|
Mustaqil tadqiqotchi O‘rishov Alisher Nomozovichning
|
Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 16,56 Kb. | | #143882 | Turi | Referat |
Bog'liq Taqriz1 O\'rishov A
Mustaqil tadqiqotchi O‘rishov Alisher Nomozovichning “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil izlanishli faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga va avtoreferatiga
TAQRIZ
Respublikamiz ta’lim tizimida keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalari integratsiyasini ta’minlash orqali o‘quvchilar o‘quv faoliyatini rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish imkoniyatlarini oshirmoqda. O‘z navbatida, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda imitatsion modellardan foydalanishning yangicha yondashuvlarini tadqiq etish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Bu borada “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni shuningdek, sohaga oid boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam beradigan o‘qitish shakl, usul va vositalari va ularning individual xususiyatlarni hisobga olgan holda, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining mustaqil izlanishli faoliyatini rivojlantirish modelining ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi” fanini ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Xorijiy va OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, respublika hamda xalqaro miqyosidagi ilmiy konferensiya materiallari, shuningdek, dissertatsiyada foydalanilgan ma’lumotlar rasmiy manbalardan olinganligi, tahlil va tajriba-sinov ishlarining samaradorligi matematik-statistika metodlar vositasida qayta ishlanganligi hamda asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalar vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
O‘quvchilarning “Kompyuter grafikasi” fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishni mobil ilovalar asosida loyihalashni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, mobil ilova muhitida oliy ta’lim muassasalarining 4-kurs talabalarining Kompyuter grafikasi faniga oid kompetentsiyasini rivojlantirish uchun taqdim etilgan uslubiy modeli uning tarkibiy qismlari orasidagi funksional bog‘lanishlar orqali mobil ilova muhitda ta’limni shaxsiylashtirishning ajralmas tizimini yaratish jarayonini aks ettiradi.
Tajriba-sinov ishlarida Chirchiq davlat pedagogika universieti; Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universitetlaridan jami 238 nafar talabalar ishtirok etishdi.
O‘rishov Alisher Nomozovichning “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil izlanishli faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan tadqiqot ishi to‘liq yakunlangan, ilmiy хulosalangan hamda dissertant tomonidan mustaqil bajarilgan ish, deb hisoblayman.
Avtoreferat O‘zbekiston Respublikasi OAKning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga qo‘yilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan hamda uning muallifi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib.
Taqrizchi:
|
| |