|
Chirchiq Davlat pedagogika Universiteti
|
bet | 1/8 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 62,9 Kb. | | #255867 |
Bog'liq Paythonda siklik operatorlar
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
chirchiq Davlat pedagogika Universiteti
Matematika va informatika Fakulteti
“Matematika va Informatika ” yo’nalishi 2- bosqich talabasi
Akbaraliyrv Axrorjon Alisher o’g’li
Paythonda siklik operatorlar
mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: A.Akbaraliyev
Ilmiy rahbar: J.G’. Abduraimov
KIRISH 3
I BOB. Pythonda siklik operatorlar boshqarishga qo’yilgan talablar 8
1.1. Dasturlash tillarida parametrli sikllarni tashkil qilish 8
1.2. Parametrli sikl holatida siklning takrorlanish soni ("takrorlanishlar") 13
1.3. Pythonda siklik operatorlarga doir misollar 14
II BOB. Python statements (bayonnomalar) 17
2.1. Pythonda Shart operatorlari 17
2.2. Pythonda sikllar 22
2.3.For sikli 25
XULOSA 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 30
KIRISH
Tanlangan mavzuning dolzarbligi. Hozirgi jadal rivojlanish va turli jarayonlarni avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlashni bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutahassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Sababi hozirgi kunda informatika turli-tuman sohalarda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkinligini hech kim ham rad eta olmaydi. Huddi shuning uchun ham, o‘quv -qo‘llanmaning asosiy maqsadi – o’quvchi talabalarga Python dasturlash tili misolida hisoblash texnikasi vositalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni imkon darajasida singdirishdir. Amaliy maqsadlarda dasturlash tilining imkoniyatlarini ko‘rsatish matematika va ilmiy sohalarga oid bir qancha misol va masalalarni Python dasturiy tilidan foydalanib yechish misolida aniq va ravshan qilib ko‘rsatib o‘tiladi. Shunday qilib, kurs ishi o‘quvchi talabalar uchun dasturlash tili vositasida turli xildagi amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon yaratadi.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirrish boʻyicha harakatlar strategiyasi” mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 25 yanvarda mamlakat taqdiri uchun ahamyatli bo‘lgan eng muhum ustvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bo‘yicha quyidagi vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi: “Ilm fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash”, maqsadida xususan davlatimiz rahbari ilgari surgan besh tashabbusning uchinchisida raqamli texnologiyalarni bepul o‘qitish markazlarini ochish, aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlarning salohiyatidan to‘g‘ri foydalanib, ularga dasturiy mahsulotlar yaratishda ko‘maklashish kabi chora-tadbirlar o‘rin olgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2017 yil 20 apreldagi № PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror so‘nggi yillarda respublikamiz ta’lim tizimidagi keskin burilishlarga sabab bo‘ldi.
|
| |