Saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud




Download 123,38 Kb.
Sana01.01.2020
Hajmi123,38 Kb.
#7808


www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud




ERIX RASRE

BARON MYUNXAUZEN SARGUZASHTLARI.


www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

DUNYODAGI ENG ROSTGO’Y ODAM.

Chuvakkina, qushburun, keksa bir kishi kamin yonida yonboshlab o'tirib, o'z boshidan kechirganlarini hikoya qilar edi. Gapini eshitib o'tirganlar unga qarab kulishib:



  • Voy Myunxauzen-e! Voy baroni tushmagur-e, — deyishardi.

U qanday qilib oyga uchganini, uch oyoqli odamlar orasida qanday yashaganini, qanday qilib uni nahang baliq yutib yuborganini, kallasi tanasidan qanday qilib judo bo’lib qolganini bamaylixotir hikoya qilar edi. Bir kuni bir yo'lovchi uning gaplariga quloq solib, turdi-turdi-da, birdan:

  • Hamrna gaplaring lof! Sen gapirayotgan voqealar hech vaqt bo'lgan emas, — deb qichqirdi.

Myunxauzen qovog'ini soldi-da, gerdayib javob qildi:

  • Men o'zimning eng yaxshi do'stlarim deb atagan graflar, baronlar, knyazlar va sultonlar meni doim dunyoda eng rostgo'y odam der edilar. Hikoyani eshitib turganlar yana qattiqroq xaxolab yubordilar.

  • Myunxauzen rostgo'y odam emish! Xa-xa-xa!

Myunxauzen esa, pinagini ham buzmay, qanday qilib kiyikning boshidan ajoyib daraxt o'sib chiqqanini hikoya qilaverdi.

  • Daraxt?.. Kiyikning boshida-ya?

  • Ha. Olcha daraxti. Daraxtda esa olchalar. Shunday mazali, shirinki... Bu hikoyalarning hammasi shu kitobda bosilgan. Shularni o'qib, dunyoda baron Myunxauzendan ham rostgo'y odam bo'lgan-bo'lmaganligini o'zlaringiz ayting.

TOMDAGI OT

Men Rossiyaga otliq safarga chiqqan edim.

Qish payti, qor yog'moqda edi.

Otim charchab, qoqina boshladi. O'zimni ham rosa uyqu bosdi. Charchaganimdari egardan yiqilib tushishirnga sal qoldi. Ammo tunash uchun behuda joy izlabman: yo'lda bironta ham qishloqni uchratmadim.

Nima qilish kerak edi?

Yalang bir joyda tunashga to'g'ri keldi.

Tevarak-atrofda na bir tup buta bor va na bir tup daraxt. Qor tagidan kichkina bir qoziqchagina dikkayib chiqib turardi.

Sovqotgan otimni bir amallab shu qoziqchaga bog'ladim. o'zim esa o'sha yerdayoq qor ustiga yotib, dong qotib uxlab ketdim.

Uzoq uxlab qolibman. bir mahal uyg'onib qarasam, dalada emas, bir qishloqda yoki, to'g'rirog'i kichkina bir shaharchada yotibman: tevarak-atrofimda uylar. .

O'zi nima gap? Qayerga kelib qoldirn ekan? Bu uylar bir kechada qanday paydo bo'ldi ekan?

Otim qayerda qoldi?




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Nima hodisa bo'lganini anchagacha tushuna olmadim. Birdan qulog'irnga kishnagan tanish ovoz eshitildi.

Mening otim kishnayotgan edi.

Ammo o'zi qayoqda?

Kishnagan ovoz qayerdandir yuqoridan kelardi.

Boshimni ko'tarib qarayman, iyi, bu qanday gap?

Otim butxona qo'ngg’roqxonasining tomida osilib yotibdi! U xuddi butning o'ziga bog’lab qo'yilgan ekan.

Nima voqea bo'lganini darhol payqadim.

Kecha kechqurun bu shaharchani hamma odamlari va uy-puylari bilan qalin qor bosib, faqat butning uchi qordan chiqib qolgan ekan.

Men buning but ekanligini bilmabman. Menga u kichkina bir qoziqcha bo'lib ko'rinibdi-yu, unga otimni bog'lab qo'yibman. Kechasi uxlab yotganimda havo qattiq isib, qor erib ketibdi, men sekin-asta yerga tushib qolibman.

Sho'rlik otim esa shu ko'yicha yuqorida - tomda qolib ketibdi. Qo'ngiroqxona tepasidagi butga bog’lab qo'yilgani uchun yerga tusholmabdi. Nima qilish kerak endi? Men uzoq o'ylab-netib turmay, to'pponchamni oldim-da, yaxshi mo'ljallab turib otdim, o'q xuddi yuganga borib tegdi, chunki o'zim hamisha yaxshi merganlardan hisoblanar edim.

Yugan qoq ikkiga bo'linib keldi.

Ot shuv etib, yonimga tushdi.

Men lip etib otimga inindim-da, oldinga qarab quyunday choptirib ketdim.

CHANA QO’SHILGAN BO’RI.

Ammo men qish kuni otda yurish noqulayligini, chanada sayohat qilish yaxshiroq ekanini tezda payqab qoldim. O'zimga yaxshigina chana sotib oldim-da, momiqday qor ustidan g’izillatib choptirib ketdim.

Kechga borib bir o'rmonga yetdim. Ko'zimni endi uyqu bosa boshlagan edi, birdan otimning jon talvasasida kishnaganini eshitib qoldim. Orqamga o'girilib qarasam, oy yorug'ida juda vahimali bir bo'riga ko'zim tushib qoldi: bo'ri og'zini katta ochib, chanamning orqasidan quvib kelyapti.

Qutulishning hech iloji yo'q edi. Men darhol chananing ichiga yotib olib, qo'rqqanimdan ko'zlarimni chirt yumdim.

Otim jon halpida chopardi. Bo'rining tishlarini g'ijirlatgani xuddi qulog'imning ostida eshitilardi.

Ammo, toleyimga, bo'ri menga hech parvo qilmadi.

U chana ustidan — to'ppa-to'g’ri boshim tepasidan sapchib o'tdi-yu, sho'rlik otimga hamla qilib qoldi.

Bir zumdayoq och bo'ri otimning orqa qismini yamlab yutib yubordi.

Oldingi qismi esa, hang-mang bo'lib, og'rig'iga chidayolmay, hamon olg’a qarab chopardi.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Bo'ri otimni yamlab yutib yubormoqda edi. Men o'zimga kelib, qamchini qo'litnga oldim-da, ochko'z bo'rini savalay ketdim.

Bo'ri uvlab yubordi va oldinga qarab talpindi.

Otning bo'ridan omon qolgan oldingi qismi chanadan chiqib, yerga tushib qoldi, otning o'rniga, shotiga va ot jabdug'iga bo'ri kirib qo'shilganicha qoldi!

Bo'ri chanadan chiqib keta olmadi: chanaga otdek qo'shilib qolgan edi.

Men uni bor kuchim bilan savalayverdim.

U chanani tortganicha o'qday uchib, oldinga chopgani-chopgan edi.

Biz shunday tezlik bilan ketdikki, ikki-uch soat deganda Peterburgga kirib keldik.

Hayratda qolgan peterburgliklar chanasiga ot o'rniga yirtqich bo'rini qo'shib olgan bahodirni tomosha qilgani ko'chalarga to'p-to'p bo'lib chopishib chiqdilar.

KO’ZLARIDAN UCHQUN

Peterburgda yaxshi davr surib yashadim.

Men tez-tez ovga chiqib turardim, mana endi deyarli har kuni ajoyib va g'aroyib hodisalar uchrab turadigan o'sha quvnoq kunlarimni xotirlasam, rohat qilaman.

Bir voqea juda qiziq bo'lgan edi.

Gap shundaki, yotoqxonaning derazasidan kattakon bir hovuz ko'rinib turar, unda juda ko'p turli-tuman yovvoyi parrandalar bo'lardi.

Bir kuni ertalab men deraza oldiga borib, hovuzda yovvoyi c'rdaklar yurganini ko'rib qoldim.

Hash-pash deguncha miltig'imni oldim-da, xovliqqancha uydan chopib chiqdim.

Shoshib zinapoyadan tushaman deb, boshimni eshikka shunday qattiq urib oldirnki, ko'zlarirndan o't chiqib ketdi. Bu ham yo'limni to'sib qololmadi.

Chopib ketaverdim. Nihoyat, hovuz bo'yiga ham yetib bordirn. Eng semiz o'rdakni mo’jallab turib, otmoqchi bo'luvdim, baxtimga, miltig'imda chaqmoq tosh qolmabdi.

Chaqmoq toshsiz esa otib bo'lmas edi. Chaqmoq tosh olib kelish uchun uyga yugursammikan?

Lekin o'rdaklar uchib ketishi mumkin-ku.

Xafa bo'lib, miltig'imni pastga tushirdim-da, o'zimni-o'zim koyiy boshladim, shu on birdan miyamga ajoyib bir fikr keldi.

Bor kuchim bilan o'ng ko'zimga bir musht tushirgan edim, ko'zimdan uchqunlar chaqnab chiqib, shu ondayoq porox lovillab o't olib ketdi.

Ha-ha! Porox o't oldi-yu, miltiq otilib ketdi, men esam bir o'q bilan o'nta semiz o'rdakni otib tushirdim.

Basharti sizlar ham o't yoqmoqchi bo'lsanglar, o'ng ko'zinglardan xuddi shunday uchqun chiqaringlar.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

AJOYIB OV

Men bundan ham qiziq va ajoyib hodisalarga duch kelganman.

Bir safar kun bo'yi ovda yurdim-da, kechga borib qalin o'rrnonning o'rtasidagi katta bir ko'l bo'yidan chiqib qoldim; bu ko'lda g'ij-g'ij o'rdaklar yashar edi. Butun hayotim davomida ham bunday ko'p o'rdak ko'rma-ganman.

Baxtga qarshi birorta ham o'qim qolmagan edi. Men bo'lsam ayni shu kuni kechqurun bir qancha do'stlarimni mehmon qilayotgan edim va ularni yovvoyi parranda go'shti bilan siylamoqchi bo'ldim. Men, aslida, mehmondo'st va saxiy odamman. Men uyushtirgan tushlik va kechki ovqat ziyofatlari dong’i butun Peterburgga ketgan edi. Endi uyga o'rdaksiz qanday qaytaman?

Ancha vaqtgacha bir qarorga kelolrnay turdim-da, birdan ov sumkamda ozroq yog’li go'sht borligi yodimga tushib qoldi.

Yashavor! Bu moydan ajoyib qarmoq bo'ladi. Uni sumkadan olib, suvga otdim.

O'rdaklar xo'rakni ko'rib, shu zahotiyoq moyning oldiga suzib kelishdi. Ulardan biri uni ochko'zlik bilan yutib yubordi.

Yog’ sirg'aluvchan bo'lgani uchun birdan o'rdakning ichidan o'tib, uning orqasidan chiqib ketdi. Shunday yo'l bilan o'rdak mening ipimga tushib qoldi. Keyin ikkinchi o'rdak ham yog'ga qarab kela boshladi va u ham xuddi shunday holga tushdi. O'rdak ketidan o'rdak yog'ni yutib, chilvirim ustiga ipdagi marjondek tizilib qolishdi. 10 daqiqa ham o'tmasdan o'rdaklar unda qatorlashib joylashishdi.

Bunchalik ko'p o'ljani ko'rganimda naqadar sevinganimni aytsangiz! Endi qo'lga tushgan o'rdaklarni suvdan tortib olib, oshxonaga, oshpazimga eltib berishimgina qolgan edi.

Do'stlarim uchun ketvorgan ziyofat bo'ladi-da!

Ammo bu qadar ko'p o'rdakni ko'tarib ketish hazilakam ish emas edi. Men bir necha qadam yurdim-u, juda holdan ketdim. Mening naqadar hayratda qolganimni bilsangiz edi! Birdan o'rdaklar osmonu falakka parvoz qilib, meni ham bulutlar orasiga olib chiqib ketdilar.

Mening o'rnimda boshqa odam bo'lganda, hang-mang bo'lib qolar edi, ammo men botir va uddaburon odamman.

Syurtugimning etagini rul qildim-da, o'rdaklarni yo'lga solib, to'ppa-to'g'ri uyga ravona bo'ldim.

Ammo pastga qanday tushding deng?

Juda-juda oson! Uddaburonligim shu yerda ham asqotdi. Bir necha o'rdakning bo'ynini uzib tashlagan edim, biz sekin-asta yerga tusha boshladik.

Men to'g'ri o'z oshxonamning mo'risiga kelib tushibman! O'choq boshida, oshpazning ro'parasida paydo bo'lganimda uning naqadar hayratda qolganini bir tomosha qilsangiz edi!

Baxtimga, oshpazim o'choqqa hali o't yoqqanicha yo'q ekan.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

SUMALAKDAGI KAKLIKLAR

Oh, uddaburonlik — ajoyib narsa-da! Bir mahal men bir o'q bilan yettita kaklikni urib tushirgan edim. Shundan keyin, hatto, dushmanlarim ham, butun dunyoda mening yagona mergan ekanligimga, Myunxauzenday mergan hech qachon bo'lmaganligiga tan bermay ilojlari yo'q edi!

Voqea bunday bo'lgan edi.

Men bor o'qimni sarflab, ovdan qaytib kelayotgan edim. Birdan oyog'im ostidan yettita kaklik chiqib qoldi deng. Albatta, bunday ajoyib o'ljani qo'ldan chiqarishga yo'l qo'ya olmas edim.

Darrov miltig'imni o'qladim — nima bilan deng? — sumba bilan! Ha, rasmana sumba bilan, ya'ni, miltiqning quvurini tozalaydigan temir sumba bilan!

