• Qo‘qon davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d (PhD) G.A.Ismoilova
  • Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Turmanov Quatbay Amanbaevichning




    Download 49,5 Kb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi49,5 Kb.
    #242448
    TuriReferat
    Bog'liq
    1-tакриз QDPI


    Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Turmanov Quatbay Amanbaevichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha “Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi va avtoreferatiga


    TAQRIZ


    Uzluksiz ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni yaratish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bugungi kunning asosiy vazifalardan biridir. Shu jumladan, malaka oshirish o‘qitish jarayonida dars mashg‘ulotlarida zamonaviy texnologiyalar, innovatsion usul va interfaol metodlardan keng foydanilmoqda, o‘quv jarayoni sifat va samaradorligini yanada yaxshilashga, tinglovchilarning kasb mahoratlarini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.


    Shu nuqtai nazardan dissertant Q.A.Turmanovning “Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi mavzusidagi muhokamaga taqdim etilgan dissertatsiya ishi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga bag‘ishlangan, deb ta’kidlash mumkin.
    Tadqiqotchi o‘z ishining oldiga qo‘ygan maqsadini: malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish deb belgilab maqsadga mos quyidagi vazifalarni bajargan:
    Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish;
    malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini yoritib berish;
    malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish modelini ishlab chiqish;
    malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish.
    Shunday qilib, tadqiqotchi Q.A.Turmanovning ilmiy tadqiqot ishi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tarzda, mantiqiy ketma-ketlikda bajarilgan.
    Tadqiqot ob’ekti sifatida malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish jarayoni tanlangan bo‘lib, tajriba-sinov ishlarida Sirdaryo va Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari uzluksiz kasbiy rivojlantirish informatika kursining tinglovchlari ishtirok etgan.
    Tadqiqotning predmeti malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalarini nazarda tutgan.
    Dissertatsiya ishi ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilarda o‘z aksini topgan:
    “O‘qituvchining testologik kompetentligini rivojlantirish” nomli maxsus maqsadli kurs o‘quv rejasi va dasturi ishlab chiqilgan;
    “Informatika oqıtıw metodikası” nomli o‘quv qo‘llanma nashr ettirilgan;
    o‘qituvchilarning testologik kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan mobil ilova yaratilgan;
    o‘qituvchilar uchun test topshiriqlarini tuzishni avtomatlashtiruvchi maxsus kompyuter dasturi yaratilgan.
    Dissertatsiya natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati ayniqsa e’tiborga molik.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi va komponentlari metodologik madaniyat, tadqiqotchilik, kreativlik qobilyatlarining namoyon bo‘lish darajalarini hisobga olish orqali aniqlashtirilganligi, informatika o‘qituvchilarida testologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kompetensiyaviy yondashuv va xalqaro baholash dasturlarini integratsiyalash asosida ochib berilganligi, informatika o‘qituvchilarida testologik kompetentlikni rivojlantirishning metodik imkoniyatlarining yoritib berilganligi bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilganligi, malaka oshirish uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining mustaqil ta’lim olish shakli uchun “O‘qituvchining testologik kompetentligini rivojlantirish” nomli maqsadli kurs o‘quv rejasi va dasturi ishlab chiqilganligi va uchbu kurs materiallari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasiga joylashtirilib, amaliyotga joriy etilganligi, o‘qituvchilarning testologik kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus mobil ilova va test tuzishni avtomatlashtiruvchi mualliflik dastur yaratilganligi bilan belgilanadi.
    Dissertatsiyaning “Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarida testologik kompetentlikni rivojlantirish dolzarb muammo ekanligi, testologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, mazkur jarayonning amaliyotdagi holati yoritib berilgan.
    Tahlillar natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalqaro baholash dasturlarini joriy etish sharoitida malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning testologik kompetentligini rivojlantirish mazmuni va texnologiyasini ishlab chiqish ayni paytda ham dolzarb va to‘liq hal etilmagan muammolardan biridir. Mazkur muammoga yechim topish uchun birinchi navbatda, malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni didaktik testlarni tuzish va undan foydalanishga tayyorlashning ustuvor jihatlari aniqlashtirib olindi. O‘qituvchi o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan didaktik testlar nazariyasining asosiy qoidalari, shuningdek, uning kasbiy tayyorgarligi tizimida aks ettirilgan xususiyatlariga muvofiq tinglovchilarni test metodidan samarali foydalanishga tayyorlash asosiy maqsad sifatida belgilandi.
    Uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonida oʻqituvchilarni testdan foydalanishga tayyorlashga doir pedagogik maqsadning aniq belgilanishi testologik kompetentsiyalarning mazmuni va tuzilishini aniqlash imkonini berdi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan holda tadqiqot doirasida malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning testologik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi ishlab chiqildi
    Dissertatsiyaning “Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi” deb nomlangan ikkinchi bobida malaka oshirish jаrаyоnidа infоrmаtikа о‘qituvсhilаrining tеstоlоgik kоmреtеntligini rivоjlаntirishning mеtоdik imkоniyаtlаri, modeli va texnologiyasi batafsil yoritib berilgan.
    Dissertatsiyaning “Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarida testologik kompetentlikni rivojlantirish samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish mazmuni hamda natijalari va tahlili yoritib berilgan.
    Tajriba-sinov ishlarining maqsadi tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan “О‘qituvсhilаrning tеstоlоgik kоmреtеntligini rivоjlаntirish” mаqsаdli kursi, model va texnologiyaning samaradorligini baholashdan iborat etib belgilandi.
    Nazorat va tajriba guruhlari tinglovchilarining o‘zlashtirish natijalari o‘rtacha qiymatini taqqoslash ularning kurs boshidagi farqlar kamligi, kurs yakunida esa sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatgan, ya’ni informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan maqsadli kursiga muntazam kiritilib borilgan yangiliklar, takomillashtirishlar asosida kurslardagi ta’lim samaradorligining o‘sishiga erishilgan.
    Malaka oshirish jarayonida informatika oʻqituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi boʻyicha tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar tavsiyalar bilan yakunlangan.
    Ishda yuqorida bildirilgan ijobiy fikrlar bilan birga, ayrim kamchiliklar uchraydi:

    1. Dissertatsiyada informatika oʻqituvchilarida testologik kompetentlikni rivojlantirishning mavjud holatini aniqlashtirishga doir empirik tadqiqot natijalari ham keltirib oʻtilishi lozim edi.

    2. Tadqiqot doirasida malaka oshirish jarayonida informatika oʻqituvchilarining testologik kompetentsiyalarini rivojlantirishda motivatsiya va refleksiya masalasiga ham tahlil qilinishi lozim edi.

    3. Dissertatsiyaning birinchi bobidagi xulosalar yanada kengroq yoritib berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    4. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan modelning komponentlari kengroq yoritib berilishi oʻrinli boʻlar edi.

    Ko‘rsatilgan kamchiliklar dissertatsiyaning umumiy mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Dissertatsiya avtoreferati tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

    1. Turmanov Quatbay Amanbaevichning “Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan;

    2. dissertatsiya mazmuni tadqiqotchi tomonidan e’lon qilingan ishlarda o‘z aksini topgan;

    3. dissertatsiya va avtoreferat Oliy attestatsiya komissiyasining “Ilmiy darajalar berish to‘g‘risida”gi Nizom talablariga javob beradi;

    Turmanov Quatbay Amanbaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb hisoblayman.

    Qo‘qon davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d (PhD)

    G.A.Ismoilova



    Download 49,5 Kb.




    Download 49,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Turmanov Quatbay Amanbaevichning

    Download 49,5 Kb.