|
Avtomatlashtirilgan kutubxona
|
bet | 6/6 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,16 Kb. | | #151523 |
Bog'liq 1-Ma\'ruzaKadrlar ta’minoti – AK faoliyatini yurituvchi xodimlar majmui, kadrlar malakasini turli ta’minot ko‘rinishlari (texnikaviy, axborot va dasturiy ta’minotlar)ga mos ravishda saqlab turishga mo‘ljallangan tadbirlar. Kadrlar ta’minoti yana kutubxonachilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, AK dan foydalanishning zamonaviy usullarini o‘qitishni ham o‘z ichiga oladi. Kadrlar ta’minoti tashkiliy ta’minotning muhim qismidir. Kutubxonalarni avtomatlashtirish kutubxonachilar xizmat vazifalari yo‘riqnomalariga jiddiy tuzatishlar kiritish va kadrlar malakasini yangi texnologiyalar asosida oshirishni talab qiladi. Kadrlar ta’minoti o‘z xodimlaridan AK talablari va ehtiyojlari asosida ta’lim olishni taqozo qiladi.
Uslubiy va huquqiy ta’minot – AK faoliyati uchun zarur uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy va me’yoriy hujjatlar majmuidir. AK ning bu ta’minoti faoliyatini huquqiy jihatdan belgilab beradi. Uslubiy va huquqiy ta’minot kutubxonalar va unga yaqin sohalar (axborot texnologiyalari, Internet, elektron resurslar, axborotga ega bo‘lish huquqi va boshqalar)ni rivojlantirishga mo‘ljallangan hukumat qarorlarini o‘z ichiga oladi. Bu qonunlar jumlasiga: “Kutubxonalar to‘g‘risida”gi yoki “Kutubxonachilik ishi to‘g‘risida”gi qonun, “Majburiy nusxa to‘g‘risida”gi qonun, “Elektron kutubxonalarni rivojlantirish dasturi”, “Ma’lumotlar bazasi va dasturlar bo‘yicha mualliflik huquqi himoyasi to‘g‘risida”gi qonun va boshqalar kiradi.
Dasturiy ta’minot – kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar majmui. Bunga AK tizimini tashkil qiluvchi dasturlar kiradi, ya’ni axborot qidiruv tizimi, shtrix kodlash tizimi. Iqtisodiy ta’minot – AKni moliyalashtiruvchi vositalar majmui. Bunga davlat tashkilotlaridan olinadigan mablag‘lar, davlat dasturlaridan ajratiladigan mablag‘lar va boshqalar kiradi. Iqtisodiy ta’minotga xalqaro va mahalliy fondlarning grantlarini ham qo‘shish mumkin.
|
| |