Keyin men kakliklarga qarab yugurdim, ularni cho'chitib yubordim va birma- bir otib tashladim. Kakliklar birin-ketin ko'tarilishgan edi, yettoviga ham birdaniga sumbani suqib oldim. Yettita kaklik ham oyog'im ostiga kelib tushdi. Men ularni olib ko'rib, hayratda qoldim - ular qovurilgan! Xuddi shunday, ular qovurilgan edilar.

Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi, axir mening sumbam otilaverib, qattiq qizib ketgan edi va kakliklarim ham unga tushib qovurilib qolishgan.

Men o't ustida o'tirib olib, o'sha zahotiyoq yaxshi ishtaha bilan tushlik qildim.

IGNA USTIDA TULKI

Ha, hayotda eng muhimi - uddaburonlik va dunyoda baron Myunxauzendan ham ko'ra uddaburonroq odam bo'lmasa kerak.

Bir kuni qalin rus o'rmonida menga qoraburun tulki duch kelib qoldi.

Tulkining terisi shu qadar yaxshi ediki, men uni o'q yoki pitra bilan buzgim kelmadi.

Men bo'shashmadim va qurol ichidan o'qni sug'urib olib, uni uzun tufli ignasi bilan o'qlab, o'sha tulkini otib tashladim. U daraxt yonida turgani uchun igna uning dumini daraxtning tanasiga mahkam yopishtirib qo'ydi.

Men shoshmasdan tulkining yoniga borib, uni qamchi bilan savalay ketdim. U og'riqdan shunday tipirchilab qoldiki, ishonsangiz, terisidan chiqib, oldimdan yalong'och qochib ketdi. Terisi esa butunligicha - o'q ham, pitra ham tegmagan holda o'zimizda qoldi.

KO’R CHO’CHQA

Ha, men juda ko'p ajoyib hodisalarga guvoh bo'lganman. Men bir kuni qalin o'rmonda chakalakzor orasidan ketayotganimda, qarasam, yovvoyi cho'chqacha yugurib borayapti; u juda ham kichkina edi. Cho'chqa bolasi ortidan katta cho'chqa ham ketib borayapti.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Men o'q otdim, lekin, afsus, xato ketdi.

O'qim xuddi cho'chqa bola bilan katta cho'chqa orasidan o'tib ketdi.

Cho'chqa bola chinqirganicha o'rmonning ichiga kirib ketib, ko'zdan g'oyib bo'ldu. Katta cho'chqa esa, qoqqan qoziqday turgan joyida qimir etmay qoldi.

Men: nega u mendan qochmayapti, deb hayron bo'ldim. Ammo oldiga yaqinroq borib, voqeani tushundim. Cho'chqa ko'r ekan, shuning uchun yo'lni topolmay turgan ekan. U bolasining dumidan tishlab olibgina yura olar ekan.

Men otgan o'q bolasining dumini uzib yuboribdi, shunga bolasi qochib ketib, katta cho'chqa yolg’iz qayoqqa borishini bilmay qolibdi. Og’zida bir tutam dumni tishlaganicha nima qilarini bilmay turibdi. Shunda mening miyamga ajoyib bir fikr keldi. Shu dumdan ushlaganimcha cho'chqani to'g'ri oshxonamga boshlab keldim. Sho'rlik ko'r cho'chqa, o'zini ilgarigiday yana bolasini yetaklab ketayotgan gumon qilib, ketimdan indamay ergashib kelaverdi!

Ha, shundoq, takror aytamanki, uddaburonlik - juda ajoyib narsa!

MEN YOVOYI CHO’CHQANI QANDAY QO’LGA TUSHIRDIM

Boshqa bir safar o'rmonda menga yowoyi cho'chqa duch kelib qoldi.

Uni eplash anchagina qiyin bo'ldi. Hatto, yonimda miltig'im ham yo'q edi.

Men ura qochdim, lekin cho'chqa xuddi quturganday orqamdan g’izillatib quvib qoldi, agarda o'zimni duch kelgan eman daraxti panasiga olmaganimda, o'tkir tishlari bilan meni tilkapora qilib tashlashi turgan gap edi.

Yovvoyi cho'chqa g'izillaganicha kelib, o'zini eman daraxtiga urdi-da, tishlari daraxtning tanasiga qattiq sanchilib qoldi, tishlarini daraxtdan sug'urib ololmadi.

— Ha, ha, qo'lga tushding-ku! — dedim men, eman daraxti orqasidan chiqayotib. — Shoshmay tur hali! Endi mendan qochib qutulolmaysan!

Men qo'limga tosh olib, cho'chqaning o'tkir tishlarini tortib ololmaydigan qilib, daraxtga yanada chuqurroq qoqa boshladim, so'ngra cho'chqani pishiq arqon bilan bog'ladim-da, aravaga o'ngarib, dabdaba bilan uyga olib keldim, Boshqa ovchilar bu ishimga hayron-hayron qolishdi! Shunday qo'rqinchli hayvonni bitta ham o'q sarf qilmasdan tiriklay tutib olish mumkinligini ular xayollariga ham keltira olmasdilar.

G’AROYIB KIYIK

Menga nuqul g’alati-g'alati hodisalar uchragani-uchragan edi. Bir kuni yo'lda sotib olgan shirin olchalar bilan o'zimni siylab, o'rmonda ketayotgan edim.

Birdan qarasam, ro’paramda katta, chiroyli, shoxdor bir kiyik turibdi! Menda esa, o'chakishganday, bitta ham o'q qolmabdi.

Kiyik qaqqayib, miltig'im o'qsiz ekanini bilganday bemalol menga qarab turibdi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Baxtimga, menda yana bir necha dona olcha qolgan edi, niiltig'imni o'q o'rniga olcha danagi bilan o'qladim. Ha, ha, shunday, zinhor kula ko'rmang, oddiy olcha danagi bilan o'qladim.

O'q ovozi chiqdi-yu, lekin kiyik boshini to'lg’adi-qo'ydi. Danak uning qoq peshonasiga tegdi-yu, lekin hech qanday ziyon yetkazmadi. Hash-pash degnncha kiyik qalin o'rmon ichiga kirib ketdi.

Men shunday ajoyib hayvonni qo'ldan chiqarganirnga juda-juda achindim.

Oradan bir yil o'tgandan keyin, men yana o'sha o'rmonga ovga bordim. Albatta, bu vaqtda olcha danagi voqeasini butunlay unutgan edim.

Ikki shoxi orasidan baland, serbutoq olcha daraxti o'sib chiqqan ajoyib bir kiyik qalin o'rmon ichidan sakrab chiqqanida mening naqadar hayron qolganimni aytsangiz! Xoh ishoning, xoh ishonmang, u judayam chiroyli, kelishgan kiyik edi; boshida esa — chiroyli bir daraxt! Men darrov payqadim, bu daraxt bultur men o'q qilib otgan o'sha kichkina danakchadan o'sib chiqqan ekan. Bu safar menda o'q serob edi. Mo'ljallab turib otdim, kiyik gup etib yiqildi. Shunday qilib, men bir o'q bilan ham qozon kabob, ham olcha kompotiga ega bo'ldim, chunki daraxtda yetilib pishgan yirik-yirik olchalar to'lib yotar edi.

Iqrormanki, butun umrimda bunday shirin olchani tatib ko' rgan emasman.



AVRA-ASTARI AG”DARILGAN BO’RI

Nima uchundir, doirno miltig'im yo'qligida va hech narsaga qudratim yetmagan mahallarda eng yirtqich va xavfli hayvonlarni uchratganimga hayronman.

Bir kuni o'rmondan ketayotsam, ro'paramdan kattakon bir bo'ri chiqib qolsa bo'ladimi! Og'zini katta ochganicha irillab, to'g'ri menga qarab kelaverdi.

Nima qilish kerak? Qochsammikin? Ammo bo'ri menga chovut solib yerga ag'darib, hoziroq kekirdagimni uzib tashlashi turgan gap edi. Mening o'rnimda bo'lak odam bolganida, esxonasi chiqib ketgan bo'lardi, amrnc sizlar baron Myunxauzenni yaxshi bilasizlar-ku! Men dovyurak, uddaburon botir odamman. Bir lahza ham fursatni qo'ldan bermay, mushtumimn bo'lining og'ziga tiqdim-da, qo'limni g'ajib olmasin deb borgan sar chuqurroq suqaverdim. Bo'ri menga ko'zlarini olaytirib qarardi. G'azabdar ko'zlari chaqnardi. Ammo men, basharti qo'limni og'zidan sug'urib olsam bo'ri meni qiyrna-qiyma qilib tashlashini bilib, tap tortmay, qo'limni bo'g'zig? borgan sari chuqurroq suqaverdim. Birdan miyamga ajoyib bir fikr kelit qoldi, bo'rining ichidagi butun lash-lushlarini qattiq g'ijimladim-da, zaptim bilan bir tortib, avra-astarini ag'darib tashldim!

Ma'lumki, shundan keyin bo'ri behush bo'lib, oyog'im ostiga gupillaL yiqildi.

Keyin uning terisidan o'zimga issiqqina po'stincha tikib oldim. Gapimga ishonmasalaring, po'stinimni sizlarga jon-jon deb ko'rsataman.



QUTURGAN PO’STIN


www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Ammo-lekin mening hayotimda bo'riga duch kelishdan ham xatarliroq hodisalar bolgan.

Bir mahal meni bir quturgan it quvlab qoldi deng.

Men undan jon halpida qochdim.

Ammo ustimdagi zilday po'stinim qochishga xalaqit berib qoldi.

Men qochib ketayotib, uni yechib tashladim-da, chopib uyga kirib, eshikni mahkam berkitib oldim. Po'stin esa ko'chada qolib ketaverdi.

Quturgan it po'stinirnga yopishib, uni talay ketdi. Xizmatkorim uydan yugurib chiqib, turadigan shkafga osib qo'ydi.

Ertasiga erta bilan u yotoqxonamga chopib kirib, rangi-quti o'chgan holda:

- Turing-chi, turing! Po'stiningiz quturibdi! — deb qichqirdi.

Men lip etib o'rnimdan turib, shkafni ochdim-u, nimani ko'rdim deng? Butun ust-boshlarim parcha-parcha bo'lib yotibdi!

Xizmatkorim to'g'ri aytgan ekan: sho'rlik po'stinim quturibdi, chunki kecha kechqurun uni quturgan it talagan edi-da.

Po'stinim g’azab bilan yangi mundirimga hamla qildi-da, uni qiyma-qiyma qilib tashladi.

To'pponchamni olib o'q uzdim.

Quturgan po'stin bir damda jim bo'ldi-qoldi. Shunda odamlarimga: uni bog4 lab, alohida shkafga osib qo'yinglar, deb buyurdim.

Shundan beri po'stinim endi hech kimni tishlamaydi, men ham uni hech qo'rqmasdan, bemalol kiyaveradigan bo'lib qoldim.

SAKKIZ OYOQLI QUYON

Ha, shundoq, Rossiyada men juda ko'p g'alati hodisalarni uchratganman.

Bir kuni men g'alati bir quyonning izidan quvib qoldim. Quyon bo'lsa o'lguday chopqir edi. Irg’ishlab chopgani chopgan, qani endi o'tirib bir oz dam-pam olsa!

Otdan tushmasdan ikki kungacha ketidan quvdim, lekin hech yetolmadim.

Vafodor itim Dianka undan bir qadam ham keyinda qolmay quvib bordi, ammo men o'q yetadigan masofaga hech yetib borolmadim.

Uchinchi kun deganda, harqalay, la'nati quyonni otib qulatishga muvaffaq boldim.

Quyon o't ustiga yiqilishi bilanoq, men otimdan irg'ib tushib, uni borib ko'rdim.

Bu quyonning o'z oyoqlaridan bo'lak yana oshiqcha oyoqlari ham borligini ko'rganimda, qanday hayron qolganimni bir tasavvur qilsangiz edi. Uning qornida to'rt, sirtida to'rt oyog’ bor edi!

Ha, shundoq, uning orqasida baquvvat chopqir oyoqlari bor edi! Pastki oyoqlari charchasa qornini osmonga qilib o'girilib, o'sha ehtiyot oyoqlari bilan chopaverar ekan.

Mening kuyib-pishib, uch kun orqasidan quvlaganim bejiz emas ekan!






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

AJOYIB NIMCHA

Afsuski, vafodor itim sakkiz oyoqli quyonni rosa uch kun quvaman deb shunday charchabdiki, yerga yiqildi-yu, bir soatdan keyinoq o'ldi-qoldi.

Xafa bo'lganimdan yig’lamoqdan beri bo'ldim. O'lgan itimdan yodgorlik bo'lsin deb terisidan o'zimga ov nimchasi tikishga amr qildim.

Ana shundan beri menga na rniltiq kerak, na it.

Har safar o'rmonga borganitnda nimchamni bo'ri yoki quyon yashiringan tomonga tortgani-tortgan.

Men ilvasinlarni otar darajada yaqinlashganirnda nimchadagi tugmalar o'z- o'zidan uzilib, o'sha hayvon tomonga o'qday uchib boradi! Ajoyib tugma borib tekkan hayvon qimir etmay yiqiladi-qoladi!

Ana shu nimcham hali-hali ustimda. Gapimga ishonmayotganga o'xshaysizlar- a, kulyapsizlar? Ammo bu yoqqa qarasangiz, mening rost gapirayotganirnga ishonasiz-qolasiz: nimchamda atigi ikkita tugma qolganini o'z ko'zingiz bilan ko'rmayapsizmi, axir. Men yana ovga chiqsam, nimchamga kam deganda uch dyujina tugma qadab olaman.

O'shanda menga bo'lak ovchilarning havaslari kelishini ko'ring!

OT STOL USTIDA

Men sizlarga otim xaqida hech narsa gapirib berganim yo'q, shekilli-a?

