|
Laboratoriya ishi Mavzu
|
Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 27,81 Kb. | | #133851 |
Bog'liq 10 laboratoriya ishi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
Davlat universiteti Urgut filiali “Biznesni
Boshqarish va tabiiy fanlar “fakulteti
“matematika va informatika “ yo’nalishi
111-guruh talabasi Karimova Shaxzodaning
Kompyuter taminoti fanidan bajargan
Laboratoriya ishi
Mavzu: Python, Pascal ABC, C++ dasturlash tilida ishlash
Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llabquvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi. Python ning buyruqlari va sintaksisi ABC, Modula-3, C, C++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko‘plab tillardan va skript tillaridan olingan. Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Xuddi Perl kabi, Python dagi manbaa kodi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud. Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega;
Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi;
Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli;
Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintoshda o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi;
Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi;
Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega;
Kengaytirilish imkoniyatalariga ega: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo‘shishingiz mumkin;
Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qulayligi: Python barcha a’lumotlar bazasini qo‘llab quvvatlaydi;
GUI dasturlashni amalga oshirish imkoniyati: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi;
Moslashuvchanligi: Python qobiq buyruq fayliga qaraganda, katta dasturlarga yanada yaxshi moslashish va ularni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi;
Funktsional va tuzilgan dasturiy usullarni va Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi;
Buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun bytekodga to‘planishi mumkin;
Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlaydi;
Chiqindilarni avtomatik ravishda to‘plashni va ularni tozalashni qo‘llabquvvatlaydi (musorosborshik funktsiyasi);
C, C++, Java va PHP kabi dasturlash tillari bilan osonlik bilan bog‘lanishi mumkin.
Python dasturini kompyuterga o‘rnatish bir necha bosqichlardan iborat.
1. https://www.python.org/downloads/windows/ orqali rasmiy veb saytiga kirib, kompyuteringizning texnik parametrlarini hisobga olgan holda eng so‘nggi versiyasini yuklab olamiz. Kompyuterning texnik parametrlariga, razryadi, (64 bit yoki 32 bit) qaysi operatsion sistema o‘rnatilganligi va boshqa parametrlar kiradi. Biz hozir sizga 64 bitli kompyuter uchun o‘rnatish jarayonini tushuntirib o‘tamiz.
2. Yuklab olib o‘rnatishni boshlaymiz. Pastdagi rasmlarda o‘rnatish jarayoni rasmlar ketma – ketligida keltirilgan.
Dastur ustiga sichqonchani ikki marta bosib, o‘rnatishni boshlaymiz. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
Bu oynadan Add Python 3.7 to Path ga belgi qo‘yib, Install Now ni tanlaymiz.
Dastur o‘rnatib bo‘lingach Closeni bosib, ishni yakunlaymiz.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastur o‘rnatib bo‘lingach, Python dasturlash tilining ishchi stoliga alohida belgisi hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun dasturni Pusk orqali ishga tushiramiz. Har doim yangi dastur bilan ishlashda IDLE ni ishga tushiramiz
PYTHON da kiritish va chiqarish operatorlari
Ma’lumotni konsol ekraniga chiqarish – print() funksiyasi hisoblanadi. Funksiyaga argument sifatida konsolga chiqariluvchi qiymatlar (satr, son, ifoda va x.k.) berilishi mumkin:
Ma’lumotlar ekranga chiqqanida ma’lumotning oxiriga nuqta, vergul, probel va h.k. belgilarni chiqarish uchun print() ning end xususiyatidan foydalanamiz:
input() ekrandan berilganlarni kiritish uchun qo‘llaniladi. input() funksiyasiga argument sifatida biror bir satr berilishi mumkin. Ushbu satr konsol ekranida aks ettirilib, kiritilishi kerak bo‘lgan berilganlar uchun yordamchi taklif vazifasini bajaradi
Arifmetik amallar va qiymat berish operatori. Berilganlarni qayta ishlash uchun PYTHON tilida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu qandaydir harakat bo‘lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytariluvchi qiymati hisoblanadi. Tayanch arifmetik amallarga qo‘shish (+), ayirish (-), ko‘paytirish (*), bo‘lish (/), darajaga ko‘tarish (**) va bo‘lish qoldig‘ini olish (%) amallarini keltirish mumkin. Amallar qaytaradigan qiymatlarni o‘zlashtirish uchun qiymat berish amali (=) va uning turli modifikatsiyalari ishlatiladi: qo‘shish, qiymat berish bilan (+); ayirish, qiymat berish bilan (-); ko‘paytirish qiymat berish bilan (*); bo‘lish, qiymat berish bilan (/); bo‘lish qoldig‘ini olish, qiymat berish bilan (%) va boshqalar.
Razryadli mantiqiy amallar. Dastur tuzish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, odatda qo‘yilgan masalani yechishda biror holat ro‘y berganligini yoki yo‘qligini ifodalash uchun 0 va 1 qiymat qabul qiluvchi bayroqlardan foydalaniladi. Shu maqsadda bir yoki undan ortiq baytli o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin. Masalan, bool (mantiqiy) tupdagi o‘zgaruvchini shu maqsadda ishlatsa bo‘ladi. Boshqa tomondan, bayroq sifatida baytning razryadlaridan foydalanish ham mumkin. Chunki razryadlar faqat ikkita qiymatni – 0 va 1 sonlarini qabul qiladi. Bir baytda 8 razryad bo‘lgani uchun unda 8 ta bayroqni kodlash imkoniyati mavjud. Quyidagi jadvalda Python tilida bayt razryadlari ustida mantiqiy amallar majmuasi keltirilgan.
Bayt razryadlari ustida mantiqiy amallar
Amallar Mazmuni
And yoki & Mantiqiy VA (ko’paytirish)
Xor yoki | Mantiqiy yoki (qo’shish))
Or yoki ^ Istisno qiluvchi YOKI
Razryadli mantiqiy amallarning bajarish natijalarini jadval ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin.
А В А&В А|В А^В
0 0 0 0 0
0 1 0 1 1
1 0 0 1 1
1 1 1 1 0
|
| |