|
2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi
|
bet | 3/14 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 54,64 Kb. | | #136286 |
Bog'liq 2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatidaFе’lning vazifadosh shakllari
I.Yozma javob yozing.
1.Fe’lning o‘zgalovchi kategoriyasi haqida ma’lumot bering.
2.Fe’lning vazifadosh shakllari:
1) harakat nomi;
2)Sifatdosh;
3)ravishdosh.
II.Mashqlarni bajaring.
312-mashq.. Tuzgan gaplaringizda fe’l vazifa shakllarining qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelayotganligini aniqlang. Berilgan harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, sof fe’l shakllarini qatnashtirib 5-6 ta gap tuzing.
1. Sug‘orish, archish, pishirish, kuylamoq.
2. Ochilgan, ekkan, bergan, bukilmas.
3. Shoshib, ko‘rgani, kelgach, borguncha.
4. Chiqdik, borsin, teringlar, pishiraman.
313-mashq. Gaplarni o‘qing. Harakat nomini topib, yasalishi, ma’nosi otga va fe’lga xos belgilarini ayting; gapdagi vazifasini izohlang.
1. Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq. (Maqol) 2. Karima Oysha opadan dastlab bolalarni sevishni o‘rgandi. (S. Zunnunova) 3. Butun dunyodagi bizga o‘xshash mehnatkashlar bilan bir safda urushga qarshi, tinchlik uchun kurashmoq burchimiz. (Oybek) 4. Shundan boshlab Oysuluvning har kuni kunbotarda Ko‘zyoshibuloq tomonga qatnovi boshlandi. (S. Anorboyev) 5. Huzuringizga kelishimning bosh sababi shundadir! – dedi Hasanali. (A. Qodiriy) 5. Hayot faqat jang, mehnat emas, fikrlashdan ham iborat. (Shukrullo) 6. Til bilmaslik birinchi haftalarda ularni qattiq qiynadi. (Oybek) 7. Biz Vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. (X. Davron) 8. Matqovul quduqdan suv tortib turib, bu yoqqa qarab-qarab qo‘yar, qulog‘iga yetib kelgan gaplarni eshitmaslikka tirishar edi. (M. Ismo-iliy) 9. Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi arafasida va mustaqillikning dastlabki yillarida til siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. 10. Jabr-zulmga qarshi, huquqsizlikka qarshi kurashmoq kerak. (Oybek)
11. Yashagan sayyorangni
Bilmoqlik farz, debdilar. (A. Oripov)
|
| |