Holbuki, men bu otim bilan ham ko'pgina g'alati hodisalarga duch kelganman.

Voqea Litvada bolgan edi. Men otga juda ishqiboz bir oshnamnikida mehmonda edim.

Bu odam o'zi juda maqtab yurgan eng yaxshi bir otini mexmonlariga ko'rsatib turganida, ot yuganini uzib ketib, to'rtta otboqarni uloqtirib tashladi-da, og'zidan ko'pik sachratib, hovlida u yoqdan-bu yoqqa chopa boshladi.

Hamma qo'rqqanidan har tomonga tirqirab ketdi. Quturgan otga yaqin kelishga jur'at qila oladigan bironta ham dovyurak odam topilmadi deng.

Faqat mengina dovdirab qolmadim, chunki, ajoyib mard odam bo'lganimdan, bolalik chog'imdanoq, eng yovvoyi otlarni ham jilovlab o'rganib qolgan edim.

Sapchib otga minib oldim-da, bir zumda hovurini bosib qo'ydim. Ot bilaklarimning kuchli ekanini darrov payqab, xuddi yosh boladay menga bo'ysundi- qoldi. Keyin men butun hovlini dabdaba bilan aylanib chiqdim, shunda birdan dasturxon oldida o'tirgan xonimlarga o'z hunarimni ko'rsatib qo'ygim keldi.

Qanday ko'rsatishim kerak edi?

Juda jo'n! Men otni deraza tomonga burib, xuddi quyunday mehmonxonaga uchib kirdim.

Boshda xonimlar juda qo'rqib ketishdi. Ammo men otni stol ustiga qarab sakratdim, ryumka va idishlar orasidan shunday gijinglatib yurdimki, na bitta ryumka, na biror tarelka sindi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Bu narsa xonimlarga juda yoqdi; ular qah-qahlab kulishib, chapak chala boshladilar. Oshnam esa, mening bunaqangi ajoyib chaqqonligimga qoyil qolib, bu ko'rkam otni hadya o'rnida qabul qilishimni mendan iltimos qildi.

Men uning qilgan hadyasidan nihoyatda xursand bo'ldim, chunki urushga bormoqchi bo'lib, ko'pdan beri shunday uchqur ot qidirib yurgan edim.

Bir soatdan keyin men yangi otga minib, o'sha vaqtda qattiq urush borayotgan

Turkiyaga qarab o'qday uchib ketdim.

YARIM OT

Janglarda men, albatta, mardonavor harakatlarirn bilan boshqalardan ajralib turar va yovga qarshi hammadan oldin ot soldirib borar edim.

Bir kuni turklarga qarshi olib borilgan qattiq jangdan keyin biz dushmanning qai'asini qo'lga oldik. Qal'aga birinchi bo'lib men ot soldirib kirdim-da, undagi hamma turklarni quvib chiqarib, chanqab qolgan otimni sug'ormoq uchun quduq oldiga choptirib bordirn. Otim shuncha suv ichsa ham, chanqog’ini hech bostirolmadi. Oradan bir necha soat o'tib ketgan bo'lsa hamki, quduqdan boshini ko'tarmas edi. Nirna gap o'zi? Men hayron bo'lib qoldirn. Ammo birdan orqamdan g'alati bir shovillagan ovoz eshitildi.

Qarasam, otimning orqa qismi cho'rt kesilib ketibdi, shuning uchun ot ichayotgan suv qornida turib qolmasdan, bemalol orqasidan oqib ketaveribdi!

Shundan orqamda kattakon ko'l hosil bo'lib qolibdi. Men shoshib qoldim.


  • Ajabo, nima voqea bu? — dedim.

Shu payt soldatlarimdan biri oldimga ot choptirib kelib qoldi-yu, darhol jumboq yechildi.

Men dushmanni tiraqaylatib quvib, qal'aga bostirib kirgan zahotim turklar darvozani birdan sharaqlatib yopib olib, otimni qoq ikkiga bo'lib tashlashibdi! Otning orqa qismi birpasgacha darvozadan sal nariroqda turklarni tepib-quvib yurgandan so'ng, yon tomondagi o'tloqqa qarab chopib ketibdi.



  • U hozir ham o'sha yerda o'tlab yuribdi! — dedi soldatim.

  • O'tlab yuribdi! Yo'g'-e!

  • Ishonmasangiz borib ko'ring.

Men otning oldingi qismini minganimcha g’izillab o'tloqqa qarab chopdim. Otning orqa qismini rostdan ham o'sha yerdan topdim. Maysazorda bemalol o'tlab yurgan ekan.

Men darhol harbiy doktorga odam yubortirdim; doktor ko'p o'ylab o'tirmay, otimning ikkala qisrnini dafna daraxtining ingichka novdasi bilan bir-biriga tikib qo'ydi. Chunki yonida ipi yo'q ekan.

Otning har ikkala qismi tuzalib, bitib ketdi; dafna daraxtining novdalari esa, otimning tanasida ildiz otib, bir oydan so'ng egarim ustida dafna daraxti novdasidan soyabon hosil bo'lib qoldi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Mana shu shinam soyabon ichida o'tirib men birtalay g'aroyib qahramonliklar ko'rsatdim.

TOP O’QIGA MINIB

Ammo urush vaqtida men faqat otda emas, balki to'p o'qini ham minib yurganrnan. Bu voqea shunday bo'lgan edi.

Biz turklarning allaqanday bir shaharini qamal qilib olganimizda komandirimizga bu shaharda qancha to'p borligini bilish zarur bo'lib qoldi.

Ammo butun armiyamizda dushman tomonga bildirmasdan pisib o'tishga ko'nadigan birorta ham mard topilmadi. Hammadan mardi o'zim ekanman.

Men turk shahrini o'qqa tutayotgan kattakon bir to'pning oldiga borib turdirn, uning og’zidan o'q otilib chiqishi bilanoq, sapchib unga minib oldim-da, oldinga qarab uchib ketdim. Hammalari baravariga:

— Barakalla, baron Myunxauzen! — deb qichqirishdi.

Boshda maza qilib uchib boraverdim, biroq dushmanning shahri uzoqdan ko'rinishi bilanoq meni vahima bosa boshladi.

«Shoshma! — dedim o'z-o'zimga. — Uchib borishga-ku borasan-a, lekin u yoqdan qanday qilib chiqib kelasan? Dushman seni ayab o'tirmaydi, josus deb ushlab olib, yaqin oradagi dorga osadi-qo'yadi. Yo'q, azizim Myunxauzen, esing borida orqangga qaytib qo'ya qol!»

Xuddi shu on turklarning biz tomonga otgan o'qi yonginamdan o'tib qolmasmi deng. Uzoq o'ylab-netib o'tirmay unga minib oldim-da, hech narsa bo'lmagandek, g'izillaganimcha izimga qaytdim. Albatta, uchib ketayotib, men turklarning hamma to'plarini yaxshigina sanab, bilib oldim va dushmanning to'plari to'g’risida komandirga juda ham aniq ma'lumotlar keltirdim.

SOCHDAN TORTIB

Umuman, shu urush davrida boshimdan juda ko'p g'alati hodisalarni kechirdim.

Bir kuni turklardan qochib qutulmoq uchun, botqoqlikdan otda sakrab o'tmoqchi bo'ldim. Ammo ot qirg’oqqa yeta olmadi. Chopib kelib sakraymiz deb, balchiqqa shaloplab tushib ketdik.

Shaloplab tushdigu, botib ketaverdik. Qutulib chiqishning iloji yo'q edi.

Botqoqlik bizni borgan sari yutib yubormoqda edi. Mana endi otim butun gavdasi bilan qo'lansa balchiqqa botib ketdi. Mana endi mening kallam ham balchiqqa bota boshladi, balchiqdan faqat dikkayib soehimgina chiqib qoldi.

Nima qilish kerak edi? Agar nihoyatda kuchli qo'llarim jonimga ora kirmaganda, halok bo'lishimiz turgan gap edi. Men o'lguday polvon odamman. Chiqib qolgan sochlarimni changallab, bor kuchim bilan yuqoriga qarab tortdim-da, hech qanday mashaqqatsiz o'zimni ham, otimni ham botqoqlikdan qutqarib, olib chiqib ketdim: otimni esa oyoqlarim bilan qattiq qisib olgan edim.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Ha, shundoq, men o'zimni ham, otimni ham botqoqdan ko'tarib olib chiqdim; mabodo buni jo'n ish deb o'ylasangiz, o'zinglar ham bir qilib ko'ring.

ASALARICHI BILAN AYIQLAR

Ammo og’ir kulfatlardan meni na kuchim va na dovyurakligim qutqarib qoldi. Bir mahal urush vaqtida turklar meni qurshab oldi, garchi yo'lbarsda olishgan bo'lsam-da, baribir ularga asir tushib qoldim.

Ular mening qo'l-oyog’imni bog’lab, qul qilib sotib yubordilar.

Men uchun qora kunlar boshlandi. To'g'risini aytganda, menga u qadar qiyin bo'lmasa ham, lekin diqqinafas qilib yuboradigan ish berdilar: meni asalari boquvchi cho'pon qilib qo'ydilar. Har kuni ertalab men turk sultonining asalarilarini chamanzorga haydab borishim, kun bo'yi ularni o'sha yerda boqib, kechqurun uyalariga haydab kelishim kerak edi. Boshda hamma ish silliq bordi, ammo bir kuni asalarilarirnni sanab ko'rsam, bittasi yetmaydi.

Men uni qidirib ketdim, ko'rsamki, unga ikkita bahaybat ayiq hujum qilyapti; aftidan, ayiqlar uni qoq ikkiga yorib, shirin asalidan tatib ko'rmoqchi bo'lsalar kerak.

Yonimda hech qanday qurolim yo'q edi — faqat kichkina kumush boltacham bor edi, xolos.

Ayiqlarni qo'rqitmoq va sho'rlik asalarini qutqarib olmoq uchun ana shu boltachamni qulochkashlab, ochko'z yirtqichlarga qarata otdim. Ayiqlar ura qochdi, asalari esa eson-omon qutulib qoldi. Ammo esizki, zabardast qo'limning qudratini nazarda tutmasdan, boltachani zabtim bilan uloqtirgan ekanman, oyga uchib chiqib ketibdi. Ha, ha, oyga. Sizlar boshingizni sarak-sarak qilib kulyapsiz, lekin mening u paytda kuladigan chog'im emas edi.

O'ylanib qoldim.

Nima iloj qilsam ekan? Oyga chiqmoq uchun uzun narvonni qayerdan topsam

ekan.

OYGA BIRINCHI SAYOHAT



Baxtimga, Turkiyada juda tez o'sadigan, ba'zida osmongacha o'sib chiqadigan kattakon bir poliz ekini borligi esirnga tushib qoldi.

Bu Turkiya no'xati edi. Bir dam fursatni qo'ldan boy bermay, yerga ana shunday no'xatdan bir donasini ekib qo'ydim. No'xat o'sha zahotiyoq o'sa boshladi.

U borgan sari o'sib, tez orada oyga borib yetdi!

— Yasha! —deb qichqirdim men va poyasiga tirmashib, yuqoriga chiqa boshladim.

Bir soatdan keyin oyga chiqib bordim.

Oyda kumush boltachamni topish oson bo'lmadi. Oy ham kumushdan, bolta ham kumushdan bo'lganidan kumush ustida kumush ko'rinmas edi. Ammo pirovardida, harqalay, boltamni chirigan poxol g'arami orasidan topib oldim.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Xursand bo'lib, boltamni belimga qistirib oldim-da, yerga tushib ketmoqchi bo'ldim.

Ammo ishning pachavasi chiqibdi: no'xatning poyasi oftobda qurib qolib, maydalanib, sochilib ketibdi!

Buni ko'rgach, xafa bo'lganimdan sal bo'lmasa yig'lab yuboray dedim. Nima qilish kerak? Qanday chora topish kerak edi? Nahotki, Yerga hech qaytib tusha olmasam? Nahotki, umr bo'yi ana shu ko'ngilsiz oyda qolib ketsam? Yo'q, aslo! Hech bir! Yugurib poxolning oldiga bordim-da, undan arqon esha qoldim. Bu hodisa naqadar dahshatli bo'lsa-da, men hech qo'rqmadim. Ko'p o'ylab-netib turmasdan, boltamni qo'limga qattiq ushladim-da, arqonning pastki qismiga mahkam yopishib turib, yuqori qismini kesdim va uni pastki qismiga uladim. Bu narsa Yerga yaqinroq tushib olishimga yordam qildi.

Ammo, Yer hali ancha uzoq edi. Men tinmay arqonning yuqori qismini kesib, pastki qismiga ulayverdim.

Nihoyat, shu qadar pastga tushdimki, shahardagi uy va hovlilar ko'rina boshladi. Yerga yetishimga endi bor-yo'g'i uch yoki to'rt mil qolgan edi.

Birdaniga nima boldi-yu, arqon uzildi-ketdi. Men yerga shunday zarb bilan kelib tushdirnki, kam deganda, yarim milcha keladigan yerni o'yib kirib ketibman.

O'zimga kelgach, bu chuqur o'radan qanday chiqib olishni bilolmay, anchagacha angrayib turdim. Kun bo'yi hech narsa tatimay, hech narsa ichmay o'ylayverdim, o'ylayverdim. Oxiri o'ylagan o'yimga yetdim: tirnoqlarim bilan tirnab, zinapoya kovlab, ana shu orqali yer yuziga chiqib oldim.

Shundoq, Mynnxauzen hech qayerda dard qolmaydi!

OCHLIK BALOSI

Mana shunday mashaqqatlar soyasida qo'lga kirgizilgan tajriba odamni esliroq qilib qo'yadi.

Oyga sayohat qilganimdan keyin, men asalarilarimni ayiqlardan ehtiyot qilmoq uchun o'ng'ayroq yo'l o'ylab topdim.

