• Tarbiyaviy treninglarni o‘quvchilarda o‘tkazish tartibini o‘rganish Tarbiyaviy treninglarni o‘tkazishni rejalashtirish
  • Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikkita bob, to‘rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar. I.BOB. TARBIYAVIY TRENINGLAR
  • Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta‘minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi




    Download 105,36 Kb.
    bet2/7
    Sana17.05.2024
    Hajmi105,36 Kb.
    #239614
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii

    Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta‘minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
    Kurs ishining maqsadi: Tarbiyaviy treninglar orqali o‘quvchilarni tarbiyalash.
    Kurs ishining vazifasi:

    • Tarbiyaviy treninglarni o‘quvchilarda o‘tkazish tartibini o‘rganish

    • Tarbiyaviy treninglarni o‘tkazishni rejalashtirish

    Kurs ishining obekti: tarbiyaviy terninglarga bag‘ishlangan kitoblar
    Kurs ishining predmeti: Tarbiyaviy treninglar orqali o‘quvchilarni tarbiyalash jarayoni
    Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikkita bob, to‘rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.


    I.BOB. TARBIYAVIY TRENINGLAR

    1.1. Trening tushunchasi.


    Trening texnologiyasi o‘quvchi talabalarni dars jarayonida turli adabiyotlar va matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, fikrini erkin bayon eta olish, hamda bir dars jarayonida baholay olishga qaratilgan.
    Trening so‘zi- “training” inglizcha poyezd so‘zining hozilasi bo‘lib, qanday qilib o‘qitish yoki tarbiyalash deb tarjima qilinadi. Agar biz ushbu atamani birinchi bo‘lib ishlatgan va zamonaviylardan unchalik farq qilmaydigan darslarni o‘tkaza boshlagan murabbiy haqida gapiradigan bo‘lsak bu Deyl Karnegi edi. U xatto 1912- yilda maxsus markaz treninglar o‘tkazishga asos solgan. Trening shunchaki ma’ruza emas, balki qiziqarliroq narsadir.
    O‘qitish atamasi bizga ingliz tilini so‘zlashadigan dunyodan kelgan. Uning nufuzli tarafdorlari va uni ta’lim sifatida tarqatuvchilardan biri Deyl Karnegi bo‘lib, XX asrning boshlarida o‘z nomi bilan atalgan o‘quv markazini yaratgandir.
    Trening ma’ruzadan quyidagilar bilan farq qiladi:

    • darsda nafaqat nazariya balki amaliyot ham mavjud bo‘lishi shart

    • nafaqat bilimingiz, balki ko‘nikma va qobilyatingiz ham shakllanadi.

    Trening bu- samarali kasbiy faoliyatni shakllantirishda qaratilgan texnikani rivojlantirish jarayoni. Boshqa tomondan treningni qisqa vaqt ichida 1 – 2 – kun
    “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi nazariy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishni birlashtirgan intenesiv ta’lim shaklidir. Trening ishtirokchilarining xulq-atvori va faoliyati tamoyillariga quyidagilar kiradi.

      1. Faoliyat tamoyili.

      2. Tadqiqot va ijobiy pozitsiya tamoyili.

      3. Samimiyat tamoyili.

      4. Xulq-atvorni obektivlashtirish tamoyillari.

    Bu kabi tamoyillarni amalga oshirish uchun zarur shart sharoitlar yaratiladi. Trening bu - amaliyot bu yerda nazariya maxsus mashqlar va texnikalar bilan birlashtirilgan. Mutaxassislar ta’limning 3 ta turini ko‘rsatishgan. Komunikativ treninglar individual ishbilarmonlik fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan xususan: muzokaralar olib borish, o‘z vaqtingizni rejalashtirish ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilash. Shaxsiy o‘sish bo‘yicha trening samarali muloqot va maqsadlarni belgilashga yordam beradi. Trening to’g‘ri tinglovchilarda 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘lishdan boshlanadi. Tarbiya jarayonini tashkil qilish va salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko‘p jihatdan tarbiyachi uning tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog‘liq. Ular quyidagi omillarni qo‘llash asosida vujudga keladi:

    • Tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondashuv kabilardir;

    • Tarbiya ishlarning maqsadi, aniqligi va ta‘sirchanligi. Tarbiya jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo‘yilgan maqsadga muvofiqlashtirish;

    • Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda bo‘lishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, tarbiya tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiya ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.

    • O‘quvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiya tadbirlarni tashkil qilishda o‘quvchi yoshlarning faolligi ko‘p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog‘liq;

    • Tarbiya ishlar ta‘lim jarayonida olgan bilimlariga uyg‘un bo‘lishi. Tarbiya ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiya ishlar metodikasi yosh avlodni har tomonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy g‘oyani singdirishda har tamonlama ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning ilm olishi, o‘z qobiliyatlarini har tamonlama rivojlantirish ta‘kidlanadi. Ta‘lim to‘g‘risida qabul qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi.

