• Annotatsiya
  • Kalit s o‘zlar
  • Key vords
  • 129 alisher navoiy siymosi sharq miniatyuralarida




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana05.04.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #188525
      1   2   3
    Bog'liq
    ALISHER NAVOIY SIYMOSI SHARQ MINIATYURAL
    130 oraliq, Ilmiy ish, 2- bob yopiq test, 14 -¼áÛÓÒºá ÉüÆ, DarswsWsdlyssswssissklsgladkgasdwskwwdi;dssESt, 6 leksiya, INSON QADR1, KUTILAGANDA KELGAN, 8-sinf Fizika fanidan konspekt, Tiristorli-chastota-o‘zgartkichlar, E S T E T I K A OQUV QOLLANMA, 4-test namuna, pA-d6QFxji0EDgynqsR-ZQ, Mavzular ro'yxati 2 O T, 112795




    129 
    ALISHER NAVOIY SIYMOSI SHARQ MINIATYURALARIDA 
     

     
     
     
    Firdavs ABDUXOLIQOV
    O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish 
    va ommalashtirish b
    o‘yichia Butunjahon kengashi 
    boshqaruvi raisi 
    Annotatsiya 
     Mazkur maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 
    o‘rta asr 
    miniatyuralaridagi tasviri, shuningdek, 
    miniatyura san’atining rivoji, uning o‘ziga xos xususiyatlari
    bayon qilinadi. Muallif ushbu miniatyuralarning Alisher Navoiy qiyofasini belgilashdagi 
    o‘rni, 
    ularning qanchalik haqiqatga mos kelishi, shoir portretini ishlagan musavvirlarning uslubi, 
    yondashuvi haqida 
    o‘z qarashlarini bayon etgan.
    Kalit s
    o‘zlar: Navoiy, miniatyura, Temuriylar, Behzod, tasviriy san’at, Hirot, devon, 
    “Xamsa”. 
     
     
     
     
     
     
    Annotation 
    This article describes the image of the great poet and thinker Alisher Navoi in medieval 
    miniatures, the development of miniature art, and its specific features. The author expressed his 
    views on the role of these miniatures in determining the image of Alisher Navoi, how realistic they 
    are, the style and approach of the painters who worked on the portrait of the poet. 
    Key vords: Navoi, miniatures, Timurids, Behzad, art, Herat, divan, Khamsa 
     
    Ma’lumki, o‘rta asr Sharq miniatyuralari Vatanimiz tarixini o‘rganish, voqea- 
    hodisalar, tarixiy shaxslarning tashqi k
    o‘rinishi haqida muayyan tasavvur hosil qilishda 
    katta 
    o‘rin tutadi.
    Portret janri miniatyura 
    san’atining alohida yo‘nalishi sifatida Hirotda XV asrning 
    s
    o‘nggi choragida temuriy Sulton Husayn (1438-1507) hukmronligi davrida uning vaziri
    mashhur shoir va mutafakkir Alisher 
    Navoiyning sa’y-harakatlari yordamida shakllangan. 
    Ularning ikkisi ham san’atga homiylik qilgan bo‘lib, tasavvuf ta’limoti va Kamoliddin 
    Behzod (1455-
    1536) ta’siri ostida bo‘lganlar [Gorelik, 1969: 111-121]. 
    Behzod kompozitsiyaning tekis yechimini saqlab 
    qolgan holda an’anaviy tamoyillar 
    doirasida portretlar yaratgan, portretda tasvirlanayotgan shaxsning individual xususiyatlarini 
    aks ettirish orqali unga jonli tus bergan va shu tufayli chehralarni tanib olish (U chizgan 
    Shayboniyxon, Sulton Husayn, Navoiy, Jomiy portretlari misolida) samarasiga erishgan. 
    Shu bilan birga, u nafaqat miniatyuraning badiiy tilini saqlab qolgan, balki tasvirlangan 
    insonga 
    o‘zining shaxsiy munosabatini ham bildirgan [Semenov, 1941: 37]. 
    Zayniddin Vosifiy shunday yozadi: «Har doim shoh qayg‘u va g‘am-tashvishlar 
    sabab tushkunlikka tushganda, Behzod qandaydir suratlar yaratar, unga bir qaragan 
    shohning qalb k
    o‘zgusi g‘ubor-u changlardan tozalanib, uning shohona tafakkur 
    zarvaraqlarini qay
    g‘u alomatlari tark etar edi» [Vosifiy, 2017: 258]. 
    Vosifiyning ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, portretlar xotiradagi obrazlardan 
    chizilgan b
    o‘lib, aftidan, u chizgan portretlar qahramonlarining odatlari va xatti-
    harakatlarini qayta-qayta kuzatishlar va xomaki chizgilar asosida yaratilgan. Ehtimol, aynan 
    shu grafik chizgilar kelajakda obrazli portret san’atining poydevorini yaratgan bo‘lishi 
    mumkin. 