Qosh qorayganda aravaning shotisiga asal surkab, o'zim pisib, bir chekkada yashirinib turdim. Qorong’i tushishi bilanoq, kattakon bir ayiq asta pisib, aravaning oldiga keldi-da, shotiga surkalgan asalni ochko'zlik bilan yalay boshladi. Ochko'z ayiq shirinlikka shu qadar berilib ketdiki, shoti kekirdagiga, keyin esa qorniga kirib ketganini ham payqamay qoldi. Oxiri orqasidan teshib chiqdi.

Men ham xuddi shuni poylab turgan edim.

Darrov aravaning oldiga chopib bordim-da, ayiqning orqa tomonidan shotiga yo'g’on va uzun mix qoqib qo'ydim! Ayiq shotiga sanchilib qoldi. Endi u hech qayoqqa burila olmaydi. Men ayiqni ertalabgacha shu holda qoldirdim.

Bu ishimni ertalab turk sultoni eshitib, ajoyib nayrang bilan qo'lga tushirilgan ayiqni tomosha qilgani keldi. Sulton ayiqqa uzoq qarab turdi-da, kula-kula ichagi uzilayozdi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

OTLAR QO’LTIQDA,SOYABON ARAVA YELKADA

Tez orada turklar meni ozod qilib yubordilar a boshqa asirlar bilan birga Peterburgga jo'natdilar.

Ammo men Rossiyadan jo'namoqchi bo'lib, soyabon aravaga tushdim-da, o'z yurtirnga qarab yo'l oldirn. O'slia yili qisli nihoyatda sovuq kelgan edi. Hattoki quyosh ham shamollab, yuzlarini sovuq oldirgan, tumov ham bo'lib qolgan edi.

Quyosh shamollab qolsa bormi, undan issiq o'rniga sovuq keladi.

Soyabon aravada sovuqqa qotganlarirnni tasavvur eta olasizmi?!

Yo'l tor, ikki yog’i ketganicha devoredi. Ro'paradan kelayotgan aravalar eshitib, bizning o'tib ketishimizni kutib tursinlar deb, kucherimga burg'u chalishni buyurdim.

Chunki bunday tor ko'chada biz bir-birimizga yo'l berib o'tib ketolmas edik.

Kucherim buyrug’imni bajo keltirib, burg'u chala boshladi. Ammo ming chalmasin burg’udan hech bir tovush chiqmadi. Shu orada ro'paramizdan kattakon bir soyabon arava kelaverdi.

Bo'lak chora yo'q edi; aravadan irg'ib tushdim-da, otlarni chiqardim. Keyin aravani yelkamga ko'tarib oldim — arava esa o'lguday og’ir edi! Bir sakrab, devordan naryoqqa o'tib ketdim. Tag’in bir sakrab, aravani yana yo'lga — ro'paramizdan kelgan haligi aravaning orqasiga olib o'tdim.

Bu narsa, hatto, men uchun ham hazilakam gap emas edi. Lekin mening qanday polvonligimni sizlar yaxshi bilasiz.

Nafasimni bir oz rostlab olib, otlarimning oldiga boraman, ularni ham qo'ltiqlayman-da, ana shu xilda ikki marta sakrash bilan arava oldiga olib o'taman.

Bunday sakrashlar vaqtida otimdan bittasi hadeb tipirchilayverdi.

Otning qilig'i gfasfiimga tekkanidan, keyingi oyoqlarini kamzulimning cho'ntagiga solib qo'ydim, shundan keyin ot noiloj yuvosh bo'lib qoldi.

Keyin otlarni yana soyabon aravaga qo'shdim-da, yaqin o'rtadagi mehmonxonaga xotirjam yetib bordim.

Ana shunday qattiq sovuqdan keyin isinish va bunchalik og'ir ishdan keyin dam olish maza edi.

ERIGAN TOVUSHLAK

Kucherim burg'uni pechkaga yaqinroq joyga osib qo'ydi, o'zi esa yonimga kelib o'tirdi, biz u yoq-bu yoqdan suhbatlashib o'tirdik.

Shunda birdan burg’i:

«Tu-tu-tu! Vat!» deb chalib yubordi deng.

Biz juda hayron qoldik, ammo men shu ondayoq, nima uchun sovuqda bu burg’u sira ham sado chiqarmay, issiqda o'zidan-o'zi chalib yuborganini fahmlab qoldim.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Sovuqda tovushlar burg'u ichida muzlabqolgan ekan, endi bo'lsa pechka yonida isitgach, erib, burg'udan o'zlari uchib chiqmoqda ekanlar. Kucherim ikkovimiz uyquga yotguncha bu yoqimli musiqa ovozidan rohanlandik.

DOVUL

Ammo, azizlar meni faqat o'rmonu dala-dashtlardagina sayohat qilibdi-da, deb o'ylay ko'rmanglar. Yo'q, men dengiz va okeanlarda ham ko'p yurganman, u yerlarda ham hech kimning boshiga tushrnagan sarguzashtlar mening boshimdan kechgan.

Bir vaqt biz kattakon kernada Hindistonga ketayotgan edik. Havo juda yaxshi edi. Biroq, biz allaqanday bir orolda langar tashlab turganimizda, qattiq dovul ko'tarilib qoldi. Dovul shu qadar dahshatli ediki, oroldagi bir necha ming (ha, bir necha ming!) tup daraxtni tag-pagi bilan qo'porib, osmonga uchirib chiqib ketdi.

Yuz pudlab keladigan katta-katta daraxtlar yerdan shunday balandlikka uchib chiqib ketdiki, pastdan xuddi parga o'xshab ko'rindi.

Biroq, dovul bosilishi bilan bar qaysi daraxt yana o'z joyiga qaytib tushib, darrov tomir ota boshladi, shunday qilib, orolda dovuldan hech bir asar qolmadi.

Ajoyib daraxtlar-a, shunday emasmi?

Ammo daraxtlardan biri shu ketganicha qaytib yana joyiga kelmabdi.

Butun gap shundaki, bu daraxt havoga parvoz qilganida, uningshoxlarida xotini bilan bechora bir dehqon bor ekan. Nega ular daraxtning ustiga chiqibdilar deng?

Anchayin gap: bodring uzmoq uchun, chunki u joylarda bodring daraxtda o'sar ekan. Orolda yashovchi kishilar dunyoda hamma narsadan ko'ra bodringni yaxshi ko'rar, boshqa hech narsa yernas ekanlar. Bodring ularning birdan-bir ovqati ekan.

Bechora dehqon dovulda qolib, o'zi xohlamagan holda bulutlar ostida sayohat qilishga majbur bo'libdi.

Dovul tingach, daraxt yerga tusha boshlabdi. Dehqon va xotini xuddi atay qilgandek, juda serniz bo'lishib, daraxtni o'z og'irligi bilan qiyshaytirib yuborishibdi.

Daraxt oldin o'sgan joyida emas, chetroqqa borib tushibdi. Yana o'sha yerlik shohning naq ustiga-ya! Baxtlari bor ekan, u pashshadek ezilib ketibdi.

Nega baxtlari bor ekan, demoqchimisiz? Chunki bu shoh qatiqqo'l, qahrli bo'lib, butun orol xalqiga azob berar edi.

Odamlar juda xursand bo'lishdi, chunki ularga azob beruvchi o'lib, uning tojini menga tortiq qilishdi:

- Marhamat, oliyjanob Myunxauzen, bizning shohimiz bo'ling. Bizga bir yaxshilik qilib, boshqaruvni qo'lga oling. Siz juda dovyurak va aqllisiz, deyishdi.

Ammo men birdan rad javobini berdim. Chunki bodringlar menga yoqmas edi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

TIMSOH VA SHER O’RTASIDA

Dovul tingach, biz langarlarni ko'tarib, ikki haftadan keyin eson-omon seylon orollariga yetib keldik. Seylon gubernatorining katta o'g'li menga o'zi bilan birga ovga borishni taklif qildi.

Men bajonu dil rozi bo'ldim. Biz yaqinroq yerda joylashgan o'rmonchaga qarab yo'l oldik. Havo juda isib ketdi, men bunga o'rganmaganim uchun, tan olaman, juda tez charchab qoldim.

Gubernatorning o'g'li esa, kuchli, yosh bo'lgani uchun issiqda o'zini juda yaxshi his qilar edi. U Seylonda bolaligidan beri yashagan.

Seylon quyoshi uning uchun hech narsa emasdi, u qizib ketgan qum ustida tetik qadam tashlardi. Men undan orqaroqda qolgan edim, o'rmon notanishligi uchun birdek chakalakzorda adashib qoldim. Ketaversam, shitirlagan ovoz qulog'imga chalindi. Qarasam, qarshirnda juda katta sher og'zini ochib, meni tilka-pora qilishga shay bo'lib turibdi. Nima qilishim kerak edi? Qurolim ham mayda o'q bilan to'ldirilgan, unda, hatto, kaklik ham o'ldirib bo'lmasdi. O'q uzdim-uzdim. Ammo sochma o'q vahshiy hayvonning g'ashini keltirdi shekilli, u menga qarab yana battar hamla qila boshladi.

Qo'rqqanimdan o'takam yorilib, qochmoqchi bo'ldim, ammo qochish behuda ekanligini yaxshi hilar edim, chunki, bahaybat yirtqich bir sakrashdayoq yetib olib, meni g'ajib tashlashi turgan gap edi. Hayhot, qayoqqa ham qochardim? Orqamda kattakon timsoh og'zini karrakday ochib, meni o'sha zahotiyoq yamlab yuborgudek bolib turar edi.

Nima qilish kerak? Nachora?

Ro'paramda — sher, orqamda — timsoh, chap tomonim ko'l, o'ng tomonim esa zaharli ilonlar bilan liq to'la botqoqlik.

Jon talvasasida o't ustiga yiqildim-da, ko'zlarimni yumganimcha, ana endi o'ldim, deb yotaverdim. Shu on to'satdan boshim ustidan bir narsa guldur etib o'tib, narigi tornonga tushdi. Ko'zlarimni ochdimu, juda ajoyib tomoshani ko'rib, ko'p zavqlandim: ma'lum bo'lishicha, o'sha hamono menga hamla qilgan sher, yerga

yiqilishim bilan ustimdan uchib o'tib, to'ppa-to'g'ri timsohning og'ziga kirib ketibdi! Bir yirtqichning boshi boshqa bir yirtqichning bo'g’zida edi. Bir-biridan qutulmoq uchun ikkalasi ham joni boricha harakat qilar edi.

Men irg'ib o'rnimdan turdim-da, ovchilik pichog'imni qinidan chiqarib, bir hamla bilan sherning boshini shartta kesib tashladim. Nafasi o'chgan gavda oyog'im ostiga gupillab yumalab tushdi.

Keyin fursatni qo'ldan boy bermay, rniltig'imni oldim-da, qo'ndog'i bilan urib, sherning boshini timsohning og'ziga kirgizib yubordirn. Oxiri timsoh nafasi bo'g'ilib qoldi.

Gubernatorningo'g'li qaytib kelgaeh, meni ikkita bahaybat yirtqichning ishini bir yoqlik qilganim bilan qutladi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

NAHANG BALIQQA DUCH KELIB QOLINGANI

Bilsangiz, shu-shu bo'ldi-yu, Seylon orolida turish ko'nglimga unchalik o'tirmay

qoldi.

Men harbiy kemaga tushib, Amerikaga jo'nadim: u yerda na timsoh va na sher bo'lar edi.



Biz o'n kuncha yo'l yurdik, ammo hech qanday hodisa ro'y bermadi, biroq Amerikaga yaqin qoldik deganda, birdan falokatga uchradik: kemarniz suv ostidagi toshga borib urildi.

Zarb shu qadar qattiq bo'ldiki, machta ustida o'tirgan matrosni dengizdan uch mil nariga uloqtirib tashladi.

Xayriyatki, matros suvga tushayotganida, yonginasidan uchib o'tgan qizil qo'tonning tumshug'iga rnahkam yopishib olibdi; qizil qo'ton to biz borib, uni qutqarib olgunimizcha, uning suvga cho'kmay qalqib turishiga yordami tegibdi.

Biz qoya toshga shu qadar bexosdan urildikki, men oyoqda turib qololmay, yuqoriga qarab otildim, kallam kayutaning shiftiga borib urildi.

Shu zarbdan kallam ichimga botib ketdi. Faqat bir necha oydan keyingina sochimdan torta-torta kallamni sug'urib oldim.

Biz kelib urilgan qoya tosh aslo tosh emas ekan.

U juda ham kattakon nahang baliq bo'lib, suv ichida bazo'r mudrab yotgan

ekan.


Biz unga kelib urilib uyqusidan bezovta qilibmiz: uning shunday jahli chiqibdiki, kemamizning langaridan mahkam tishlab olib, kun bo'yi, erta bilan to kechgacha, bizni butun okeanda sargardon qilib yurdi.

Xayriyatki, axiri langarning zanjiri uzilib ketib, biz undan eson-omon qutulib qoldik.

Amerikadan qaytayotganimizda yana o'sha nahangga duch kelib qoldik. U suv betida o'lib, tanasi yarim milcha joyni enlab yotar edi. Bunday katta narsani kemaga ortib olishni o'ylab o'tirishning hojati ham yo'q edi. Shu sababdan biz faqat boshinigina kesib oldik. Biz uni kema sahniga olib chiqib, og'zidan langarirnizni ham, qirq metr kema zanjirini ham topib olganimizda, terimizga sig'may xursand bo'lgan edik. Qarangki, bu narsalarning hammasi uning qurt yegan bitta tishining kovagiga sig'ibdi-ya.

Biroq, xursandchiligimiz uzoqqa cho'zilmadi. Biz kemamizda kattakon bir teshik paydo bo'lganini ko'rib qoldik. O'shanda kemaning pastki omboriga tizillab suv kirmoqda edi.

