• Matnni formatlashning asosiy yo’llari
  • Chop etilmaydigan belgilarni tasvirlash
  • Hujjatlarni saqlash
  • Reja: Matn protsessorlarining xususiyatlari




    Download 395,29 Kb.
    bet2/6
    Sana23.07.2021
    Hajmi395,29 Kb.
    #15853
    1   2   3   4   5   6
    2. Hujjatlar bilan ishlash.


    Hujjatlarni yaratish

    Fayllar bilan amallar bajarishning asosiy buyruqlari Office tugmachalari menyusida yig’ilgan.

    Faylni yaratish uchun “Создать” bandi mo’ljallangan. Bu bandni tanlagandan keyin, “ Создание документов ” oynasini ko’rish mumkin. Oynaning chap qismida hujjat yaratish shablon o’lchami toifasini ko’rsatishi kerak.

    Oddiy hujjatni yaratish uchun “Пустые и последние” varianti tanlanadi Shundan so’ng oynaning o’ng qismidagi “Новый документ” ni ajrating va “Создать” tugmasini bosing. Natijada ekranda “Документ - номер” nomli yangi bosh hujjat tasvirlanadi.

    Microsoft Word 2013 ning xususiyatlaridan yana biri - joriy hujjat asosida yangi fayl yaratishdir. Buning uchun “Из существующего документа” bandidan foydalanib, diskdan yangi fayl yaratish uchun, kerak bo’ladigan faylni olish mumkin. Bunda olingan faylning tarkibi yangi hujjatda joylashadi.

    Faylni yaratishning bunday usuli mavjud fayl asosida yangi hujjat yaratish uchun qulay hisoblanadi.


    Matnni formatlashning asosiy yo’llari

    Word dasturi matnni bir necha usullar bilan ajratishi mumkin. Buning eng oson yo’li sichqoncha bilan amalga oshirishdir. Agar siz klaviaturani ishlatmoqchi bo’lsangiz, u holda SHIFT tugmasini ushlab turing va kursor bilan boshqarish tugmalarini aralashtiring.

    Wordda matnni belgilashning maxsus rejimi mavjud. Bu rejimga o’tish uchun F8 tugmasini bosish kerak. Shundan so’ng kursorni boshqarish tugmasi yoki PageUp/ Page Down (SHIFTni ushlamay) larni bosish orqali matnni ajratish mumkin.

    Shuningdek, agar ixtiyoriy harfni yoki belgini tersak, unda shu tanlangan belgigacha matn ajratiladi. Ajratish rejimidan chiqish uchun Escape tugmasini bosish kerak.

    Shu tarzda keyingi so’zni ajratish uchun probelni, matnni yoki xat boshi (abzats) oxirigacha ajratish uchun Enter tugmasini bosish kerak. F8 tugmasini bir necha marta bosish bilan so’z, gap, abzats, hatto hamma matnni ajratish mumkin.

    Formatlash asboblari “Главная ” bandining tasmasida joylashgan. Bular - “Буфер обмена”,” Шрифт”, “Абзац”, “Стиль” va “Редактирование”.

    Shriftning o’lchamini va turini “Шрифт” guruhidagi asboblar yordamida o’zgartirish mumkin. Bundan tashqari, bu yerda shrift o’lchamini birga oshirish (Grow Font) yoki kamaytirish (Shrink Font) tugmachalari joylashgan hamda ajratilgan bo’lakka qator tagiga ( subscript) yoki qator ustiga (Superscript) chiziq effektlari qo’llaniladi.

    Ajratilgan matn registrini “Регистр” tugmasi yordamida o’zgartirish mumkin. “Шрифт” guruhida ajratilgan bo’lak rangini ( Font Color) o’zgartirish uchun, mo’ljallangan jihozlar va matnni rang bilan ajratish uchun “Цвет выделения текста” - tugmalari ishlatiladi. “Очистить формат” tugmasi yordamida formatlangan parametrlarni olib tashlash mumkin.

    “Шрифт” oynasida bir qancha qo’shimcha shriftlarni formatlash parametrlarini sozlash mumkin. Shu bilan birga “Шрифт” oynasining “Видоизменение” sohasida ajratilgan matn bo’lagiga turli effektlarni qo’llash mumkin va kontur chizig’i, soya, shuningdek, so’zlarni bosmaga yoki kichiqlarini bosma harflarga aylantirish kerak.

    Microsoft Office 2013 da matnni formatlashning qiziq yechimi hosil bo’ladi. Matn bo’lagi ajratilganda, uning yonida formatlashning asosiy vositalari joylashgan qo’shimcha asboblar paneli hosil bo’ladi. Kerakli so’zga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, uni ekranga chiqarish mumkin (9-rasm).


    7-rasm. Matnni formatlashning qo’shimcha asboblar paneli


    Qo’shimcha formatlash paneli asboblarini tasvirlash quyidagicha amalga oshiriladi: asosiy menyuni chaqiring, “Параметры Word” tugmasini bosing va “Основной” bo’limidagi “Показывать мини-панель инструментов при выделении’^ bayroqcha o’rnating.

    Abzatslarni formatlash “Абзац” guruhi yordamida amalga oshiriladi. Matn qatorlari orasidagi masofani berish uchun “Междустрочный интервал” tugmasi mo’ljallangan. Hosil bo’lgan ro’yxatdan qator orasidagi masofani olish zarur.

