|
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)
|
bet | 5/6 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 27,16 Kb. | | #151523 |
Bog'liq 1-Ma\'ruzaAvtomatlashtirilgan kutubxona (AK)-bu kutubxona ishini tashkil etishning ilg‘or shakli hisoblanadi. AK xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirib, kitobxonlarga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Xizmati har qanday tizim shunday qismlardan iboratki, ularsiz tizim faoliyat ko‘rsata olmaydi. Agarda tizim qismlaridan biri bo‘lmasa yoki qoniqarsiz ishlasa, u holda tizim o‘z oldiga qo‘yilgan bosh vazifani bajara olmaydi. Xo‘sh, AK tizimining qismlari yoki uni tashkil etuvchilari nimalardan iborat? Tizim faoliyatini ta’minlab turuvchi quyidagi qismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Til ta’minoti -AK da ishlatiladigan til vositalari majmui. TT o‘z ichiga atamalar, tushunchalar, yuqori darajadagi tillarni, kodlashtirish tillarini va bibliografik axborot tavsifini oladi. Axborot ta’minoti – axborot massivlari majmui, bibliografik axborotlar tasnifi va kodlashtirish, bibliografik formatlar, ma’lumotlar bazasi. Axborot va til ta’minotini bir-biridan ajratish mumkin emas. Bu ikkalasini axborot til ta’minoti sifatida birlashtirish mumkin.
Texnik ta’minot – kutubxona jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga mo‘ljallangan texnik vositalar (shaxsiy kompyuterlar, orgtexnika, serverlar, printerlar va h.k.) majmui. Kutubxonaning texnik ta’minoti o‘z ichiga texnik vositalar kompleksi (EHM, tashqi qurilmalar, terminallar, abonent punktlari, aloqa vositalari)ni oladi. Bu vositalar yordamida kutubxonada axborotlar yig‘iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi, qidiriladi va uzatiladi. Bulardan tashqari, adabiyotlarni jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan texnik qurilmalar ham texnik ta’minot tarkibiga kiradi. Tashkiliy ta’minot – AK ning tashkiliy tuzilishi va lavozimlar uchun yo‘riqnomalar majmuini o‘z ichiga olgan va kutubxonani bir maromda ishlashi uchun lozim bo‘lgan farmoyish va boshqa rasmiy hujjatlardir.
Kutubxona tashkiliy tuzilmasi undagi turli bo‘limlarning faoliyatini (bir-biri bilan aloqasini) tartibga soladi. Bu esa AK tashkiliy masalalarni samarali hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Kutubxonada avtomatlashtirish vositalari paydo bo‘lishi bilan u yerda yangi (avtomatlashtirish, elektron kataloglashtirish, kompyuterlashtirilgan zallarda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.) bo‘limlar tashkil etiladi. Demak, kutubxona tashkiliy tarkibi o‘zgaradi. Kutubxona eng zamonaviy texnika vositalariga ega bo‘lishi, ammo mehnat to‘g‘ri tashkil etilmasa, bu texnika vositalarining asosiy funksiyalari bajarilmasligi mumkin. Bunday holda texnika vositalarining unumdorligi kutilganidan past bo‘ladi.
|
| |