• Oila psixologiyasi» fanining maqsadi — oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar, ko`nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir
  • Nikoh va oila psixologiyasi haqida




    Download 2,35 Mb.
    bet1/2
    Sana27.05.2024
    Hajmi2,35 Mb.
    #254498
      1   2
    Bog'liq
    Nikoh va oila psixologiyasi haqida.


    Nikoh va oila psixologiyasi haqida.

    Aksincha so`nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko`p gapirib, yozib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajralishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayaptiku? » — kabi savollar ro`yxatini cheksiz davom ettiraverish mumkin.
    Ma`lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o`zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o`ziga xos tarzda murakkablashib boradi.


    Endi shu yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko`rib chiqamiz. Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik talablaridan biri bo`lmish jinsiy yetuklikka, balog`atga yetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o`sha davrlar uchun xos va lozim bo`lgan, unchalik murakkab bo`lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo`lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13—14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o`sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma`lumot talab qilmagan
    Jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o`ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo`lishligini taqozo qilmoqda.


    Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning o`quv predmetlari qatorida maktab, kollej, litseylarda o`tiladigan darslar jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumati tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy va mazmuniy davomidir.


    «Oila psixologiyasi» fanining maqsadi — oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar, ko`nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir

    Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mustahkamligining o`rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog`lomligiga bog`liq bo`lganidek, butun organizm o`z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishida har bir hujayraning munosib o`rni bo`lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir.


    o`z ishini uddalay oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigandek bo`lsa, o`z hunari orqali mehnat qilib, o`zini va oila a`zolarini iqtisodiy jihatdan ta`minlay olishi mumkin bo`lgan.

    O`yin - inson faoliyatining ko`rinishlaridan biridir. Murakkab va qiziqarli hodisa sifatida u turli kasbdagi kishilar diqqatini jalb etadi.O`yin - inson o`zligining namoyon bo`lishi, uning takomillashuv usulidir


    Bola shug`ullanadigan ko`pchilik jiddiy ishlar o`yin shaklida bo`ladi. O`yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o`ylaydi; o`yin jarayonida bolani xayoloti, xotirasi faol ishlaydi, ta'sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo`ladi. O`yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo`ladi.

    O`yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o`tmish va hozirgi zamonning ko`plab pedagogik sistemalarida tadqiq etilgan. Ko`pchilik pedagoglar o`yinni bola uchun juda jiddiy va muim faoliyat sifatida baholaydilar.

    Download 2,35 Mb.
      1   2




    Download 2,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nikoh va oila psixologiyasi haqida

    Download 2,35 Mb.