|
Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya treninglarining ahamiyati
|
bet | 3/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 105,36 Kb. | | #239614 |
Bog'liq iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii 1.2. Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya treninglarining ahamiyati.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:
Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
Ma’naviy tarbiya (axloq va odob).
Iqtisodiy tarbiya.
Ekologik tarbiya.
Go‘zallik tarbiyasi.
Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).
Ota-onalar bilan ishlash.
Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.
Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.
Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bo‘lishi.
Mavzular o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi. Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari” dasturi. O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot ijtimoiy harakati” dasturi mos qilib olindi. Quyidagi keltirilgan reja tahminiy bo‘lib, o‘z shart-sharoitingizga qarab ijodiy o‘zgarishlar kiritish mumkin.
1. Vatan g‘ururi – kamolot mulkining asosi (I-II sinflar uchun).
a) Tug‘ilgan uy, ko‘cha, shahar va o‘lkalarining tarixi. b) Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona ekanligi. v) Atrof tabiatidagi o‘simliklarning nomi va uni muhofaza qilish. g) O‘lka tarixiga oid (tarixiy, obidalar, kimlar yashagan, iqtisodiy boyligi, san’ati va kelajak rejalar) ma’lumotlar. e) Kindik qoni to‘kilgan joyning tuprog‘i aziz hissini singdirish.
2. Turmush madaniyatiga sharqona oila.
b) Ota-ona mehri, ularning borligidan faxrlanish.
v) Oilada sharqona urf-odatlar, an’analar qonun va qoidalarga amal qilish.
g) Qariyalar tarixini o‘rganish, ularning yaxshi fazilatlari bilan chuqurlashish
va g‘amxo‘rlik qilish.
Turmush va bozor iqtisodiga sharqona munosabat uyg‘otish.
Jismoniy barkamollik va sport.
3. O‘zbek tilining sofligi – xalq iftixoriga har bir millatni ona tili va unga mehrli milliy g‘ururini gul tojisi ekanligi (xalqning maqol, rivoyat, hikoyatlaridan foydalanish).
b) O‘zbek tilining tarixi, rivoji.
v) O‘zbek tilining istiqboli.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim. Tarbiya – bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbai shaxslar bo‘lib qoladi bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi. [3. 23-36b]
|
| |