Kemarniz gfarq bo'la boshladi.

Hamma gangib qoldi, dod-faryod ko'tarildi, yig'i-sig'i boshlanib ketdi, ammo men nima iloj qilish kerakligini darrov topdim. Hatto, cholvorimni ham yechmay to'ppa-to'g'ri teshikka borib o'tirdim-da, teshikni mahkam berkitib oldim.

Suv kirishi to'xtadi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Kema qutqazildi.

BALIQ QORNIDA

Bir haftadan keyin biz Italiyaga yetib keldik. Oftob yarqirab chiqqan kun edi. Men O'rta dengiz bo'yiga cho'miigan bordim. Suv iliqqina edi. Men usta suzuvchi bo'lganimdan, qirg’oqdan ancha yiroqqa suzib ketdirn.

Birdan qarasam, kattakon bir baliq ogfzini karrakdek ochib, to'g'ri menga qarab suzib kelyapti! Nima iloj qilish kerakP Undau qochib qutulishning iloji yoq edi; shu sababdan baliqning tig’day tishlari orasidan tezda otib, darrov qortiiga kirib olmoq uchun, gfujanak bo'lib oldim-da, karrakdek og’zidan ichkariga kirib ketdim.

Bunday oqilona hiyla har qanaqa odamning hain miyasiga kelavermaydi, amrno men umuman ziyrak va bilasizki, juda-juda uddaburon odamrnan. Baliqning qorni qop-qorong'u bo'lsa ham, ammo, issiq va binoyidek ekan. Men bu zulmat ichida u yoqdan-bu yoqqa yura boshladim va bu ishim baliqqa yoqmasligini darrov fahmlab qoldim. Ana shundan keyin men baliqni rosa qiynamoq uchun, xuddi jinni kishidek jo'rttaga irg’ishlab o'yin tushdim.

Baliq og'riqqa ehidolmay, ingray boshladi va kattakon tumshug'itii suvdan chiqardi.

Ko'p o'tmay, yonginasidan kemada o'tib ketayotgan italyanlar uni ko'rib qolishibdi.

Ayni muddao bo'ldi! Dengizchilar uni changak otib o'ldirdilar, so'ngra kemaning sahniga olib chiqib, bunday bahaybat baliqni qanday qilib maydalamoq uchun maslahatlasha boshladilar.

Men bo'lsam baliqning qornida o'ltirar va iqror bo'lishim kerakki, bu odamlar baliq bilan qo'shib meni ham chopib tashlamasalar edi, deb qo'rqqanimdan dir-dir titrar edim.

Ana shunisi vahimali edi!

Ammo baxtimga ularning boltalari meni chopib tashlamadi. Sal yorug'lik tushishi bilanoq men baland ovozda, toza italyan tilida (darhaqiqat, men italyan tilini juda yaxshi bilaman) baqira boshladim. Meni dim va qorong'u joydan xalos qilgan bu oliyjanob odamlarni ko'rganirndan xursand ekanligimni aytib baqirdim.

Baliq qornidan odam ovozini eshitgan matroslar qo'rqqanlaridan qotib qofishdi. Balitjning og'zidan sakrab chiqdimu ularga chiroyli egilib, ta'zim qildim. Ular undan ham ko'proq hayratga tushdilar.



MENING AJOYIB XIZMATKORLARIM

Meni qutqargan kema Turkiya poytaxtiga qarab yo'l oldi. Men tushib qolgan joydagi italyanlar birdan ajoyib inson ekanligimdan xabar topib, kemada ular bilan






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

birga qolishimni taklif qildilar. Men bunga rozi bo'ldim va bir xaftadan keyin turk oroli sohillariga yetib keldik.

Turk sultoni mening tashrifimdan xabar topgach, albatta, tushlikka taklif qildi. U meni o'z qasri ostonasida kutib olib, dedi:



  • Sizni qadim poytaxtimizda ko'rib turganirndek baxtliman, mening yoqitnli do'stirn Myunxauzen! Urnid qilamizki, salomatdirlar, albatta! Siz ko'rsatgan ajoyib qahrarnonliklarning hammasidan xabardorman, men ham sizga bir mushkul ishni topshirmoq niyatidaman. Bu ishni sizdan bo'lak hech kim eplay olmaydi, chunki siz dunyoda eng dono va uddaburon odamsiz. Siz darhol Misrga bora olurmisiz?

  • Jonim bilan! — deb javob qildim men. — Men sayohat qilmoqni shunday yaxshi ko'ramanki, hozir dunyoning nargi chekkasiga desangiz ham borishga tayyorman!

Mening javobim sultonga juda ma'qul tushdi va u menga bir topshiriq berdi. Bu topshiriq dunyo turguncha hammadan sir tutilishi lozim, shu vajdan uning nimadan iborat ekanligini oshkor qilib ayta olmayman. Ha, shundoq katta sirni sulton menga ishondi, chunki mening butun dunyoda eng ishonchli odam ekanligimni juda yaxshi bilardi. Men sultonga ta'zim qildim-da, darhol yo'lga tushdim.

Turkiyaning poytaxtidan chiqib, salgina yurishim bilanoq ro'paramdan kichkina bir odam chiqib qoldi. Ikkala oyog’iga og’ir qadoq tosh bog’langan bo'lishiga qaramasdan, u o'qdek uchib borar edi.



  • Hoy, qayoqqa boryapsan? — deb so'radim men undan. — Oyoqlaringga nima uchun bu toshlarni bog1 lab olding? Axir, ular chopishingga xalaqit beradi-ku!

  • Bundan uch minut ilgari men Venada edirn, — deb javob qildi haligi kichkina kishi, — endi o'zimga biror ish qidirib Stambulga ketayotibman. Haddan tashqari tez chopib ketmaslik uchun oyoqlarimga qadoq toshlar bog1 lab oldim, chunki, shoshilishimning hech bir hojati yo'q.

Bu ajoyib uchqur odam menga juda-juda yoqib qoldi, uni men o'zimga xizmatkor qilib oldim. U jonu dili bilan mening orqamdan ergashdi.

Ertasiga biz yo'l bo'yida muk tushib, qulog'ini yerga berib, nimanidir eshitib yotgan bir kishini ko'rib qoldik:



  • Bu yerda nima qilyapsan? - deb so'radim undan.

  • Dalada o'tlar qanday o'sayotganiga quloq solib yotibman! — deb javob qildi

u.

  • Xo'sh, eshityapsanmi?

  • Juda yaxshi eshityapman. Menga bunaqa narsalar pisand emas!

  • Unday bo'lsa menga xizmatga kir, azizim! Sening sezgir quloqlaring safarda menga yarab qolar.

U rozi bo'ldi, biz yo'limizda yana davom etdik.

Oradan ko'p o'tmay, qo'lida miltig’i bor bir ovchini ko'rib qoldik.



  • Hoy, menga qara, dedim unga. — Nimaga qarab otyapsan? Hech bir joyda na biror yirtqich hayvon va na biror parranda ko'rinmaydi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

  • Berlindagi cherkov qo'ng'iroqxonasining tomida chumchuq qo'nib o'tirgan ekan, men unung xuddi ko'zidan urdim.

Siz mening ovni juda yaxshi ko'rganimni bilasiz-ku. Men bu merganni qattiq quchoqladim-da, o'zimga xizmatga kirishini taklif etdim. U xursand bo'lib, men bilan birga ketdi.

Biz ko'p mamlakatu shaharlardan o'tib, katta bir o'rmonga yaqinlashdik. Qarasak, yo'l bo'yida baland bo'yli yo'g’on bir odam qo'lida arqon ushlab turibdi, bu arqonni butun o'rmonga sirtmoq qilib solib olibdi.



  • Nimani sudrab chiqyapsan? — deb so'radim men undan.

  • O'tin kesish kerak bolgan edi, boltam uyda qolgan ekan, —"deb javob qildi u. — Boltasiz ham ish bitirmoqchiman.

Bu odam arqonning bir uchidan zabti bilan tortgan edi, azamat eman daraxtlari, xuddi xasdek, osmonga uchib chiqdi-da, keyin yana qaytib yerga tushdi.

Men, albatta, pulni ayamasdan u azamat polvonga o'sha zahotiyoq o'zimga xizmatkor bo'lishni taklif etdim.

Biz Misrga yetib kelganimizda shunday qattiq bo'ron ko'tarildiki aravamiz ot- potlari bilan yo'lda chirpirak bo'lib ketdi.

Uzoqda biz parraklari g'irillab aylanayotgan yettita tegirmonni ko'rib qoldik. Tepalik ustida bir odam barmog'i bilan burnining chap teshigini qisib yotar edi. U bizni ko'rib qolib, odob bilan menga salom berdi, bo'ron ham bir teshigini qisib yotar edi. U bizni ko'rib qolib, odob bilan menga salom berdi, bo'ron ham bir zurnda to'xtadi-qoldi.



  • Xo'sh, sen bu yerda nima qilib yotibsan? — deb so'radim undan.

  • Xo' jayininmning tegirmonlarini yurgizayapman, — deb javob qildi u. — Tegirrnonlar sinib ketmasin deb men uncha qattiq pishqirrnayapman: faqat burnimning bir teshigi bilangina pishqirayapman, xolos.

«Bu odam ham menga yarab qolar», deb o'yladim va unga o'zim bilan birga ketmoqni taklif etdim.

XITOY VINOSI

Misrda men sultonning hamma topshiriqlarini darrov bajardim. Ziyrakligim bu yerdaAham menga asqotib qoldi. Bir haftadan keyin men o'zimning ajoyib xizmatkorlarim bilan Turkiya poytaxtiga qaytib keldim.

Qaytib kelganimga sulton juda xursand bo'Idi va Misrda qilgan ajoyib ishlarim uchun meni o'lguday maqtadi.



  • Siz meninghamma vazirlarimdan ham donosiz, azizim Myunxauzen! — dedi u va qo'limni qattiq qisib qo'ydi. - Bugun menga mehmon bo'ling!

Ovqatlar juda mazali edi, ammo, nima deysizki, stol ustida vino ko'rinmasdi, chiinki qonunda turklarga vino ichish man qilingan. Men juda-juda ranjidim, sulton esa meni yupatmoq uchun ovqatdan keyin o'z uyiga olib kirdi, yashirin javonini ochib, u yerdan bir shisha oldi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Bunday ajoyib vinoni siz butun umringizda ham totib ko'rmagan bo'lsangiz kerak, azizim Myunxauzen! — dedi u stakan to'latib menga vino quyayotib.

Rostdan ham, juda soz vino edi. Ammo men bir qultum ichganimdan keyin, Xitoyda xitoy bo'g'dixoni Fu Charming vinosi bundan ham yaxshiroq, dedim.



  • Azizim Myunxauzen! — dedi sulton. — Men sizning har bir so' zingizga ishonmoqqa odatlanganman, chunki, siz butun yer yuzida eng rostgo'y odamsiz, arnrno, qasarnyod qilamanki, hozir siz yolg'on gapiryapsiz: bu vinodan yaxshisi bo'lmaydi!

  • Men sizga isbot qilamanki, bo'ladi! Bo'g'dixon Xitoy imperatori, podshosi.

  • Myunxauzen, siz bo'lmag'ur gaplarni gapiryapsiz!

  • Aslo, men rost gapiryapman, rosa bir soatdan keyin Bo'g'dixonning yertolasidan shunday bir shisha vino keltirishni o'z zimmamga olamanki, uning oldida sizning vinongiz nordonlik qilib qoladi.

  • Myunxauzen, siz esingizni yeb qo'yibsiz! Men har qachon sizni dunyoda eng rostgo'y odamlardan deb kelar edim, endi bilsam, siz g'irt yolg'onchi ekansiz.

  • Undoq bo'lsa, rost gapirayotganimga darhol ishonmog'ingizni talab etaman!

  • Roziman! - deb javob qildi sulton. - Basharti soat to'rtgacha Xitoyda dunyoda eng yaxshi hisoblangan vinodan bir shisha olib keltirmasangiz, men sizning kallangizni uzdirib tashlayman.

  • Juda soz! - dedim men. Shartingizga roziman. Ammo basharti soat to'rtda o'sha vino sizning stolingizda hozir qilinsa, siz xazinangizdan bir odain ko'tara olgudek oltin berursiz. Sulton rozi bo'ldi. Men Xitoy bo'g'dixoniga xat yozdim va bundan uch yil burun o'zi meni rnehmon qilgan o'sha vinodan bir shisha in'om qilishini iltimos qildim. «Basharti siz mening iltimosimni rad qilsangiz, - deb yozdim men, — oshnangiz Myunxauzen jallod qo'lida halok bo’lajak.

Xatni yozib bo'lganimda soat uchdan besh minut o'tgan edi. Men uchqurimni chaqirib, uni Xitoy poytaxtiga jo'natdim. Uchqurim oyoqlaridagi qadoq toshlarini yechib tashlab, xatni oldi-da, bir zumda ko'zdan g'oyib bo'ldi.

Men sultonning uyiga qaytib keldim. Biz uchqurni kutib, hali o'zimiz boshlagan shishadagi vinoni ichib tamomladik.

Soat uchdan chorak o'tdi, keyin uch yarim bo'ldi, keyin chorak kam to'rt bo'ldi, ammo, uchqurimdan darak yo'q edi.

Sulton jallodni chaqirmoq uchun qo'ng'iroqcha ushlab turganini ko'rganimda, esxonam chiqib ketayozgan edi.

Ruxsat etsangiz, boqqa chiqib sof havo olib kelsam! - dedim sultonga.


  • Marhamat! — deb j avob qildi sulton j ilmayib.

Biroq, boqqa chiqayotib, men bilan izma-iz, mendan bir qadam ham keyinda qolmasdan allaqanday odamlar kelayotganini ko'rib qoldim.

