Elektrotexnika materiallari




Download 18.07 Kb.
Sana31.10.2022
Hajmi18.07 Kb.
#28660
Bog'liq
2 slayd, Bir million dasturchi laboratoriyalari

Elektrotexnika materiallari
Darslikda “Elektrotexnika materiallari” fanining barcha qismlariga oid
nazariy ma’lumotlar, ya’ni elektr texnika materiallarining tarkibi, ishlab
chiqarilishi, elektrik, fizik va mexanik xossalari keltirilgan. Dielektriklar,
o’tkazgich, yarimo’tkazgich va magnit materiallar to’g’risida hamda bu
materiallarning elektr texnikadagi ahamiyati va amalda qo’llanilishi haqida
ma’lumotlar berilgan.
Darslik energetika sohalariga oid ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, tasdiqlangan namunaviy dasturga mos holda tayyorlangan

Kirish
Elektr texnikada vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish uchun yangidan-yangi materiallarni ishlab chiqarish, shu bilan birga mavjud materiallar
xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash kerak bo’ladi. Bu esa yangi texnologiya asosidagi yuqori sifatli elektr texnika
materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi. Qo’yilgan maqsadga amaliy ravishda yondoshish uchun qo’llanishi mumkin
bo’lgan materiallarning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini chuqur talqin eta bilish kerak. Bunda fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar, olingan
ma’lumotlarni talabalarga atroflicha yoritib berish zarur. Zamonaviy elektr texnikada qollaniladigan materiallarni tadqiq etish va yuqorida qayd etilgan
maqsadlarga erishish uchun ”Elektr texnika materiallari” kursi o’qitiladi. Elektrotexnika materiallari - fani keng ma’noda elektr va magnit hodisalardan
amaliy maqsadlarda foydalanish usullarini о‘rganadigan fandir. Xozirgi paytda elektrlashtirish asosida ishlab chiqarish protsesslarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kengroq joriy qilinmoqda.
Elektrotexnologiya, ya’ni metallar olish va ularga ishlov berishning elektrotermik va elektrolitik usullari jadal rivojlanmoqda. Yildan-yilga mashinalarning yangi-yangi avtomatik liniyalari, sexlar va zavod avtomatlar ishga
tushirilmoqda. Elektronika bu fanning bir necha о‘n yil oldin tashkil topgan yangi sohasidir. Elektronika zaryadlangan zarrachalarning vakuumda, gaz muhitida yoki qattiq jismdagi harakatini hamda elektr kattaliklarni har xil о‘zgartirish yoki bir tur energiyani ikkinchi tur energiyaga aylantirish maqsadida shu harakatlarni
boshqarish masalasini kо‘rib chiqadi. Bu fan elektrotexnik materiallarni о‘zini va uning ichki tuzilishini bevosita yoritib beradi. Agar moddalar qanday va nimalardan tuzilganligini bilmoqchi bо‘lsak, har qanday modda juda mayda zarrachalar – molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tashkil topgan. Oddiy
moddalarda (mis, allyuminiy va hokazo) shu moddaning bir xil atomlaridan tashkil topgan molekulalar bо‘ladi. Murakkab moddalarning molekulalari esa har xil
9 ximiyaviy elementlarning atomlaridan tashkil topgan. Masalan: suv molekulasi tarkibiga ikkita vodorod atomi va bitta kislorod atomi kiradi. Elektr texnika materiallari fanida o’quvchilar e’tiboriga quyidagilar havola
etiladi va o’rganiladi: elektr texnika materiallarini o’rganish va tekshirish asoslari; ularning xossalari va tuzilishi; muayyan xossalari orqali materiallarni elektrotexnikada ishlatishini aniqlash va amaliy jihatdan qo’llash.
Download 18.07 Kb.




Download 18.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrotexnika materiallari

Download 18.07 Kb.