    Ma‘lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga tarbiya berish, ularga ta‘lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O‘qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta‘lim muassasalari oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiya ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir. [6. – B. 20-21 b]
    Har bir fanning predmeti, o‘rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud bo‘lganidek, tarbiya ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o‘rganish obyekti va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalari bor. Tarbiya ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va maktabda, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiya ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yo‘nalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir. Tarbiya fanini o‘qitishni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o‘qituvchilarga katta mas‘uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiya ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma‘naviy, ma‘rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiya ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.
    Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarbiya shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta‘minlaydi. Shu jihatdan har tarbiya ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e‘tiborga olish muhimdir. O‘zbekiston mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiya jarayonini tashkil etishga alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2008 yilni – Yoshlar yili va 2010 yilni – Barkamol avlod yili, 2012 yilni -Mustahkam oila yili deb e’lon qilinishi va ushbu yillar bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoyishning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma‘nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib belgilab berdi. [1-B. 148 b.]
    Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz rivojlanishini ta‘minlaydi. Tarbiyaviy jamiyatning sog‘lom hayot, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom e‘tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo‘lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma‘naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar tarbiyada asosiy o‘rin egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil tarbiya tadbirlar, boy ma‘naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy g‘urur, milliy tarbiya, milliy g‘oya, Vatan tuyg‘usi, Vatan qayg‘usi, Vatan sog‘inchi va shu kabi tushunchalarni singdirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya jarayoning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
    Tarbiyani tashkillashtirish jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi:
    iste‘dodga, ilmga va mashqqa degan edi, ulug‘ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:

    • Tarbiya ishlar jarayonida va tarbiyada ulg‘ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bir bola, o‘smir va yoshlarning o‘ziga xosligini hurmat qilish;

    • Milliylikning o‘ziga xos an‘ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish;

    • O‘quvchilar faoliyatida tarbiya jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to‘laqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarga qatnashishini ta‘minlash, mehnat, ijtimoiy foydali, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.

    Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma‘naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va an’analarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. [14. 216-218b]
    Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

    • O‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, unga tarbiya ta‘sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish;

    • Tarbiya ish va tadbirlar uchun zarur bo‘lgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko‘ra bilish;

    • Ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish;

    • Tarbiyaning o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta‘sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

    • Tarbiya ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim.

    Trening xususiyatlari - muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u doimo guruhda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar o‘z ichiga olgan xususiyatlar ya’ni usullar trening samarali o‘tishiga asos bo‘ladi. Treninglar doimo jamoaviy ishdir.
    2020-yil 11-fevralda ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
    D.O.Kamalovaning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kasb ta’lim yo‘nalishining
    4-kurs talabalari uchun “Tarbiyaviy treninglar” mavzusida ochiq ma’ruzalar tashkil etilganligi. Ushbu ma’ruzadan ko‘zlangan maqsad yoshlarni kasbiy tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, kasblarida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni oqilona bartaraf etishga qaratilganligi, optimal yechim topa olish ko‘nikmasining shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Treninglar o‘tkazishning asosiy maqsadlari uyg‘unlik va hotirjamlikka erishish, hayot sifatini yaxshilashga erishishdir.
    Prinsip faoliyat - trening jadal ishiga barcha ishtirokchilarni jalb qilishni nazarda tutadi. Trening ishtirokchilarining faoliyati ma’lum bir texnalogiyadan foydalanish bo‘yicha ma’ruza tinglayotgan yoki qo‘llanmani o‘qiyotgan shaxsning faolligidan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatga egadir. Zamonaviy fanda mashg‘ulotlarni tasniflashning yagona tizimi mavjud emas. Treningni ta’lim tizimi bo‘yicha 3 ta guruhga ajratamiz. Bunga ko‘ra treninglar o‘z ishtirokchilarining maqsadiga ko‘ra bo‘linishi mumkin. Shunday qilib treninglar quyidagi turlarga bo‘linadi.

    1. Biznes treninglar.

    2. Psixologik treninglar.

    3. Shaxsiy treninglar.

    Bugungi kunda treningni o‘rganish, shaxsiy o‘sish va hayotning turli sohalarida muammolarni hal qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Treningni rivojlanish tarixi, shuningdek o‘qitishning rivojlanish tarixi ming yillarga ega, ammo treningni paydo bo‘lishining boshlanishini mashhur ijtimoiy psixolog Kur Lyuinning faoliyati davriga bog‘lash mumkin.
    Trening - bu sizning vaziyatingizni tushinish, uni turli tomonlarga burish, hamma narsani tartibga solish va qiyinchiliklarni hal qilish imkoniyatidir. Trening kerakli o‘zgarishlar uchun manba bo‘ladigan kuchli kuchlarni beradi, bu sizning kelajagingiz uchun kuchli poydevor qo‘yish imkonini beradi. [13.45-47b]


    Download 105,36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 105,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta‘minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi

    Download 105,36 Kb.