|
Chirchiq Davlat pedagogika Universiteti
|
bet | 2/8 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 62,9 Kb. | | #255867 |
Bog'liq Paythonda siklik operatorlarKurs ishining maqsadi. Python dasturlash tilida binar fayllar bilan ishlashni o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari :
Phyton dasturlash tilining yaratilishi va hozirgi kundagi holati.
Python dasturlash tilining muhitini kompyuterga o‘rnatishning bosqichlari.
Python dasturlash tilining sintaksisi.
Python dasturlash tilida binar fayllar bilan ishlash
Kurs ishining obyekti. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida python dasturlash tilida binar fayllar bilan ishlash jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida python dasturlash tilida binar fayllar bilan ishlashning mazmuni, usul va vositalari.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishining tarkibiy qismi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishini o‘qish va undagi materiallarni o‘rganish uchun dasturlash tajribasi bo‘lishi talab etilmaydi va undan endigina dasturchi bo‘lishni orzu qilganlar ham bemalol foydalanishlari mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu kurs ishida zamonaviy Python dasturlash tili imkoniyatlari boshlang‘ich o‘rganuvchilar, ya’ni maktab o‘quvchilari, talabalar va mustaqil o‘rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda xalq tilda izhor qilingan. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo‘lgan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi va shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy amalga oshiriladi. Python dasturlash tilining rasmiy sayti – www.python.org bo‘lib, uning muallifi Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy adqiqot institutida ishlagan Gvido van Rossum deb hisoblanadi. Pythonning o‘ziga xosligi esa uning oddiyligi, o‘rganishga osonligi, sodda sintaksisga egaligi va dasturlash jarayonini boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minotga egaligidir.
Kurs ishining maqsadi.Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xohlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llabquvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi.
Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo‘lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo‘llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga 8 binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo‘yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo‘ldi. Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa, 2.0 versiyasi 2000- yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo‘llaniladi.
2003 yildan beri Python doimiy ravishda TIOBE dasturlash hamjamiyati indeksining eng mashhur dasturlash tillari o'ntaligiga kirdi, bu yerda 2021 yil fevral holatiga ko'ra u uchinchi eng mashhur til (Java va C dan keyin). Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Python kabi skript tillari odatiy tillarga qaraganda samaraliroq bo'ladi. Masalan, satrlar bilan ishlash va lug'atda qidirish bilan bog'liq muammolarni hal qilishda va xotira iste'moli nuqtai nazaridan "Java -ga qaraganda yaxshiroq" ekanligini aniqlandi lekin C yoki C ++ dan ozgina ortda qoladi".
Python -dan foydalanadigan yirik tashkilotlarga Vikipediya, Google, Yahoo!, CERN, NASA, Facebook, Amazon, Instagram, Spotify va ILM va ITA kabi ba'zi kichikroq tashkilotlar kiradi. Reddit ijtimoiy axborot tarmog'i asosan Pythonda yozilgan.
Pythonning buyruqlari va sintaksisi ABC, Modula-3, C, C++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko‘plab tillardan va skript tillaridan olingan. Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Xuddi Perl kabi, Python dagi manbaa kodi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud. Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
|
| |