Hujjat bo‘laklarini qidirish va almashtirish
Matn bo’yicha biror -bir so’zni yoki bo’lakni tez qidirish va almashtirish uchun avtomatik qidirish va almashtirish funksiyasidan foydalanish qulay. Buni bajarish
uchun, “Главная” bandining “Редактирование” guruhiga o’ting va “Найти” tugmasini bosing. “Найти и заменить” oynasi ochiladi. “Найти” maydonida kerakli bo’lakni ko’rsating. Birinchi talabni bajarish uchun “Найти далее” tugmasini bosing. Agar topilgan bo’lak sizga to’g’ri kelmasa, shu tugmani bosib, qidirishni davom ettiring. “Выделение при чтении” tugmasi hamma qidirilayotgan so’z yoki bo’lakni ajratish uchun xizmat qiladi.
Siz qo’shimcha qidirish parametrlarini berishingiz ham mumkin. Buning uchun, “Больше” tugmasini bosing. Agar qidirish vaqtida harflar registri hisobga olingan bo’lsa, bayroqchani ’’Учитывать регистр” ga o’rnating.
Maxsus belgilar va oraliqlarni e’tiborga olmaslik, mos ravishda “Не учитывать знаки препинания” va “Не учитывать пробелыЧш^ bayroqcha o’rnatib, amalga oshiriladi. “Cпециальный” tugmasi qidirilayotgan qatorga abzats belgisini, tabulyasiya, ihtiyoriy belgini, sonlarni va shunga o’xshashlarni qo’yish uchun mo’ljallangan. Joriy bo’lakka formatni berish uchun bir xil nomli tugmacha xizmat qiladi.
Topilgan bo’lakni boshqasi bilan almashtirish uchun “Заменить” bandiga o’ting, “Заменить” maydonida yangi bo’lakni yoki so’zni kiritib, “Найти далее” tugmasini bosing. Dastur kerakli bo’lakni topgandan keyin “Заменить” tugmasini bosing. Stillardan foydalanib, formatlash parametrlari yig’indisini hamma hujjatga yoki uning bo’lagiga (abzatsga, sahifaga) qo’llashingiz mumkin. Rasmiylashtirishning ixtiyoriy elementlari uchun shaxsiy stilni tanlash mumkin.
Word 2013da bir qancha stillar ro’yxati bor.Ularni ko’rib chiqamiz.
Ro’yxatlar
Ro’yxat - bu maxsus belgi bilan ajratilgan matn bo’lagidir. Ro’yhatlar raqamlangan, markerlangan, ko’p tabaqali kombinatsiyalangan bo’lishi mumkin. Word 2013 matn muharririning ro’yxatlarni aftomatik yaratish asboblari nafaqat rasmiylashtirilgan ro’yhatni to’g’ri va chiroyli tashkil etish, balki ularni yaratishni osonlashtiradi.
Ajratilgan matn bo’lagini ro’yxatga aylantirish juda oson. Buning uchun “Главная” bandining “Абзац” guruhidagi kerakli tugmani bosish yetarlidir.
Markerlangan ro’yxatni yaratish uchun, “Маркеры” tugmasi yordamida raqamli ro’yxatni tuzish esa “Нумерация” tugmasi yordamida amalga oshiriladi.
Agar siz ko’p qirrali ro’yxatni yaratishni rejalashtirsangiz “Многоуровневый список” tugmasidan foydalaning.
Siz, maskur tugma - strelkada sichqoncha tugmasini bosib, qanday’ ro’yxatni yaratishingizdan qat’i nazar marker turini tanlashingiz mumkin, shundan so’ng birinchi bandning markeri hujjatning sahifasida hosil bo’ladi . Ma’lumotlarni kiriting va ENTER tugmasini bosing - natijada ikkinchi marker yoki keyingi band raqami avtomatik qo’yiladi.
Ro’yxatni yaratishni tugatish uchun oxirgi kiritilgan banddan keyin “ENTER” tugmasini ikki marta bosing. Ko’p tabaqali ro’yxatni yaratishda navbatdagi tabaqa markerini yaratishni berish uchun “TAB “ tugmasini bosish kerak. SHIFT+TAB tugmalar qo’shilmasi yordamida ma’lumotlarni kiritishning oldingi tabaqasiga qaytish mumkin.
Bundan tashqari ro’yxat elementining pog’onasini o’zgartirish “Увеличить отступ” va “Уменьшить отступ” tugmachalari yordamida amalga oshiriladi. Siz markerlangan va raqamlangan ro’yxatlar bilan ishlashda rasmiylashtirishning yangi stilini yaratishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha tugmasini mos tugmaning uchburchak belgisida bosish va “Определить новый маркер” va “Определить новый формат номера” bandlarini tanlash kerak. Yangi marker turini yaratishda “Определение нового маркера” oynada “Символ” tugmasini bosing va tavsiya etilgan variantlardan mosini tanlang.
Marker sifatida rasmni ishlatish uchun “Рисунок” tugmasini bosish kerak. “Шрифт” tugmasi yordamida ishlatiladigan markerlar shrifti parametrlarini berish mumkin.
Raqamlangan ro’yxatni yaratishda ko’pincha ro’yxatning birinchi raqami bir emas, balki boshqa son bo’lishi talab qilinadi.
Bunday holatda nima qilish kerak? Sichqoncha tugmasini “Нумерация” tugmasining uchburchak belgisida bosing va “Задать начальное значение” bandini tanlang.
Hosil bo’lgan oynada masalaning qo’yilishiga qarab, yoqib-o’chirgichni ikkita holatdan biriga o’rnating: “Начать новый список” yoki “Продолжить предыдущий список” va “Начальное значение” maydonida birinchi bandning raqamini bering.
Ko’p tabaqali ro’yxat ko’rinishini tahrir qilish uchun “Многоуровневый список” tugmachasidagi uchburchakka sichqonchani bosing va “Определить новый многоуровневый список” bandini tanlang. Hosil bo’lgan oynada raqam formatini, oralig’ini, shrift turini va boshqa zarur parametrlarni sozlang .Yangi stillar ro’yxatini yaratish uchun “Определить новый стиль списка” bandi mo’ljallangan. Shundan so’ng hosil bo’lgan oynada hamma kerakli parametrlarni sozlash mumkin, shuningdek, yangi formatni xarakatga keltirish sohasini berish ham mumkin ( faqat joriy yoki berilgan shablon asosida yaratilgan hujjatga ).
|