    130 
    Bir paytlar shoirning majlisiga Behzod olib kelgan Alisher Navoiy surati haqidagi 
    Vosifiyning hikoyasi barchaga ma’lum. Bu bo‘lgan voqea edi: “...chappar urib gullagan 
    bo
    g‘dagi daraxtlarning shoxlarida turli xildagi chiroyli qushlar qo‘nib turibdi. Har joyda 
    ariqlarda suvlar oqmoqda, g
    o‘zalligi bilan qalbni quvontiradigan gullar ochilgan. Mir 
    Alisherning 
    o‘zi hassaga suyanib turibdi, qarshisida esa sadaqa va hadyalar uchun 
    m
    o‘ljallangan oltin va kumush bilan to‘ldirilgan tovoq turibdi. Hazrati Mir bu ijod 
    mahsulini k
    o‘rgach, qalbi shodlikka to‘lib, «Ofarin!» deb hayqirdi” [Vosifiy, 2017: 258]. 

    o‘z yonida hozir bo‘lganlardan ushbu asarni baholashlarini so‘raydi. Vosifiy 
    suratni 
    maqtashda 
    jonbozlik 
    k
    o‘rsatgan saroy a’yonlari tasvirlaydi. Anjuman 
    ishtirokchilarining har biri rassom ijodining hayot bilan hamnafas ekanini alohida 
    ta’kidlashadi. Portretda aynan Alisher Navoiy tasvirlanganiga hozir bo‘lganlarning hech biri 
    shubha qilmaydi. Bu holat 
    o‘sha uzoq zamonlarda ham zohiriy o‘xshashlik nihoyatda 
    qadrlanganidan dalolat beradi. 
    Behzod Alisher Navoiy obraziga ham bir necha bor murojaat qilgan. Vosifiyning 
    hikoyalaridan ma’lumki, Behzod shoirning bog‘da qo‘lida hassa bilan tasvirlangan portret-
    suratini chizgan. Biz XVI asrda yashab ijod qilgan buxorolik rassom Mahmud 
    Muzahhibning portretida ham uni shunday holatda k
    o‘ramiz.
    Shu 
    o‘rinda aytish joizki, Mahmud Muzahhibga tegishli bu miniatyura ilk bor 
    professor A. A. Semyonov tomonidan shoirning 500 yillik yubileyi oldidan 1940-yili chop 
    ettirgan edi. Keyinchalik, V. Kaydalov, A. Abdullayev, L. Abdullayev, Ch. Ahmarov 
    singari musavvir hamda haykaltaroshlar 
    o‘z asarlarini ana shu rasm asosida ishlaganlar. 
    Bu rasm 1500-yili Behzodning shogirdi Mahmud Muzahhib tomonidan yaratilgan 
    b
    o‘lib, Eronning Mashhad shahridagi Ostonai quds kutubxonasida saqlanmoqda. Bu
    rasmda Navoiy hassaga suyangan, ancha keksa holatda tasvirlangan. Rasmning yuqorigi 
    chap burchagida «Suvrati Amiri Kabir Mir Alisher», pastki o‘ng burchagida esa «Amali 
    Mahmud Muzahhib» so‘zlari yozilgan.
    Aftidan, bu surat shoir ikonografiyasining asosini tashkil qilgan, chunki q
    o‘lida hassa 
    tutgan keksa shoirning xuddi shunday obrazi Behzodning quyidagi k
    o‘plab 
    miniatyuralarida uchraydi: «Masjid qurilishi» (Yazdiyning «Zafar-noma»si. 1467-yil. 
    Baltimor) miniatyurasida u Amir Temur qiyofasida qurilishni kuzatayotgani tasvirlangan
    Xusravning otasi Shoh Hurmuzd qiyofasidagi Sulton Husayn esa oqsoqollarning maslahati 
    bilan 
    o‘g‘lini kechirgani aks ettirilgan. 
    Yana bir tarixiy surat Turkiyaning Istanbul shahridagi T
    o‘pqopi saroyida saqlanadi. 
    Rasm 2155 saqlov 
    raqami ostidagi muraqqa’ning 29
    b
    vara
    g‘idan olingan. Miniatyuraning 
    uslubiga qarab uni Tabrizda, taxminan 1525-1530-yillarda Qosim Ali ismli rassom 
    tomonidan ishlangan deb taxmin qilinadi.
    Rasmda bir yosh yigit bilan 30-35 yoshlik kishi tasvirlangan. Suratning yuqori 
    tomonidagi chap burchagida mayda arab yozuvida «Suvrati dilpazir Mirzochuchuk bo Amir 
    be sh
    ibhu nazir Nizomiddin Alisher», pastki qismida, o‘ng tomonda esa mayda yozuvda 
    «Amali al-faqir Ali» so‘zlari bor. Demak, rasmda Navoiy tasvirlangani haqida hech qanday 
    shubha tu
    g‘ilmaydi. 
    Chuchuk Mirzo Navoiyning jiyani b
    o‘lib, shoirning katta e’tibori va nazarida 
    b
    o‘lgan. Uning asl ismi Sulton Muhammad Mirzo edi. Bu miniatyurada Navoiy boshqa 