Bular sultonning jallodlari bo'lib, har lahzada menga hujum qilib sho'rlik kallamni chopib tashlashga tayyor turaredilar. Men xafa bo'lib soatga qaradim. Soat besh minuti kam to'rt edi! Nahotki, besh minutlik umriin qolgan bo'lsa? Evoh, naqadar dahshat! Dalada o'tlarning qanday o'sishini eshita oladigan xizmatkorimni






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

chaqirdirn-da, undan uchqurimning oyoq sharpasini eshitmayapsanmi, deb so'radim. U quloqlarini yerga berib, sho'rimga sho'rva to'kilsin, dangasa uchqurning dang qotib uxlab yotganini xabar qildi.

  • Ha, uxlab yotibdi. Men uning uzoq bir joyda xurrak otib yotganini eshityapman.

Qo'rqqanimdan oyoqlarim qaltirab ketdi. Yana bir minut o'tsa, vassalom, sharmisor bo'lib o'lib ketaman.

Men chumchuqni mo'ljallab urgan xizmatkorimni chaqirdim; u o'sha zahoti engbaland minoraga chiqib, oyoqlarininguchida turib, uzoq-uzoqlarga tikilib qaray boshladi.



  • Xo'sh, yaramasni ko'ryapsanmi? - deb so'radim men g'azabim halqumimga

kelib.

  • Ko'ryapman, ko'ryaprnan! Pekin shahriga yaqin bir joyda eman daraxti tagidagi maysazorda yastanib yotib, bahuzur xurrak otmoqda. Yonida bir shisha ham bor... Shoshma, men seni uyg'otaman!

U uchqurning tepasidagi eman daraxtining uchini mo'ljallab o'q otdi.

Daraxtdagi hakalaklar, barglar va shoxlar sinib ustiga tushib, uxlab yotgan uchqurni uyg’otib yubordi.

Uchqur sapchib o'rnidan turib, ko'zlarini ishqaladi-da, jin quvgandek chopa

ketdi.


Saroyga Xitoy vinosi solingan shishani ko'targancha o'qday uchib kirganida, soat to'rt bo'lishiga atigi yarim minut qolgan edi.

Qanchalik sevinib ketganimni tasavvur qila olasizmi? Sulton vinoni tatib ko'rib, xursandlikdan qichqirib yubordi:



  • Azizim Myunxauzen! Bu shishani sizning ko'zingizdan nariroq bir yerga berkitib qo'ymoqqa ruxsat eting. Bu vinoni yolg'iz o'zim ichmoqchiman. Men dunyoda shunday shirin va mazali vino bo'Iishini xayolimga ham keltirmagan edim.

Sulton shishani javonga yashirib, kalitini cho'ntagiga solib olgach, darhol xazinachini chaqirishni amr qildi.

  • Men oshnam Myunxauzenga o'z xazinamdan bir odam bir safar ko'tarishga qurbi yetgancha oltin olishiga ruxsat etaman, — dedi sulton.

Xazinachi sultonga egilib ta'zim qildi-da, meni saroyning yerto'lasiga olib tushdi, yertolaning ichi g’ij-g’ij boylik edi.

Men o'z polvonimni chaqirdim, u sultonning xazinasidagi bor oltinlarni yelkasiga ortib oldi va biz dengiz tomonga qarab qochdik. U yerda men katta bir kemani kiraga olib, unga baland qilib oltinni o'rnatdim.

Sulton eshitib qolib, butun boyliklarni yana tortib olib qo'ymasligi uchun, biz kema yelkanlarini ko'tarib, ochiq dengizga chiqib olishga shoshildik.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

IT QUVIB

Biroq, voqea xuddi o'zim o'ylagandek bo'ldi.

Biz endigina qirg'oqdan jo'nashimiz bilan xazinachi chopib borib, sultonga butun xazinani shupurib ketganimni aytibdi. Sulton darg'azab bo'lib, ketimdan butun harbiy kemalarini yubortiribdi.

Son-sanoqsiz harbiy kemalarni ko'rgach, rostini aytsam, yurak-puragim chiqib ketdi. «Xo'sh, Myunxauzen, — dedim men o'z-o'zimga,—vaqt-soating bitdi.

Endi qutulmoqning yo'li yo'q. Endi hiylakorliging asqotmaydi».

Nazarimda, endigina yelkarnga mahkam o'rnashib olgan boshim yana tanamdan judo bo'layotganday tuyulib ketdi.

Shu onda oldimga burnining teshiklari karrakdek keladigan xiimatkorim kelib

qoldi.


  • Aslo qo'rqmang, ular bizni quvib yetolmaydi, — dedi u kulib, keyin chopib kemaning orqa tomoniga o'tib, burnining bir teshigini Turkiya kemalariga, ikkinchi teshigini esa bizning yelkanlarimizga qaratdi, so'ngra shunday qattiq shamol ko'tardiki, butun Turkiya kemalari bir lahzada qaytib borib, o'z gavanlariga kirib ketdilar.

Mening zabardast xizmatkorim haydab ketayotgan kemarniz esa g’izillaganicha bir kundan keyin Italiyaga yetib bordi.

HISHOHGA TEKKIZISH

Men Italiyada badavlat hayot kechirdim. Ammo tinch va xotirjam hayot kechirish mening tabiatimga to'g'ri kelmas edi.

Men yangidan-yangi sarguzashtlarga, qahramonliklarko'rsatishga o'ch edim. Shu sababdan Italiyaga yaqin joyda yangi urush boshlanganligini eshitganimda, juda sevinib ketdim: inglizlar bilan ispanlar urushmoqda edilar.

Bir lahza ham fursatni qo'ldan bermay, otimga sapchib mindim-da, urush maydoniga qarab o'qday uchib ketdim.

Ispanlar o'sha vaqtda inglizlarning Gibraltar qal'asini qamal qilib olganliklaridan, men o'sha topdayoq qal'aga kirib bordim.

Qal'ada qo'mondonlik qilib turgan general rnening yaqin oshnam edi. U meni quchoqlarini katta ochib qarshi oldi va o'zi qurgan istehkomlarni ko'rsata boshladi, chunki u mening unga yaxshi va foydali maslahatlar bera olishimni bilar edi.

Men Gibraltar qal'asining devori ustida turib, durbin bilan qarab, ispanlar o'z to'planning og'zini xuddi biz ikkovomiz turgan joyga to'g’rilayotganliklarini ko'rib qoldim.

Fursatni bir joyga ham o'tkazmay, rnana shu joyga katta bir to'p o'rnatilsin, deb amr qildim.


  • Nima uchun? — deb so'radi general. Keyin bilasan! - deb javob qildim

men.


www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

To'pni mening oldimga g'ildiratib kelishlari bilanoq men uning og'zini to'ppa- to'g'ri dushmanning to'pi og'ziga to'g'riladim, ispan to'pchisi pilikni yondirib, o'z to'pi oldiga olib kelganda, men qattiq baqirib;

  • Otilsin! — deb komanda berdim. Ikkala to'p ham baravariga gumburlab otildi. Voqea xuddi o'zim kutgandek bo'ldi: men belgilagan nuqtada ikki o'q - bizniki bilan dushmanniki qattiq to'qnashib, dushmanning o'qi orqasiga, ispanlar ustiga qaytib ketdi.

Tushunyapsizmi: o'q orqasiga — ispanlar ustiga qaytib ketdi. U ispan to'pchisining va o'n oltita ispan soldatining kallasini shartta uzib tashladi.

Keyin, ispan qirg'og'ida turgan uchta kemaning machtalarini sindirib tashlab, o'zi to'ppa-to'g'ri Afrikaga qarab jo'nadi.

Yana ikki yuz o'n to'rt chaqirim uchganidan keyin, bir qashshoq dehqonning tomiga borib tushibdi, unda bir kampir yashar ekan. Kampir chalqancha yotib uxlar, og'zi ochiq ekan. O'q tomni teshib o'tib, to'ppa-to'g'ri kampirning og'ziga tushibdi-da, uning eng oxirgi tishini sindirib yuborib, tomog'iga tiqilib qolibdi.

Kulbaga kampirning eri chopib kiribdi, u g'ayratli va uddaburon odam ekan.

U qo'lini kampirning tomog'iga tiqib, o'qni olib tashlamoqchi bo'libdi, ammo o'q turgan joyidan hech qimirlamabdi.

Shunda chol fursatni bir lahza ham boy bermasdan, uning dimog'iga bir chimdim tamaki olib kelib iskatibdi; kampir aksa uribdi — shunday qattiq aksiribdiki, o'q derazadan ko'chaga uchib chiqib ketibdi!

Men ketiga qaytarib yuborgan o'q ispanlarning o'ziga yana shuncha zarar yetkazibdi.

Bizning o'qimiz ham bekor ketmabdi: u ispanlarning harbiy kemasiga borib tushib, uni dengizga botirib yuboribdi. Kemada esa ikki yuzta ispan matrosi bor ekan!

Shunday qilib, inglizlar bu urushda mening uddaburonligirn soyasida yutib chiqdilar.


  • Otangga rahmat, azizim Myunxauzen, —dedi menga general do'stim va qo'llarimni qattiq qisdi. — Agarda sen bo'lmaganingda biz halok bo'lar edik. Faqat sen tufayli biz bunday zo'r g'alabaga erishdik.

  • Nima qila qolibman juda! — dedim men. — O'z do'stlarimga xizmat qilmoqqa doim tayyorman.

Bu xizmatim evaziga ingliz generali menga polkovnik unvonini bermoqchi bo'ldi, ammo men juda ham kamtarin odam bo'lganim uehun bunchalik yuqori unvondan voz kechdim.

BIR KISHINING MING KISHIGA BAS KELGANI

Men generalga xuddi shunday dedim:


www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

  • Menga ordenning ham unvonning ham keragi yo'q! Men sizga hech qanday ta'masiz, do'stlik vajhidan yordam qilaman. Chunki men inglizlarni juda yaxshi ko’raman.

  • Barakalla senga, do'stim Myunxauzen! —dedi general qo'limni yana qisib.

  • Bundan keyin ham shunday yordam qilib tur.

  • Jonim bilan, —deb javob qildim men va cholning yelkasiga urib qo'ydim.

Men Britaniya xalqiga xizmat qilishdan shodman.

Tez orada men ingliz do'stlarimga yana yordam qilish sharafiga muyassar bo'ldim.

Men ispan ruhoniysining kiyimini kiyib, kechasi dushman lageriga pisib o'tdim.

Ispanlar dong qotib uxlab yotar edilar, meni hech kim payqarnadi. Men sekin ishga kirishdirn: ularning vahimali to'plari turgan joyga borib, bu to'plarni shoshib- pishib, birin-ketin qirg'oqdan nariroqqa — dengizga uloqtiraverdim.

Bu ish unchalik yengil bo'lmadi, chunki to'plar uch yuzdan oshiqroq edi.

To'plarning ishini bir yoqli qilib bo'lib, men hamma zambilg'altaklarni, to'rt g'ildirakli aravalarni, izvosh va lagerdagi jamiki shunaqa narsalarni lagerning o'rtasiga sudrab kelib, bir yerga uydim-da, o't qo'yib yubordim.

Ular xuddi poroxday lovillab yonib ketdi. Vahimali yong'in boshlandi.

Ispanlar uyg'onib, dovdiraganlaricha lagerda har tomonga qarab chopa boshladilar.

Ular hang-mang bo'lganlaridan, kechasi lagerimizga inglizlarning yetti yoki sakkiz polki kelib-ketibdi, deb gumon qildilar.

Ular bu ish bir kishining qo'lidan kelgan, deb xayollariga ham keltira olmagan edilar.

Ispanlarning bosh qo'mondoni qo'rqib ketganidan, to Madridga yetib olguncha, rosa ikki hafta orqasiga qaramay qochgan.

Uning hamma qo'shini ham, hatto, orqasiga qayrilib qarashga yurak betlay olmay, uning ketidan qochgan.

Shunday qilib, mening dovyurakligim soyasida inglizlar dushmanni batamom tor-mor keltirdilar.


  • Myunxauzen bo'lmaganda bizlar nima ham qila olar edik, — deyishardi ular va qo'llarimni qattiq qisib, meni ingliz armiyasining haloskori deb atardilar.

Qilgan yordamlarimdan juda minnatdor bo'lgan inglizlar meni Londonda mehmon bo'lishga taklif etdilar.

Men bu mamlakatda boshimdan nima hodisalar kechirishimni o'ylab-netib o'tirmasdan, jonu dilirn bilan Angliyaga jo'nab ketdim.



O’Q-ODAM

Lekin men u yerda juda vahimali hodisalami boshdan kechirgan edim.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Bir mahal Londonning chekka bir joyida sayr qilib yurib, juda charchadim-da, yonboshlab dam olgim kelib qoldi.

Yoz kuni edi, oftob ayamay kuydirardi; men biror sershox daraxt ostidagi soya- salqin yerni izlab qoldim. Ammo men eski bir to'pning og’ziga kirib yotdim-da, darhol dong qotib uxlab qoldim.

Men sizga aytsam, inglizlar xuddi o'sha kuni mening ispan armiyasi ustidan qozongan g'alabamni bayram qilib xursandlik uchun hamma to'plardan bir yo'la otmoqda ekanlar.

Men uxlab yotgan to'p oldiga ham to'pchi keladi-da, gumburlab otib yuboradi.

Men ham tuppa-tuzuk o'qday to'p og'zidan otilib chiqib ketdim-da, daryoningnarigi qirg'og'iga uchib borib, allaqanday bir dehqonninghovlisiga tushdim. Xayriyatki, hovliga yumshoq pichan g'aram qilib qo'yilgan ekan.

Men eng katta g'aramning qoq o'rtasiga borib tushib, boshim bilan sanchilib qoldim. Sog'-salomat qoldimu, ammo hushimdan ketibman.

