9 dm 5 sm necha m?
A)950 B)95 C)905 D)9050
Neksiya avtomobili 10 metr yurib to‘xtadi. Bu harakatda Neksiyani moddiy nuqta deb qarash mumkinmi? A)ha B)yo’q
Vertalyot 30 km sharqqa, keyin 50 km g‘arbga va yana 100 km sharqqa yurdi. Vertalyotning ko‘chishini toping (km). A) 180 B)120 C)80 D)20
Harbiy to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanib 120 km masofani 2 sutka da bosib o‘tdi. Harbiyning tezligini toping (km/soat).
A)2.5 B)60 C) 5 D)24
Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan avtomobilning boshlang‘ich tezligi 10m/s 5s dan keyingi tezligi 16m/s bo‘lsa, shu vaqt ichida avtomobilning bosib o‘tgan yo‘lini toping(m).
A) 15 B)65 C)50 D)80
Boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jism 125 m balandlikdan qancha vaqqtda tushadi (s).g=10m/s2 A)4 B)12.5 C)5 C)10
Diskning diametri 16dm va aylanish chastotasi 0,5 s-1 ga teng. Disk chekka nuqtasining chiziqli tezligini toping. (m/s) π = 3,14
A) 1.57 B)25.12 C) 200.96 D)100.48
Zichligi 7900kg/m3 bo‘lgan temirning hajmi 0,4m3 ga teng. Uning massasini toping (kg).
A)19750 B)3160 C)6320 D)7900
Lift pastga 3m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Undagi 200kg massali ayiqning og‘irligini toping. (N)
g =10m/s
2
A)2600 B)2000 C)1400 D)600
Massasi 20 kg bo‘lgan rezina gorizontal tekislikda yotibdi. Sirt va rezinaning bir-biriga tegib turgan qismlari orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0.2 ga teng. Rezinani gorizontal yo‘nalishda 100 N kuch bilan tortsak, rezina va sirt orasida qanday ishqalanish kuchi vujudga keladi ? (N) g=10 m/s2
A)100 B)20 C)40 D)60
2m/s tezlik bilan ketayotgan 360 g koptokga futbolchi orqasidan 3,6N ⋅s kuch impulsi berdi. Koptokning oxirgi impulsini toping (kg ⋅m/s)
A)2.88 B)3.6 C)0.72 D) 4.32
800m/s tezlik bilan uchayotgan 10 g massali o‘qning kinetik energiyasini toping (Kj)
A)3200 B)6400 C)320000 D)640000
Yuqoriga tik otilgan jismning biror vaqt o‘tgandan keyingi kinetik energiyasi 200 J potensial energiyasi esa 400 J ga teng. Uning to‘liq mexanik energiyasini toping (J). Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A)200 B)400 C)600 D)800
Isitgichning foydali quvvati 150 Vt va FIKi esa 75 % ga teng. Uning to‘liq quvvatini toping (Vt).
A) 112.5 B) 150 C)175 D)200
Richagning kichik yelkasiga 160 N kuch, katta yelkasiga 20 N kuch tasir qiladi. Katta yelkaning uzunligi 8 sm. Kichik yelkaning uzunligini aniqlang (sm).
A)1 B)64 C)2 D)4
FIKi 45 % bo‘lgan issiqlik mashinasi sovutgichga 110 J issiqlik berdi. U isitgichdan qancha issiqlik olgan (J ).
A) 110 B) 155 C) 145 D) 200
Agar ideal gazning hajmi va harorati 4 marta oshirilsa, uning bosimi qanday o`zgaradi?
A) 4 marta ortadi B) 4 marta kamayadi C) 8 marta ortadi D) o’zgarmaydi
. Izoxorik jarayonda gazga 300 kJ issiqlik berildi. Gaz ichki energiyasining o`zgarishini toping (kJ).
A) 0 B) 300 C) 150 D) 100
Yopiq idishdagi gaz 200 ga K qizdirilganda, bosimi 1.5 marta ortgan bo`lsa, , uning dastlabki temperaturasi qanday bo`lgan K) ?
A) 327 B) 200 C) 300 D) 400
O‘zgarmas bosimda kechadigan jarayonda gazning harorati 3 marta kamaydi. Bunda uning hajmi qanday o‘zgargan?
A) 3 marta kamaygan
B) 3 marta ortgan
C) 9 marta kamaygan
D) 9 marta ortgan