    Asosan, u birga teng - bu abzatsga bir xil oraliq o‘rnatilganligini bildiradi. Bu qiymatni boshqa qiymatlarga, ya’ni 1.5,2,3 va h.k.ga almashtirish mumkin.

    Bu yerda abzatslarni chapga, o’ngga, o’rtaga va uzunasiga to‘g‘rilash tugmalari mavjud. Ixtiyoriy abzatsni ajratib, unga chegara va bo’yash effektlarini qo’llash mumkin. Chegara - abzatsni belgilovchi yoki uning biror chegarasida joylashgan to‘g‘ri chiziqdir. Chegara turini o’rnatish uchun, “Граница” tugmasi mo‘ljallangan. Abzatsni ramkaga olish uchun, “Внешная граница” bandini tanlang. O’rnatilgan chiziqlarni “Нет границы” buyrug’i yordamida olib tashlash mumkin. “Заливка” tugmasi abzats joylashgan sahifaga fon rangini beradi. “Граница и заливка” tugmasini bosing va hosil bo’lgan menyuda biror nomli bandni tanlang. Natijada, chegara va bo’yashning qo’shimcha parametrlarini o’rnatish oynasi ochiladi.

    U uchta banddan iborat:



    • maydon - chiziq turini, rangini va qalinligini tanlaydi va chegaraning tashqi ko’rinishini sozlaydi;

    • qog’oz o’lchami (размер бумаги) - bu yerda hujjatning boshqa elementlariga qo’llanadigan chegarani berish mumkin. “Применить к” ro’yxatida quyidagi variantlar bor: hamma hujjatga, joriy bo’lakka (faqat birinchi sahifa); joriy bo’lakka(birinchi sahifadan tashqari));

    • qog’oz manbasi- rangni va bo’yash turini tanlash uchun xizmat qiladi. (“Применить к” ro’yxati orqali yacheykaga, matnga, abzatsga va jadvalga bo’yoq qo’llash mumkin);

    “Abzats” guruhi oynasida abzatsni formatlashning qo’shimcha parametrlarini sozlash, shuningdek, “Отступ” sohasida sahifa chetidan matngacha joy tashlash holatini berish mumkin (chap - Left va o’ng - Ripft) (10-rasm).

    Qizil satrni sozlash uchun “Первая строка” ro’yxatidagi kerakli variantni tanlang: “Отступ” yoki “Интервал”sohasidagi “Перед” va “После” maydonlari oldingi abzatsning oxirgi qatori va keyingi abzatsning birinchi qatori orasida masofa berish uchun mo‘ljallangan.10 yoki 12pt qiymat, 10 yoki 12 kerlli shrift bilan terilgan qatorga mos. Matnni “Главная” bandidagi “Aбзац” guruhidagi tugmalar yordamida formatlash mumkin.

    Chop etilmaydigan belgilarni tasvirlash

    Chop etilmaydigan belgilarni tasvirlash matnni tez va aniq rasmiylashtirishga yordam beradi. Bu rejimga o’tish uchun “Главная” bandidagi “Абзац” guruhida joylashgan “Отобразить все знаки” tugmasini bosing.






    8-rasm. Abzats oralig‘ini sozlash oynasi


    Hujjatlarni saqlash

    Hujjatni har 10-15 minutda saqlab turish kerak,chunki kompyuter ishlamay qolishi mumkin(elektr toki o’chib qolish holatlari bo’lishi mumkin).Yangi hujjatni yaratib, “Office” tugmasini bosing va hosil bo’lgan menyuda “Сохранить” bandini tanlang . Natijada fayl nomi kiritilib , “Сохранить” tugmasini bosish kerak bo’lgan oyna ochiladi. Fayl Word 2013 matn muharriri formatda yoziladi va fayl DOSX kengaytmaga o’zgartiriladi. Agar siz o’z ishingizni boshqa formatda saqlamoqchi bo’lsangiz, uni ”Тип файла” ro’yxatidan tanlang .

    Bu versiyada faylni saqlash turlari juda kengdir. Unda WORD ning oldingi versiyalariga o’xshash turlari ham bor. Agar siz matn muharirining oldingi, eski versiyalarida faylni ochishni mo’ljallasangiz, ularni tanlashingiz mumkin.

    Agar sizning hujjatingizda makros bo’lsa, unda uni “Документ Word с поддержкой макросов” kabi saqlashingiz mumkin. Makros yoqilgan shablonlar uchun maxsus format - “Шаблон Word с поддержкой макросов” mavjud .

    Faylni birinchi marta saqlashda fayl nomi kiritiladi, keyin esa uni qayta nomlash shart emas. Agar fayl nomini, joyini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, u holda “Office” tugmasini bosib, menyu satridan “Сохранить” tugmasini tanlash kerak. Ochilgan oynada sichqoncha bilan “Сервис” tugmasini bosib, menyudagi ’’Параметры сохранения” bandini tanlab, saqlashning qo’shimcha parametrlarini sozlash mumkin.

    Faylni ochish

    Hujjatni ochish uchun “Office” tugmasini bosing va “Открыть” bandini tanlang . Hosil bo’lgan oynada, kerakli fayl joylashgan papkani toping va sichqonchaning tugmasini kerakli faylda ikki marta bosing.



    Download 395,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 395,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Matn protsessorlarining xususiyatlari

    Download 395,29 Kb.