    131 
    portretlaridagi kabi hassaga suyangan holatda
    – dastlab Behzod qo‘llagan ikonografik 
    pozada tasvirlangan. 
    Chuchuk Mirzo Navoiyga gul sov
    g‘a qilayotgan yigit sifatida tasvirlangan. Uning 
    tashqi k
    o‘rinishi va sallasiga o‘ziga xos ukpar (egret) taqilgan liboslari Tabrizdagi 
    Safaviylar portretida tasvirlangan noziktabiat yigitlarnikiga 
    o‘xshaydi. Portretning pastki 
    o‘ng tomonida – “Al faqir – Ali” degan yozuv bor va ehtimol bu atributi bo‘lishi mumkin. 
    Navoiy rasmda kulcha yuzli, qirraburun, kalta qilib olingan qiz
    g‘ish soqol-mo‘ylab, 
    qoboqlari keng etib tasvirlangan. Shoirning libosi ham 
    o‘ziga xos — oq ko‘ylak ustidan 
    yoqasiz moviy kamzul, ustidan uzun yenglik, pushti astarlik jigarrang chakmon, oyo
    g‘ida 
    oq chuvak, boshida esa yashil d
    o‘ppiga oq salla o‘ralgan.
    Nizomiyning «Xamsa» qo‘lyozmasidagi «Xusravning tavbasi» miniatyurasida ham, 
    shuningdek, Behzod qalamiga mansubligi aytilgan "S
    o‘fiylar raqsi" miniatyurasida ham 
    shunday tasvirni k
    o‘ramiz.
    «Xusravning tavbasi» miniatyurasida Navoiy jigarrang chopon kiyib, boshiga kichik 
    oq salla 
    o‘ragan. U so‘fiylarning shayxlariga xos tarzda hassaga suyangan holda turibdi. 
    «So‘fiylar raqsi» miniatyurasida ham Navoiy ko‘k libosda, hassaga suyangan holda 
    tasvirlangan. Shoirning bu ikonografiyasidan keyingi avlod rassomlari Mahmud Muzahhib 
    va Qosim Alilar ham foydalanishgan (T
    o‘pqopi saroyi, N 2155, sahifa. 29b.). 
    Navoiy siymosi aks etgan yana bir surat AQShning Nyu-York shahridagi 
    Metropoliten muzeyida saqlanmoqda. 1490-yillarda chizilgani taxmin qilingan ushbu
    miniatyura “Darveshlar raqsi” deb nomlanib, u ham Kamoliddin Behzodga nisbat beriladi.
    Behzod va uning shogirdlari ulardan oldin 
    o‘tgan davrlardagi ko‘zga ko‘ringan diniy 
    arboblar va shoirlarning xayoliy siymolarini jonli, real qiyofalarda aks ettiruvchi «guruh 
    portreti»ga ham asos solishgan. Behzodning bu miniatyurasidagi shod-xurram o‘ynayotgan 
    s
    o‘fiylar obrazlari orasida real odamlar ham (Jomiy, Navoiy va Behzodning o‘zi) 
    tasvirlangan.
    Behzodning shogirdi Qosim Alining «Bog‘dagi mutasavviflar» nomi bilan mashhur 
    b
    o‘lgan miniatyurasida Hamid Sulaymon fors shoirlarining (Nizomiy, Sa’diy, Jomiy va 
    boshqalarning) xayoliy portretlarini tasvirlagan [Suleyman, 1980: 34]. 
    Ushbu syujetga H.Sulaymon tomonidan aniqlik kiritilgan. Uning taxminiga k
    o‘ra, bu 
    yerda Sharqning buyuk shoirlari: Fir
    davsiy, Nizomiy Ganjaviy, Dehlaviy, Sa’diy, 
    Abdurahmon Jomiy, Mir Alisher Navoiy va boshqa shoirlarning majlisi tasvirlangan. Agar 
    ushbu taxmin t
    o‘g‘ri bo‘lsa, miniatyurada fors tilida ijod qilgan shoirlarning tasavvuriy 
    guruh portreti namoyish qilingan. 
    H.Sulaymonov
    uni «Navoiy buyuk shoirlar o‘rtasida» deb nomlagan. Chunki
    suratda dostonning s
    o‘nggi epizodlaridan biri, ya’ni Navoiy tugallangan «Xamsa»ni ustozi 
    Jomiy huzuriga olib kelgani, ustozi asarni varaqlar ekan, shoir 
    o‘z salaflarini xayolan 
    bog
    ‘da ko‘rgani tasvirlanadi: 

    Download 0.71 Mb.
      1   2   3




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    129 alisher navoiy siymosi sharq miniatyuralarida

    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish