3-ma’ruza. Kraxmalni qandlashtirish usullari. Donli xom ashyolarni pishirish texnologiyasi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.03.2024
Hajmi0.6 Mb.
#178782
  1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza
1680589327, Turdaliyev Samandar kompyuter tarmoqlari mustaqil ish, 11.10.2023, 2.0-Xotira ierarxiyasi(37-52), 2-маъруза З


3-ma’ruza. Kraxmalni qandlashtirish usullari. Donli xom ashyolarni pishirish 
texnologiyasi. 
Reja. 
1. Donga gidro-termik ishlov berishni afzalliklari.
2. Pishirishni uzluksiz va uzlikli pishirish usullari. 
3. Jarayonga ta’sir etuvchi faktorlar. 
Donlarga suv-issiqlik ishlovi berishdan asosiy maqsad xom ashyo tarkibidagi 
kraxmalni solod amilolitik fermentlari yoki mikroorganizmlar ferment preparatlari 
yordamida qandlashtirishga tayyorlashdir. Qandlashtirish jarayoni kraxmal 
fermentlar ta’siri uchun qulay (ya’ni hujayra devori bilan himoyalanmagan) va 
eritilgan holatda bo’lgandagina to’liq va tez boradi. Ushbu jarayonni amalga oshirish 
uchun butun xom ashyoga yuqori bosim ostida ishlov beriladi (spirt sanoatida 
pishirish deyiladi) yoki xom ashyo maxsus uskunalarda mexanik ravishda o’ta 
yanchiladi yoki xom ashyo zarrachalari o’lchami ma’lum o’lchamgacha 
yanchilgandan so’ng bosim ostida pishiriladi (usul qo’shma usul ham deyiladi). 
Kraxmal saqlovchi butun xom ashyoni yuqori bosim ostida pishirishda 
pishirish qozoniga solingan xom ashyo to’yingan suv bug’ining yuqori bosimi ostida 
ishlov beriladi. Bosim xom ashyo turiga bog’liq holda 0,5 MPa (harorat 158,1
o
S)ga 
etishi mumkin. Bunday sharoitda kraxmal eriydi, hujayra devori yumshab, qisman 
eriydi. Saqlagich (bug’ separatori)ga puflashda bosimlar farqi, puflash qutisidagi 
to’rli to’siq hamda pishgan massaning bir uskunadan boshqasiga o’tishidagi 
mexanik to’siqlar tufayli hujayra devori titilib ketadi. Bundan tashqari pishirish 
jarayonida xom ashyoni sterizasiyalash imkoni ham tug’iladi. Bu esa qandlashtirish 
va bijg’itish jarayonlarini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xom ashyoni kraxmal donlaridan ham kichik o’lchamli zarrachalarga ezishda 
kraxmal donlarining o’zi ham, hujayra devori ham mexanik parchalanadi. Natijada 
kraxmal 60-80
o
S haroratli suvda eriydigan, amilolitik fermentlar (tabiatidan qat’iy 
nazar) tomonidan parchalanadigan bo’lib qoladi. Xom ashyoni o’ta ezish usulida 
juda ko’p elektr energiyasi sarflanishi va xom ashyoni sterilizasiya qilish imkoni 
bo’lmaganligi sababli ishlab chiqarishda qo’llanilmaydi. 
Ishlab chiqarishda qo’shma usul keng tarqalgan. Ushbu usulda xom ashyo 
zarrachalarining o’lchami 1-1,5 mm bo’lguncha eziladi, so’ngra pishiriladi. Bunda 
butun xom ashyoni yuqori bosim ostida pishirilishga nisbatan harorat va jarayon 
davomiyligi kamroq bo’ladi (ya’ni rejim «engil»). Pishirilgan va ezilgan xom 
ashyoni puflashda bosimlar farqi tufayli titilish yuz beradi va pishgan massa bir xil 
jinsli holatga keladi. Qo’shma usulni amalga oshirishda xom ashyoni ezish uchun 
kam energiya talab qilinadi, pishirishda ham rejim «engilligi» tufayli bijg’itiladigan 
qandlar yo’qotilishi minimumga intiladi. 

Download 0.6 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-ma’ruza. Kraxmalni qandlashtirish usullari. Donli xom ashyolarni pishirish texnologiyasi

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish