• Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)
  • Avtomatlashtirilgan kutubxona




    Download 27,16 Kb.
    bet1/6
    Sana05.02.2024
    Hajmi27,16 Kb.
    #151523
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza


    AVTOMATLASHTIRILGAN KUTUBXONA

    XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan “axborot inqilobi” kutubxonalar faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir natijasida kutubxonalar borgan sari ko‘proq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanib, axborot resurslari markazlariga aylanib bormoqda. Kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish turlari ham keskin kengaydi: Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot-tahliliy materiallarni jamlab berish, kutubxona kataloglarining elektron ko‘rinishi va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular jumlasidandir.


    Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot manbaining qanday masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bu yerda gap kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni axborot resurslari markazlariga aylantirish haqida bormoqda. Bunday yangi turdagi kutubxonalar “elektron kutubxona”, “virtual kutubxona” singari nomlar bilan atalmoqda.
    Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK) - bu shunday kutubxonaki, uning funksiyasi, ayniqsa, kutubxona axborot xizmati asosan avtomatlashtirish (kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texnika vositalari, dasturiy komplekslar) va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy AK yaratish murakkab va serxarajat tadbirdir. U yuqori malakali kasb egalari: dastur tuzuvchilar, tizimchi texniklarni jalb qilishni, kutubxonachilarni qayta tayyorlashni taqozo etadi. Kutubxonalarni avtomatlashtirishning ixcham tarixi, avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi va uni tashkil etuvchi omillari, zamonaviy xalqaro formatlar, loyihalar tuzish uchun ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlar muhim ahamiyat kashf etadi.
    Avtomatlashtirilgan kutubxonada foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar (kompyuterlar tiplari va modellari, kutubxona axborot tizimlari) ARMning tarkibiy qismidir. ARM uchun hisoblash texnikasi, dasturiy va axborot ta’minotini tanlashdek murakkab masalalar mavjuddir. Kutubxona formatlari, maxsus dasturlar va texnika vositalariga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlar keng ko‘lamda chop etilgan.

    Download 27,16 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 27,16 Kb.