2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi




Download 54,64 Kb.
bet4/14
Sana13.01.2024
Hajmi54,64 Kb.
#136286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida

314-mashq. Berilgan gaplardagi fe’l kesimlarni namuna asosida harakat nomili birikmaga aylantiring.
Namuna: Yozuv bundan 4-5 ming yil oldin kashf qilingan. – Yozuvning kashf qilinishi insoniyat taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi.
1. Yerda fasllar doimiy ravishda almashinib turadi. 2. Yaxshi kay­fiyat sog‘liqni mustahkamlaydi. 3. Soy shovullab oqyapti. 4. Qayerdadir bedana sayrayapti. 5. Hasadgo‘y kishi birovning muvaffaqiyatini ko‘rolmaydi. 6. Ba’zi kishilar to‘yda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda. 7. Keyingi yillarda yoshlarimizning kitob o‘qishga qi­zi­qishi ortmoqda. 8. Nodirjon hech kimning dilini og‘ritmaydi. 9. Yozuv bundan 4-5 ming yil oldin kashf qilingan.
315-mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatdoshlarni topib, yasalishi, qaysi so‘zga bog‘langanligi, sifatga va fe’lga xos xususiyati, gapdagi vazifasini izohlang.
1. Rayhonlar qad ko‘tarib, hid sochdi, birin-ketin ochilgan rang-barang gullar ustida kapalaklar qanot qoqa boshladi. (A. Qahhor) 2.Yigitlar, go‘yo karamzor boshidagi daraxtlarda tinmay sayrayotgan bulbulga quloq solayotgandek, jim qolishdi. (P. Tursun) 3. Demak, biz­ning qilgan ishimiz izsiz ketmaydigan, umrimiz oqar suvdek bekorga oqmaydigan bo‘libdi. (P. Tursun) 4. Akatsiya, beda, lipa daraxti guli­dan yig‘ilgan asal nihoyatda tiniq bo‘ladi. (L. Ikromov) 5. Mamla­ka­timizning turli iqlimiy zonalarida o‘suvchi o‘simliklar turli vaqtlarda gullaydi. (Fan va turmush” jurnalidan) 6. Endi, mehmonlar, aybga buyurmaysizlar, mening qiladigan ishim, boradigan yerim ko‘p. (A. Qah­­hor) 7. Bugun atrofida parvona bo‘layotgan qadrdon jigar-lariga aytgulik biron gapi yo‘qmi? (S. Ahmad) 8. 1991-yil 31-avgust O‘bekistonimiz uchun asrga tatigulik kun bo‘ldi. (S. Barnoyev) 9. Bur-nigacha berkitib ro‘mol o‘rab olgan Zuhra buvi yelpatak bo‘lib, choy taraddudini ko‘rdi. (H. Nazir) 10. Hayotni qiyinchiliklar, muammolar oldida yengilmas kishilargina rivojlantira oladilar. (O. Mo‘minov)
9. Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni. (A. Oripov)


Download 54,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 54,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi

Download 54,64 Kb.