Верхний колонтитул ”, pastki kolontitulni sozlash uchun esa “ Нижний колонтитул” tugmalari mo’ljallangan.
Har bir tugma hujjatga tez qo’shish mumkin bo’lgan, tayyor formatlangan kolontitullar galereyasini ochib beradi. Kolontitul qo’yilgandan keyin, uni dastur talabiga ko’ra tez tahrir qilish mumkin. Bunda, tasmada “ Работа с колoнтитулами” kontekst asbob tasvirlanadi. Agar galereyaga shahsiy kolontitulni qo’shishni istasangiz “Верхний колонтитул” tugmasini bosing, “Сохранить выделенный фрагмент в коллекцию верхних колонтитулов” bandini tanlab, uni yaratish, tahrir qilish, ajratish va saqlash kerak. Shuningdek, yana pastki kolontitul ham qo’yish mumkin.
Kolontitul parametrlarini sozlash
Kolontitulning ba’zi parametrlarini “Paбота с колoнтитулами” bandining kontekst jihozidagi “Конструктор” bandidagi “Параметры” guruhi yordamida sozlash mumkin.
Masalan, agar sizga hujjatning asosiy matn tasviri halaqit bersa, u holda “Показать текст документа”dagi bayroqchani olib tashlang. “Разные колонтитулы для четных и нечетных страниц’^ bayroqcha o’rnatilsa, unda dastur toq va juft sahifalarga har xil kolontitul yaratish imkonini beradi. “Вставки” bandining “Работа с колонтитулами” kontekst jihozining kolontitulga standart elementlarni qo’yish imkonini beradi. Masalan, “Дата и время” tugmasi yordamida joriy sana va vaqtni qo’yish mumkin. Bu yerda standart bloklarni va Clip Art obyektlarini qurish tugmalari bor. Word 2013 matn muharriri har xil bo’limlarga alohida kolontitullarni sozlash imkonini beradi. Ammo kolontitullar qayerda joylashganidan qat’i nazar, ular bir-biri bilan bog’langan. Boshqa bo’limlar kolontitulni o’zgartirish uchun, bu aloqani uzish kerak. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
O’zgartirish kerak bo’lgan kolontitulga o’ting va “Переходы” guruhidagi “Как в предыдущeм” tugmasini bosing. Agar siz hamma kolontitulni bir xil ko’rinishga keltirishni xohlasangiz, u holda, “Как в предыдущим разделе ” tugmasini qayta bosing. “Положение” guruhida kolontitulgacha bo’lgan masofani berishingiz mumkin. Kolontitulda matnni tekislash “Вставить табуляцию с выравниванием” tugmasi orqali amalga oshiriladi. “Закрыть окно колонтитулов” tugmasidan foydalanib, kolontitullar bilan ishlashni tugatish mumkin.
Kolontitulni o’zgartirish va olib tashlash
Agar sizga ma’lum vaqtda kolontitulni, yuqori kolontitulni o‘zgartirish lozim bo’lsa, masalan, “ BcTaBKa” bandidagi “Колонтитула ” guruhidan “Верхний колонтитул ” tugmasini bosing va “ Изменить вставленную колонтитулу” bandini tanlang, yoki kolontitul sohasida sichqonchani ikki marta bosing. Kolontitullar “Удалить верхний колонтитул” va “Удалить нижний колонтитул” bandlari orqali olib tashlanadi.
Sahifalarni raqamlash
Word 2013da sahifalarni raqamlashning, tiniq sozlashning hamma kerakli jihozlari bor. Sahifani raqamlash quyidagicha amalga oshiriladi. “Вставкa” bandining “Колонтитулы” guruhidan “Номер страницы ” tugmasini bosing. Natijada, bir necha banddan iborat sahifaning raqami qo’yilish joyini aniqlovchi oyna paydo bo’ladi:
sahifa tepasiga;
sahifa pastiga;
sahifa maydoniga.
Shundan so’ng, har bir bandda qo’yilgan raqamni imkoniyatli variantlar bilan rasmiylashtiruvchi galereya ochiladi (24-rasm).
Hujjatga raqamlar asosan, birinchi sahifadan qo’yiladi. Bunda, arab raqamlari ishlatiladi. Bu parametrlarni o‘zgartirish uchun, “Номер страницы” tugmasini bosing va “Формат номеров страниц” bandini tanlang.
12-rasm. Sahifa raqamini qo’yish.
Natijada quyidagi vazifalarni bajaruvchi oyna hosil bo’ladi:
raqam formatini berish;
sahifa raqamiga bo’lim raqamini qo’yish uchun “Включить номер главы” ga bayroqcha qo’yish;
qaysi raqamlardan hisobot boshlanishi kerakligini “Нумерация страниц” soha yordamida aniqlash.
Sahifa raqamlarining elementlari standart bloklardir, shuning uchun ularni
bloklar kolleksiyasiga qo’shish mumkin. Buning uchun raqam qo’yib va hamma
zarur parametrlarni sozlab, “Номер страницы” tugmasini bosing va “Вверху
страницы - Сохранить выделенный фрагмент как номер страницы” yoki
“Внизу страницы - Сохранить выделенный фрагмент как номер
страницы” buyrug’ini bajaring. Sahifa raqamini “Удалить” bandi orqali olib
tashlash mumkin. Faqat birinchi sahifaning raqamini olib tashlash uchun “Разметка
страницы ” bandiga o’ting va “Параметры страницы” oynasini chaqiring. Unda “Макет” bandini oching va “Первой страницы” ga bayroqcha o‘mating(13-rasm).
13-rasm. Birinchi sahifa raqamini olib tashlash, so’zlarni ko’chirish
Hujjatni himoyalash
Hujjatni o’zgartirishdan saqlash uchun, “Рецензирование” bandining “Защитить документ” tugmasini bosing va “Ограничить форматирование и редактирование” bandini tanlang . Hosil bo’lgan masalalar sohasida “Ограничить набор разрешенных стилей’^ bayroqchani o’rnating va “Настройки” da sichqoncha tugmasini bosing. Ochilgan oynada (28-rasm), hujjat bilan ishlaganda, keyingi ishlarda, qaysi rasmiylashtirish elementlari formatlanishini ko’rsating. Tahrir qilishni chegaralash uchun masalalar sohasida “Разрешить только указанный способ редактирование документа” ga bayroqcha o‘mating va ro’yxatdan “Запись исправлений” bandini tanlang. Shu tarzda, siz hujjatga izohni qo’yishga, matnni olib tashlashga, qo’yishga va aralashtirishga ruhsat berasiz. Sozlashni tugatib, “Да, включить защиту” tugmasini bosing.
|