2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi




Download 54,64 Kb.
bet8/14
Sana13.01.2024
Hajmi54,64 Kb.
#136286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida

298-mashq. Gap jufliklari orasidagi ma’no farqini tushuntiring. Ikkinchi gaplarga bajaruvchini bildiruvchi to‘ldiruvchi qo‘shib o‘qing.
Namuna: Nazira kir yuvdi. – Nazira singlisiga kir yuvdirdi.
1. Nazira kir yuvdi. Nazira kir yuvdirdi. 2. Olim aka osh pishirdi. Olim aka osh pishirtirdi. 3. Nodir o‘tin yordi. Nodir o‘tin yordirdi. 4. Nafisa rasm chizdi. Nafisa rasm chizdirdi. 4. Otam qo‘shnimizni chaqirdilar. Otam qo‘shnimizni chaqirtirdilar. 5. Chol olmalarni terdi. Chol olmalarni terdirdi. 6. Hoshim devorni oqladi. Hoshim devorni oqlatdi.
Savollar:
1. Orttirma nisbat qo‘shimchasi o‘timli fe’lga qo‘shilganda harakat bajaruv­chisi qaysi gap bo‘lagi bo‘lib keladi?
2. Bunday holda gapning egasi qanday ma’noni bildiradi?
299-mashq. O‘qing. O‘zlik nisbati shaklida qo‘llangan fe’llarni topib, yasalishi aniq nisbat shaklidagi fe’ldan farqini ayting.
1. Bahor keldi. Maktab sahnidagi o‘riklarni oq, pushti gullar bezadi. (P. Tursun) 2. Tez kunda albomning varaqlari fotosuratlarga va bo‘yoq qalamda chizilgan gullarga bezandi. (H. Nazir) 3. Qurilish tresti unga yotoqxonadan joy berdi. (O‘. Hoshimov) 4. Isfandiyor joyidan qo‘zg‘al­madi, Islomxo‘ja ham fikrlarini jamlab, muroqabaga berildi. (S. Siyo­yev) 3. Sherzod katak-katak linoleum polli yo‘lakdan yurib borarkan, ikki kundan buyon devor ostida turgan karavot yig‘ib olinganini ko‘-rib, tag‘in quvondi. (O‘. Hoshimov) 4. Chayla oldidagi guvala o‘choq­dan buralib-buralib tutun ko‘tarildi. (S. Ahmad) 5. Kimdir bozorga oshiqadi, kimdir turtinib-surtinib, korxonasiga shoshadi. (X. To‘xta­boev) 6. Aravakashning ichki holatini sezib turgan Badia chidab turol­may, darhol otasini turtdi: – Suv beraymi, ota? (Mirmuhsin) 7. Azaldan kasalmand Bashorat xola erining o‘limidan keyin yana ham qiynalib qoldi. (N. Safarov) 9. Sopol ko‘za bir zumda sinib, suvlari yerga singdi, mis ko‘za esa terlagan qo‘ldan chiqib ketdi-yu, toshdan toshga urilib, past­ga yumaladi. (Sh. Rashidov) 10. Kumush Otabek yaqiniga surildi va tirsaklari bilan uning tiz­zasiga yonboshlab, erkalandi. (A. Qodiriy)


Download 54,64 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 54,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi

Download 54,64 Kb.