|
Visual Studio muhitida animatsiya yaratish
|
Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 300 Kb. | | #253725 |
Bog'liq Animatsiyalar
Visual Studio muhitida animatsiya yaratish
Microsoft Visual Studio muhitida animatsiya yaratamiz (Svetaforda mashinaning harakatlanish jarayoni). Avvalo animatsiya uchun kerakli bo’lgan svetafor va mashinaning rasmini kompyuter xotirasiga joylashtiriladi.Endi Visual Studioni ishga tushirib olamiz.Form oynasiga Svetaforning qizil chirog’i yongan holatdagi suratini joylashtirish uchun Toolbox panelidan Pixturebox kompanentasini joylashtiramiz.Svetaforning qolgan 2 ta chirog’i yongan holatini yana alohida Pixtureboxlarga joylashtiramiz,quyidagicha:
Barcha Pixturebox1,Pixturebox2 va Pixturebox3 larni ustma-ust joylashtiramiz.
Svetaforni yoqib , o’chirish uchun 2 ta Button (buyruq) tugmalarini Form oynasiga joylashtiramiz.
Endi Form oynasiga harakatlantirish uchun mashina rasmini joylashtiramiz,Toolbox panelidan Pixturebox kompanentasini olib joylashtiriladi.
Svetafor va mashinaning harakatlanish vaqtlarini belgilash uchun Toolboxdan 2 ta timer kompanentalarini Form oynasiga joylashtiramiz.Bu holatdan keyin Form oynasining umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Svetaforning ranglari almashinish vaqtini timer1 => Interval => 1000 qilib belgilaymiz.Mashinaning harakatlanish davomiyligini timer2 => Interval => 300 qilib belgilaymiz.
Endi Form oynasining kod qismiga o’tamiz , avvalo timer1 orqali o’tib svetavor ranglarining almashinish jarayonini yozamiz,quyidagidek:
(picturebox1=qizil rang,pixturebox2=sariq rang,pixturebox3=yashil rang)
if (pictureBox1.Visible == true)
{
pictureBox1.Visible = false;
pictureBox2.Visible = false;
pictureBox3.Visible = true;
}
else if (pictureBox3.Visible == true)
{
pictureBox1.Visible = false;
pictureBox2.Visible = true;
pictureBox3.Visible = false;
}
else if (pictureBox2.Visible == true)
{
pictureBox3.Visible = false;
pictureBox2.Visible = false;
pictureBox1.Visible = true;
}
Button-buyruq tugmalariga harakatlanish va harakatni to’xtatish buyruqlarini beramiz.
private void button1_Click(object sender, EventArgs e)
{
timer1.Enabled = true;
timer2.Enabled = true;
}
private void button2_Click(object sender, EventArgs e)
{
timer1.Enabled = false;
timer2.Enabled = false;
}
timer2 kompanentasining bajarish vazifasiga , mashinaning svetafor ranglariga mos harakatlanishini kiritamiz.
private void timer2_Tick(object sender, EventArgs e)
{
if (pictureBox2.Visible == true) { pictureBox4.Left = pictureBox4.Left += 5; }
if (pictureBox3.Visible == true) { pictureBox4.Left = pictureBox4.Left += 30; }
}
Shundan so’ng bizning asosiy ishimiz tugaydi va kompilatsiya(Start) buyrug’i orqali ishning natijasini ko’rishimiz mumkin(animatsiyani ko’rish uchun Start va Stop tugmalaridan foydalaniladi).
Natijani ko’rishdan oldin Maxmizeboxni maksimal kattalikda qo’yilsa ajoyib animatsiyaning guvohi bo’lasiz.
|
| |