Shu ahvolda uch oy hushsiz yotibman.

Kuzda pichanning narxi oshib. xo'jayin pichanni sotmoqchi bo'lib qolibdi. Men yotgan g'aram atrofini xizmatkorlar o'rab olib, uni panshaxa bilan ag'dar-to'ntar qila boshladilar. Men ularning g'ovur-g'uvuridan uyg'onib ketdim. Bir amallab boshirnni chiqarib oldim-da, uyqusirab pastga dumalab ketdim va to'ppa-to'g'ri xo'jayinning boshiga borib tushib, bexosdan uning bo'ynini sindirib yubordim, xo'jayin birpasda o'lib qoldi.

Biroq, xo'jayinga hech kim ko'z yoshi qilib ham o'tirmadi. U juda insofsiz, xasis bir odam bo'lib, xizmatkorlariga haq to'lamas ekan. Buning ustiga juda ochko'z savdogar ekan; bahosi juda oshib ketgandagina pichanni sotar ekan.

OQ AYIQLAR O’RTASIDA

Mening tirik ekanimni ko'rib, do'stlarim sevinib ketishdi.

Umuman, mening do'stlarim ko'p bo'lgan, ularning hammasi ham meni joniaridan ortiq ko'rardilar. Mening omon qolganimni eshitganlarida, qanday xursand bo'lganlarini bir ko'z oldingizga keltirsangiz edi. Ular meni allaqachon o'lganga chiqarib qo'ygan edilar.

Ayniqsa, mashhur sayyoh Fipps juda xursand bo'lgan edi, bu odam xuddi shu paytlarda Shimoliy qutbga sayohat qilmoq uchun tayyorlanayotgan ekan.

— Azizim Myunxauzen, sizni quchoqlab ko'rishmoqqa muyassar bo'lganim uchun juda xursandman! - dedi Fipps uyining eshigi oldida paydo bo'lishim bilanoq, - siz eng yaqin do'stim sifatida darhol men bilan birga ketmog'ingiz lozim! Yaxshi bilamanki, sizningdono maslahatlaringizsiz mening ishlarim o'ngidan kelmaydi!

Men, albatta, o'sha topdayoq rozi bo'ldim, oradan bir oy o'tgandan keyin biz qutbga yaqin bir joyga yetib bordik.

Bir kuni men kemaning sahnida turib yiroqdagi baland muz togMga ko'zim tushib qoldi, unda ikkita oq ayiq o'ynashib yurar edi.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Darrov miltig'imni oldim-da, kemadan to'ppa-to'g’ri suzib ketayotgan muzga sakrab tushdim.

Har lahzada sirg'anib ketib, tagi yo'q chuqurlikka tushib ketish xavfi ostida, oynadek silliq, tikka muz qoyalarga tirmashib chiqish men uchun xiyla mashaqqat edi, ammo men to'sqinliklarga qaramasdan muz tog'ining cho'qqisiga chiqib, ayiqlarga juda yaqin bordim.

Shunda birdan stio'rim qurib qoldi-kti: miltiqni otaman deb muzda sirg'anib ketib yiqildirn, boshim rnuzga shunday qattiq tegdiki, shu ondayoq hushdan ketib qoldim.

Yarim soatdan keyin hushimga kelib, qo'rqqanimdan dodlab yuborishimga sal qoldi: bahaybat ayiq meni tagiga bosib olib, og'zini karrakdek ochganicha, yemoqqa tayyor turibdi.

Miltig'im bo'lsa uzoqda qorning ustida yotibdi.

Darvoqe, miltiqning nafi ham tegmas edi, chunki ayiq butun og'irligini menga tashlab, qimirlashga hech yo'l qo'ymas edi.

Ne-ne mashaqqatlar bilan cho'ntagimdagi kichkina qalamtarosh pichoqchamni oldim-da, o'ylab-netib o'tirmay, keyingi oyog'ining uchta barmog'ini shartta kesib tashladim.

Ayiq og'riqqa chidolrnay, bo'kirib yubordi va meni dahshatli quchog'idan birpasgina bo'shatdi.

Fursatdan foydalanib, odatdagi botirligirn bilan chopib, miltiqning oldiga bordim-da, qonxo'r yirtqichga qarab o'q nzdim. Yirtqich gupillab, qorga yumalab tushdi.

Ammo, bu bilan mendan falokat arimadi: o'q tovushi mendan sal-pal nariroqda uxlab yotgan bir necha ming ayiqni uyg'otib yubordi.

O'zingiz bir o'ylab ko'ring, bir necha ming ayig -a ! Ular harnmasi to'p bo'lib, menga qarab yopirilib kelishaverdi. Nima iloj qilishim kerak edi? Yana bir minut o'tsa, yirtqich hayvonlar meni dabdala qilib tashlashlari turgan gap edi. Shu on xayolimga juda ham g’alati bir fikr kelib qoldi. Pichoqchamni olib, chopqillaganimcha o'lik ayiqning oldiga bordim-da, terisini shilib ustimga yopinib oldim. Ha, shundoq, ustimga ayiq terisini yopinib oldim! Ayiqlar tevaragimni o'rab olishdi. Hozir ustimdagi terini sidirib olib, meni parcha-parcha qilib tashlashlari aniq, deb titrar edim. Ammo ular meni iskab ko'rishdi-da, ayiq deb gumon qilib, indamay birin-ketin yonimdan o'tib ketaverishdi.

Tezda ayiqdaqa bo'kirishni ham o'rganib oldim va panjamni xuddi ayiqday so'ra boshladim.

Ayiqlar menga juda ishonib qoldilar, men ham bundan foydalanishga qaror qildim.

Bir doktor menga gardanga yetkazilgan jarohat darrov o'ldiradi, deb hikoya qilgan edi. Men oldiginamda turgan ayiqqa yaqinlashdim-da, pichoqchamni naq gardaniga sanchdim! Basharti ayiq sog4 qolsa, meni o'sha zahotiyoq parcha-parcha






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

qilib tashlashiga sira shubham yo'q edi. Toleyimga, ishim o'ngidan keldi. Ayiq, hatto, bo'kirishga ham ulgnrmay o'ldi-qoldi.

Shunda men boshqa ayiqlarni ham shu taxlitda o'ldirmoqqa qaror qildim. Bunda men ortiqcha mashaqqat tortmadim. Garchi ayiqlar sheriklari yiqilib tushayotganini ko'rib turgan bo'lsalar-da, ularni men o'ldirayotganimga fahmlari yetmas edi, chunki meni ham ayiq deyishardi.

Hash-pash deguncha bir necha ming ayiqni cho'ziltirib tashladim.

Ana shunday qahramonliklar qilgandan keyin oshnarn Fippsning kemasiga qaytib bordim-da, butun voqeani unga hikoya qilib berdim.

U menga yuzta eng azamat matroslarni berdi, men ularni muz tog4iga boshlab ketdim.

Ular o'ldirilgan ayiqlarning terisini shilib, ayiqlarning son go'shtlarini kemaga tashiyverdilar.

Son go'shtlari shu qadar ko'p ediki, kema joyidan siljiy olrnay qoldi. Biz boradigan joyimizga yetolmay, uyga qaytib ketishga majbur bo'ldik.

Ana shu sababdan kapitan Fipps Shimoliy qutbni kashf etolmagan.

Ammo biz unga achinmadik, chunki biz olib kelgan ayiq go'shtlari juda ham mazali ekan.

OYGA IKKINCHI MARTA SAYOHAT.

Angliyaga qaytib kelganimdan keyin, endi hech qachon va hech qanday sayohatga chiqmaslikka ahd qildim, ammo oradan bir hafta o'tar-o'tmas, yana safarga chiqmoq ehtiyoji tushib qoldi. Gap shundaki, mening keksa va boy bir qarindoshim, nima uchundir dunyoda bahaybat odamlar yashaydigan bir mamlakat bor emish degan xayolga tushib qolibdi.

U menga shu mamlakatni, albatta, qidirib topib berishimni iltimos qildi va buning mukofoti uchun menga juda ko'p meros qoldirishni va'da qildi. Qarindoshim bahaybat odamlarni ko'rishni juda ham havas qilib qolibdi.

Men rozi bo'ldim, kemaga asbob-anjomlarni ortdim, keyiri biz Janubiy okeanga jo'nab ketdik.

Yo’lda biz uchadigan bir necha xotinlardan bo'lak hech qanday qiziq narsa uchratmadik; bu xotinlar xuddi parvona singari osmonda qanot qoqib, uchib yurar edilar. Havo juda ham yaxshi edi.

Ammo o'n sakkizinchi kun deganda dahshatli bo'ron boshlandi.

Shu qadar qattiq dovul turdiki, kemamizni suv ustidan ko'tarib, xuddi momiqday osmonga uchirib ketdi. Borgan sari balandga olib chiqib ketaverdi! Biz eng yuqoridagi bulutlar ustida olti hafta uchib yurdik. Oxiri yumaloq va yaltiroq bir orolni ko'rib qoldik.

Bu, turgan gapki, Oy edi.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Biz kema to'xtaydigan bop joyni topib, Oyning sohiliga chiqdik. Pastda, juda olisda esa, shaharlari, o'rmonlari, tog'lari, dengiz va daryolari bo'lgan boshqa bir sayyoraga ko'zimiz tushib qoldi. Bu sayyora biz tashlab chiqqan Yer edi.

Oyda bizni uch boshli burgutlarga minib olgan qandaydir bahaybat maxluqlar qurshab oldi. Burgutlar oyda yashovchilar uchun ot xizmatini o'tar ekan.

Xuddi shu paytda Oy podshosi Quyosh hoqoni bilan urush qilmoqda ekan. Oy podshosi o'sha zahotiyoq menga o'z qo'shiniga bosh bo'lib, uni jangga boshlab kirishni taklif etdi, ammo men bundan uzil-kesil bosh tortdim.

Yerdagiga qaraganda oydagi narsalar ancha katta bo'lar ekan.

Pashshalari qo'ydek, har bir olmasi tarvuzdek kelar ekan.

Oydagilar qurol o'rniga sholg'om ishlatar ekanlar. Sholg'omni nayza o'rnida ishlatar ekanlar; sholg'om bo'lmagan vaqtlarda kaptarlarning tuxumini otib urushar ekanlar. Qalqon o'rniga esa qurbaqa sallasi bilan zamburug’ ishlatar ekanlar.

Oyda men olis bir yulduzdan kelgan bir necha odamni ko'rdim. Oyg savdo- sotiq ishlari bilan kelgan ekanlar. Ularning basharalari itnini tumshug’iga o'xshagan edi; ko'zlari esa yo burunlarining uchida, yo bo'lmasa burun teshiklarining tagida bo'lar ekan. Ularda na qovoq va na kiprik bo'lar ekan. Yotganda ko'zlarini tillari bilan to'sib uxlar ekanlar.

Oyda yashovchilar ovqat yemoq uchun vaqt sarflab o'tirmas ekanlar. Qorinlarining chap tomonida maxsus eshikchalari bo'lar ekan: shu eshikchani ochib, o'sha yerga ovqat solib qo'yar ekanlar. Keyin boshqa ovqat mahaligacha eshikchani yopib qo'yar, har oyda bir marta ovqat yer ekanlar. Ular bir yilda o'n ikki marta ovqatlanishar ekan!

Bu narsa juda bop ekan, ammo yerdagi chuchuktomoq ochko'zlar bu xilda kam ovqatlanishga hech bir rozi bo'lmasalar kerak.

Oyda yashovchilar to'ppa-to'g’ri daraxtda o'sar ekanlar. Bu daraxtlar juda chiroyli bo'lib, och-qizil shoxi bo'lar ekan, Shoxlarida esa, po'chog’i juda ham qattiq, katta-katta yong'oqlar o'sar ekan.

Yong'oqlar pishganidan keyin avaylab uzib olib, yerto'lada saqlar ekanlar.

Mabodo oy podshosiga yangi odamlar darkor bo'lib qolsa, bu yong’oqlarni qaynab turgan suvga tashlashni buyurar ekan. Bir soatdan keyin yong'oqlar yorilib, ulardan tayyor oy odamlari chiqar ekan. Bu odamlar o'qib o'tirmas ekanlar. Ular birdaniga katta bo'lib tug’ilar va o'z kasbini yaxshi bilar ekanlar. Bir yong'oqdan - mo'ri tozalovchi, boshqasidan — sharmanka chalib yuruvchi, uchinchisida — muzqaymoqchi, to'rtinchisidan —askar, beshinchisidan — oshpaz, oltinchisidan — mashinachi sapchib chiqar ekan.

Har qaysisi darhol o'z ishini bajarishga kirishar ekan. Mo'ri tozalovchi tomga chiqib ketar, sharmanka chaluvchi sharmankasini chalib yuborar, muzqaymoqchi: «Keb qoling, qaynoq muzqaymoq», deb qichqirar (chunki oydagi muz olovdan ham issiq ekan), oshpaz oshxonaga chopar, askar esa dushmanga o'q otar ekan.

Oyda qarib qolgan odamlar o'lmas, balki tutun yoki bug’ singari havoga tarqalib ketar ekan.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Ularning har qo'lida bittadan barmoq bo'lar, ammo ular bu barmoq bilan biz besh barmoq bilan ishlaganday, juda chaqqon ishlar ekanlar.

Ular boshlarini qo'ltiqlarida olib yurar, biror yoqqa sayohatga jo'naganda, yo'lda buzilib qolmasligi uchun, uyda qoldirib ketar ekanlar.

Ular o'zlari yiroqda bo'lsalar hamki uyda qolgan boshlari bilan maslahatlasha olar ekanlar! Bu juda qulay ekan.

