Tarbiya texnologiyalari va ularni qo‘llashda pedagogik vositalardan foydalanish




Download 105,36 Kb.
bet5/7
Sana17.05.2024
Hajmi105,36 Kb.
#239614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii

2.2. Tarbiya texnologiyalari va ularni qo‘llashda pedagogik vositalardan foydalanish


So‘nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o‘quv yurtining sinf rahbariga hozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o‘quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar qo‘yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni hisoblanadi, shunday qilib alohida sinf birlashib o‘quv yurtini tashkil etadilar. Alohida sinf jamoalari qo‘lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o‘quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining bundan keyingi rivojlanishi bevosita ta’lim-tarbiya natijasiga bog‘liqligi barchaga ayon. Ta’lim-tarbiyani takomillashtirmay, ma’naviy boy barkamol insonni tarbiyalash mushkul. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib yosh avlod ta’lim-tarbiyasini tashkil etishni kundalik hayotning o‘zi talab qilmoqda. Jamiyatda o‘qituvchi birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ularga har tomonlama bilim berishdan iborat bo‘lgan faxrli hamda ma’sul vazifalarni bajaradi. Yurtboshimiz ham ta’lim-tarbiyani dolzarb masala sifatida ko‘tarmoqda. Yani, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy taffakurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat degan fikrlari yana bir bor boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga masuliyat yuklaydi va vazifalarni ado etish pedagogning alohida ijtimoiy roli va uning jamiyatdagi faxrli o‘rnini belgilaydi. Jamiyatda o‘qituvchi faoliyati yuksak baholanmoqda va uning obro‘si yuksaltirilmoqda. [29. 125-127 b]
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, o‘z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
Shuningdek, sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o‘zi keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarni tashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funksiyasi bir necha elementlarga bog‘liqdir:

  1. O‘tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.

  2. Sinfda o‘tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy harakterga ega bo‘lib, ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.

  1. Sinf rahbari oldiga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun o‘z oldiga aniq vazifa qo‘ya bilish lozim.

  2. Sinf rahbari har bir tadbiriy choralarni amalga oshirishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o‘tazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim.

  3. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‘g‘ri taqsimlash, ishga boshqa o‘qituvchilarni, ota-onalar, o‘quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.[5. 89b]

Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o‘rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o‘rtasida g‘oyat murakkab bog‘liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari
(hatto strategik maqsadlari) bor. O‘quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog‘liq. Sinf rahbari o‘zining g‘oyaviy siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta”sir kuchiga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. O‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Chunki tarbiyachilik talanti juda ko‘p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko‘ngil qo‘yish bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tashkil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir - biriga bog‘liq bo‘ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga oshirish usuli bo‘lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo‘yish uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma’lum darajada qo‘llanilgan har qanday vosita natija beradi, hatto biror sababga ko‘ra maqsad aniq ifodalanmagan bo‘lsa ham natija beravermaydi. Tajribada mavjud bo‘lgan pedagogik vositalarning ikkitasini ko‘rib chiqamiz. [17.109b]
Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar bilan bog‘liq bo‘ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan bosqichida ta’sir ko‘rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag‘batlantirish bir xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to‘siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli - tuman ko‘rinishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Ikkinchi: ayrim vositalarni qo‘llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin bo‘lgan o‘zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog‘liq bo‘ladi. Jamoa muomala sharoitida vositalarni qo‘llash minut sayin o‘zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqazo qiladi. Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart. Oliyjanoblik qalbning o‘ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g‘urur hislarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. [3. 67b]


Download 105,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 105,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya texnologiyalari va ularni qo‘llashda pedagogik vositalardan foydalanish

Download 105,36 Kb.