|
Tarbiyaviy treninglar va ularning ahamiyati mavzusida yozgan kurs ishi topshirdi: Qabul qildi: urganch-2024 mundarija: kirish
|
bet | 1/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 105,36 Kb. | | #239614 |
Bog'liq iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR VA PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM
YO‘NALISHI ______-GURUH TALABASI
____________ ___________________NING Tarbiyaviy treninglar va ularning ahamiyati mavzusida yozgan
KURS ISHI
Topshirdi: ________________
Qabul qildi: ________________
URGANCH-2024
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………..…….3
I.BOB. TARBIYAVIY TRENING TUSHUNCHASI
1.1. Trening tushunchasi………….……………………………………….…….5
1.2. Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya
treninglarining ahamiyati………………………………………………………12
II.BOB. TRENING TURLARI , ULARNING MAZMUNI VA MOHIYATI.
2.1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va
mohiyati…………………………………………………………………………..14
2.2. Tarbiya texnologiyalari va ularni qo‘llashda pedagogik vositalardan
foydalanish………………………………………………………………………..23 XULOSA…………………………………………………………………………27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..29
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiya ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.
Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi –yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilganligini keltirish kifoya.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, ahloqiy, ma‘naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma‘naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash san’atining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida baxs yuritadi.
Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi. Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini va tashkil etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlanishidan ortda qoladi.
Tarbiya metodikasi fanining o‘rganish obyektini esa ta‘lim muassasalaridagi uzluksiz ta‘lim – tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarning tarbiya ish va tadbirlarning mazmunli bo‘lishini ta‘minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, tarbiya ta‘sirga ega bo‘lgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tarbiyaviy treninglar va ularning ahamiyati mavzusida yozgan kurs ishi topshirdi: Qabul qildi: urganch-2024 mundarija: kirish
|