Basharti podsho xalqi o'zi haqida nimalar deyayotganini bilmoqchi bo'lib qolsa, o'zi uyda qolib, divanda yotar, boshi esa asta birovlarning uylariga kirib hamma gaplarini eshitib kelar ekan.

Oydagi uzumning bizdagi uzumdan hech farqi yo'q ekan.

Goh-gohida yerga yog'adigan do'l, oydagi dalalardan dovul uzib uchirgan o'sha oy uzumining xuddi o'zginasi ekaniga hech shubhalanmayman.

Basharti sizlar oy vinosini totib ko'rmoqchi bo'lsanglar, bir necha do'lni yig’ inglarda, uni yaxshilab eritinglar.

Oydagi odamlar uchun qorinlari chamadon xizmatini ham o'taydi. Ular xohlagan vaqtlarida uni ochib-yopishlari, istagan lash-lushlarini unga solib qo'yishlari mumkin. Ularda na oshqozon, na jigar va na yurak bor, qorinlarining ichi butunlay bo'm-bo'sh, Ular ko'zlarini joyidan olib, yana o'rniga qo'ya oladilar.

Ular ko'zlarini qo'llarida ushlab turib ham, xuddi u boshlarida turgandagiday yaxshi ko'raveradilar. Basharti ko'zlari buzilib yoki yo'qolib qolsa, bozorga borib yangisini sotib olaveradilar. Shu sababdan oyda ko'zfurushlik qiladigan odamlar juda ko'p. Oyda qayerga bormang, viveskalarda: «Arzon ko'zlar sotiladi. Tanlab oling: sariq, qizil, ko'k va binafsha rang ko'zlar bor», degan so'zlarni o'qiysan kishi.

Oydagi odamlarga har yili yangi xil ko'z rasm bo'lar ekan.

O'sha, men chiqqan yili oyda ko'k va sariq ko'zlar rasm bo'lgan ekan.

Nega kulyapsiz? Nahotki meni bo'lmag'ur narsalarni gapirayapti deb o'ylasangiz? Yo'q, mening har bir so'zim borib turgan haqiqat, basharti gaplarimga ishonmasangiz, o'zingiz Oyga chiqib boring. Mening hecham yolg'on gapirmaganimni va sizga bor haqiqatnigina gapirib berganimni o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz.

PISHLOQ OROLI

Agar hali hech kimga uchramagan ajoyib va g’aroyib narsalar menga uchrayversa, buning uchun men gunohkor emasman.

Buning sababi shuki, men sayohat qilmoqni yaxshi ko'raman va har xil sarguzashtlarni doim o'zim qidirib yurarnan, siz bo'lsangiz uyingizda o'tirib, Uning to'rt devoridan bo'lak hech narsani ko'rmaysiz.

Masalan, kunlardan bir kuni men kattakon bir golland kemasida uzoq safarga jo'nadim. Birdan dengizda dovul ko'tarilib, bir zumda hamma yelkanlarimizni uzib- buzib tashladi, hamma machtalarni sindirib yubordi.

Machtalardan bittasi kompasning ustiga tushib, uni chilparchin qilib tashladi.




www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Kemani kompassiz haydash naqadar mushkul ekanligi hammaga ma'lum. Biz yo'ldan adashib, qayoqqa borayotganimizni bilmay qoldik.

Dengiz tala-to'poloni ichida biz uch oy sargardon bo'lib yurdik. Keyin shamol bizni noma'lum bir tomonga qarab olib ketdi; shunday qilib, kunlarning birida ertalab hamma narsa ajoyib bo'lib o'zgarib ketganini ko'rib qoldik. Dengiz ko'm-ko'k edi, oqarib qolibdi. Shabada allaqanday mayin va yoqimli hidni keltirib dimoqqa uradi. Vaqtimiz chog’ bo'lib, suyunib ketdik.

Tez orada biz kema to'xtaydigan bir joyni ko'rib qoldik-da, bir soatdan keyin keng va chuqur gavanga kirib bordik. U yerda suv o'rniga sut oqmoqda edi!

Biz shoshib-pishib qirg’oqqa tushdik-da, sut dengizidan simirib icha boshladik.

Ichimizda pishloqning hidiga toqat qilolmaydigan bir matros bor edi. Unga pishloq ko'rsatganimizda ko'ngli aynib, behuzur bo'lardi. Mana endi qirg'oqqa tushishimiz bilanoq, uning ahvoli yomonlasha boshladi.

— Pishloqni oyogfim ostidan olib tashlanglar! — deb qichqirardi u. — Men pishloqni bosib yurishni istamayman va bosib yurolmayman ham!

Men yerga engashib qarab, voqeani fahmlab qoldim. Kemamiz kelib taqalgan orol eng a'lo golland pishlog'idan yasalgan ekan!

Ha, ha, shundoq, kuhnang, men sizga rostini aytayotibman: oyog’imiz ostida tuproq emas, pishloq yotar ekan.

Bu orolda yashovchilar — nuqul pishloq yeb kun ko'rishlari qiziq-a! Ammo pishloq sira ham kamaymas ekan, chunki butun kun bo'yi qancha pishloq yeyilgan bo'lsa, kechasi bilan yana o'shancha pishloq hosil bo'lib qolar ekan.

Butun orol uzumzor ekan, ammo u yerning uzumi g’alati bo'lar ekan: g'ijimlab siqsang, undan shira o'rniga sut oqar ekan.

Orolda yashovchilar novcha va chiroyli odamlar ekan. Hammasining ham uchtadan oyog’ bo'lar ekan. Uch oyoqli bo'lganlari uchun sut dengizi ustida bemalol yurishaverar ekan.

Bu orolda non pishgan va tayyor holda o'sar ekan, shu sababdan undagi odamlar na ekin ekar va na yer haydar ekan. Men shirin-shakar kulchalar osilib turgan ko'pgina daraxtlarni ko'rdim.

Pishloq orolida sayr-tomosha qilib yurgan vaqtlarimizda, biz sut oqadigan yettita ariqni uchratdik; ikkita ariqda esa quyuq va mazali pivo oqar ekan.

Rostini aytsam, sut oqqan ariqlardan ko'ra pivo oqqan ariqlar menga ko'proq

yoqdi.

Umuman, biz orolda sayr qilib yurib, juda g'aroyibotlarga duch keldik.



Ayniqsa, qush uyalari bizlarni juda hayratda qoldirdi. Ular haddan tashqari katta edi. Masalan, bitta burgutning uyasi eng baland ekan. Bu uya juda bahaybat eman daraxtlarining tanasidan to'qilgan ekan. Undan biz besh yuzta tuxum topdik. Har bir tuxum rasmana bochkaday kelar edi.

Biz bitta tuxumni urib sindirgan edik, ichidan bir jo'ja chiqdiki, katta burgutdan yigirma marta kattalik qilar edi.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Burgutcha chig'illagan edi, onasi yordamga yetib keldi. U kapitanimizni changallaganicha yaqin oroldagi bulutning orasiga ko' tarib olib chiqib ketdi va o'sha yerda turib, dengizga uloqtirib yubordi.

Xayriyatki, kapitanimiz suzishga usta edi. Bir necha soatdan keyin pishloq oroliga suzib yetib oldi.

Bir o'nnonda odamlarni jazolab, o'ldirayotganlarining shohidi bo'lgan edim.

Oroldagilar uchta odamni oyog'ini osrnondan qilib, daraxtga osib qo'yibdilar. Bechoralar ingrar va yigflar edilar. Men, bu bechoralarni nima uchun bunchalik qattiq azoblayapsizlar, deb so'ragan edim, menga: bu sayyohlar shu topdagina uzoq safardan qaytib keldilar va ko'rgan-kechirganlari to'g'risida hech hayo qilmasdan, yolg'on- yashiqlarni so'zlamoqdalar deb javob qildilar.

Yolg’onchilarni bunday jazolayotganliklari uchun men orol aholisini ko'p maqtadim, chunki men yolg’on-yashiqqa hech toqat qilib tura olmayman, o'zim ham doim rost gapni gapiraman.

Biroq, siz o'zingiz ham yaxshi bilasiz, mening hikoyalarimda bitta ham yolg'oni yo'q. Yolg’onchilik menga yotdir, eng yaqin do'stlarim doim meni yer yuzida eng rostgo'y odam deb keladilar, men shu bilan o'zimni baxtiyor hisoblayman!

Kemaga qaytib kelib biz o'sha zahotiyoq langami ko'tardik-da, ajoyib-g’aroyib oroldan jo'nab ketdik.

Qirg’oqda o'sgan hamma daraxtlar, allaqanday bir ishora bilan bizga ikki marta egilib ta'zim qildilar-da, yana hech narsa bo'lmaganday qaddilarini rostlab oldilar.

Daraxtlarning ajoyib iltifotlaridan ko'nglim buzilib ketganidan, boshimdan shapkamni olib, ularga xayrlashuv salomini yo'lladim.

Qanday odobli daraxtlar-a, to'gfrimi?

HAHANG BALIQ QORNIDA KEMALAR

Bizda kompas yo'q edi, shuning uchun begona dengizda anchagina adashib yurdik.

Kemamiz atrofida nuqul katta-katta baliqlar — akulalar, kitlar va dengizdagi bolak maxluqlar uymalanib yurardilar.

Oxiri biz nihoyatda katta bir baliqqa to'qnash kelib qoldik; u shunday ulkan ediki, biz uning bosh tomonida turib, dumini ko'ra olmasdik.

Baliq suv ichmoqchi bo'lib, ogfzini katta ochgan edi, og'ziga daryo-daryo suv kirib, kemamizni ham damiga tortib ketdi. Shunda qanday qo'rqqanimizni bilsangiz edi! Shunday botir odam bo'la turib, hatto, men ham qo'rqqanimdan dir-dir qaltirar edim.

Ammo baliqning qorni xuddi kema to'xtaydigan gavandek tip-tinch ekan. Baliqning qorni bu ochko'z yirtqich allaqachon yutib yuborgan kemalar bilan liq to'la ekan. Oh, koshki edi, u yerning naqadar qorong'uligini bilsangiz! Biz na quyoshni, na yulduzni va na oyni ko'roldik.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Baliq har kuni ikki marta suv ichar edi, har safar suv yutganida kemamiz kuchli to'lqinda beshik-beshik bo'lib ketar edi. Boshqa vaqtda esa baliqning qorni qup-qurtiq bo'lar edi.

Suvning to'xtashini poylab turib, biz kapitan bilan bir aylanib kelishi uchun kemadan tushdik. Bunda biz butun dunyodan kelgan dengizchilarni uchratdik. Baliqning qornida ular O'n minglab edilar. Ularning ko'pchiligi o'sha joyda bir necha yillardan beri yashayotgan edi. Men bu dim qamoqxonadan qutulib chiqish rejasini muhokama etishni taklif qildim.

Meni boshliq etib tayinlashdi va ayni o'sha payt, men yig’lishni ochgan mahalda, o'lgur baliq yana suv icha boshladi. Biz hammamiz o'z kemalarimiz tomon tarqalib ketdik.

Boshqa kuni biz yana yig'ildik va men shunday taklif berditn: ikkita eng baland machtalarni birlashtirib, baliq og’zini ochishi bilan tik qilib qo'sak, u jag’ini qimirlatolmay qoladi. Uning og'zi ochiq qolganidan keyin biz bemalol tashqariga suzib chiqishimiz mumkin. Mening taklifim bir ovozda qabul qilindi.

Ikki yuzta eng baquwat matroslar maxluq boshqa yutina olmasligi uchun uning og’ziga ikkita eng katta machtani o'rnatdilar. Kemalar baliq qornidan ochiq dengizga qarab bemalol chiqib oldilar. Bu ulkan maxluqning qornida yetmish beshta kema bor ekan. Endi uning tanasi qanchalik bahaybat bo'lganini tasavvur qila olasizmi?

Baliq og'zidagi kemalarni, albatta, shundayligicha qoldirdik. U endi boshqa hech kimni yuta olmasligi kerak edi.

Asirlikdan ozod bo'lgach, biz, tabiiyki, qayerda turganimizni bilmoqchi bo'ldik. Ma'lum bo'ldiki, Kaspiy dengizida ekanmiz. Bu hammamizni hayratga soldi, chunki Kaspiy dengizi yopiq joy bo'lib, boshqa hech qaysi dengiz bilan birlashmaydi.

Ammo men Pishloqlar orolida ushlab olgan uch oyoqli o'qimishlining aytishicha, baliq Kaspiy oroliga qandaydir yer osti kanali orqali kelib qolgan.

Biz sohilga qarab yo'l oldik. Men hamrohlarimga boshqa hech joyga bormasligimni aytib, quruqlikka chiqishga shoshildim. Oxirgi yillarda boshimdan o'tgan qiyinchiliklarning o'zi men uchun yetarli edi. Men dam olishni xohlar edim.

Ketma-ket bo'lgan sayohatlar meni charchatib qo'ygan edi. Endi men tinch yashashni xohlardim.

AYIQ BILAN OLISHUV

Men qayiqdan chiqishim bilanoq ulkan bir ayiq tashlanib qoldi. U g'ayritabiiy o'lchamdagi dahshatli mahluq edi. U meni lahza ichida tilka-pora qilib tashlashi mumkin edi, ammo men uning old panjalarini shunday qattiq siqdimki, ayiq og'riqning zo'ridan chinqira boshladi. Uni qo'yib yuborsam, meni yanchib tashlashini bilganim uchun panjasini uch kechayu uch kunduz to ochidan o'lgunicha ushlab turdim. Ha, u ochidan o'ldi, chunki ayiqlar ochlikdan panjalarini so'rib qutuladilar. Bu ayiq bo'lsa qo'llarini so'ra olmay ochidan o'lib ketdi. O'shandan beri birorta ham ayiq menga tashlana olmaydi.






www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Download 123,38 Kb.




Download 123,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud

Download 123,38 Kb.