• Kurs ishining maqsadi
  • I-BOB GAP BO‘LAKLARI HAQIDA UMUMIY MA’ LUMOT. 1.1 Gaplarni bo‘laklarga ajratish haqida umumiy ma’ lumot.
  • O`zbek tili va adabiyoti” fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi




    Download 60,38 Kb.
    bet2/9
    Sana02.02.2024
    Hajmi60,38 Kb.
    #150391
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Gap boʻlaklari (2)

    Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ona tilimizni o‘rganish, ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo’lgan e'tibor kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “ Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish, davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishi ekanligini alohida ta'kidlagan.
    Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bola timsolida, avvalo, shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi.
    Kurs ishining maqsadi: Gap boʻlaklarini o`rganish.
    Kurs ishining vazifalari:
    * Gap boʻlaklarini o`rganish.
    * Gap boʻlaklarini taxlil qilish.
    Kurs ishining obyekti: Gap boʻlaklari.
    Kurs ishining predmeti: Gap boʻlaklari.
    Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, to`rtta bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


    I-BOB GAP BO‘LAKLARI HAQIDA UMUMIY MA’ LUMOT.
    1.1 Gaplarni bo‘laklarga ajratish haqida umumiy ma’ lumot.
    Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda ko’p bor o’zini oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqqiyatli amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi portlash effektiga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz degan fikrni bildirgan edim.
    Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo’ lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oliy o’ quv yurtlarida taxsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’ rifat sirlarini o’ rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o’ quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan o’ z iste’ dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu– intilishlarimiz bugunning o’ zida o’ z hosilini berayotganining guvohi bo’ lmoqdamiz.
    Eng muhimi shundaki, “ portlash effekti” ning haqiqiy mohiyati va ahamiyati vaqt o’ tishi bilan biz tarbiya qilayotgan sog’ lom va barkamol avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirish jarayonida maktab ta’ limi, ayniqsa, umumta’ lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’ tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
    Jumladan, o‘ zbek tili o‘ qitish nazariyasi va metodikasi fanida morfologiya bo'limini o‘ rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘ rganilgan. T.Ziyodovaning “ Ona tili ta’ limi jarayonida o‘ quvchilarning so‘ z boyligini oshirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, A.Bobomurodovaning “ Ona tili ta’ limi jarayonida o‘ yin-topishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini asos sifatida keltirish mumkin.
    Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘ z ahamiyatini yo‘ qotgani yo‘ q. Ona tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy Kurs ishilardan biri bu – Sh.Yusupovaning “ Ona tili ta’ limi samaradorligini oshirishda ilg‘ or pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’ anaviy usullar va kompyuterdan foydalanish)” nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “ Aqliy hujum” metodidan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘ tilgan darslardan namunalar va ularni tashkil qilish yo‘ l-yo‘ riqlari bayon qilingan. Shuningdek, ishda “ Bu bizniki” usulidan foydalanish yo‘ llari ko‘ rsatilgan.
    Sh.Yusupovaning “ Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari” nomli doktorlik dissertatsiyasida ham dars samaradorligini oshirish masalasiga e’ tibor qaratilgan bo‘ lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarni falsafiy fikrlashga o‘ rgatish, ularda bilishga qiziqish uyg‘ otish, motivatsiya hosil qilish, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlashga emas, uni ta’ limga tatbiq etish dolzarb vazifa ekanligini ta’ kidlaydi. Metodist o‘z ishida o‘ quvchilar
    tafakkurini o‘stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘ rni va ahamiyati haqida to‘ xtalib o‘ tgan bo‘ lib, o‘ quvchi tafakkurini o‘ stirishda “ Aqliy hujum” , “ Bu bizniki” metodlarini qo‘ llash yaxshi samara berishini olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.
    Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘llaridan biri o‘ yin darslaridir. Ona tili darslarida o‘yin turlaridan foydalanish masalasi metodist A.Bobomurodovaning dissertatsion ishida tahlil etilgan. U o‘ z ishida ona tilining har bir bo‘ limini o‘ rganishda qaysi tildagi va turdagi ta’ limiy (didaktik) o‘ yin-topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi va buning yo‘ llarini ko‘ rsatgan. O‘yin usulida darsni yoki darsning ma’ lum bir bosqichini tashkil etish, albatta, o‘ z-o‘ zidan o‘ quvchilarni guruhlarga bo‘ lib, ularni hamkorlikda faoliyat ko‘ rsatishga undaydigan ta’ lim usuli hisoblanadi. A.Bobomurodova ona tilidan o‘ quvchilarga beriladigan o‘ yin-topshiriqlarni murakkablik darajasiga ko‘ ra uch turga ajratar ekan, birinchi turiga qayta xotiralashga asoslangan o‘ yin-topshiriqlarni kiritadi. Faqat ushbu o‘yinlarning kamchilik tomoni borligini eslatadi: «Qayta xotiralashga asoslangan o‘yintopshiriqlar o‘ quvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarni yangi sharoitda qo‘ llashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi. Bunday o‘yin-topshiriqlarni bajarish o‘ quvchiga katta murakkablik tug‘ dirmaydi, oldin o‘ rganilgan mavzular va muayyan bilimga ega bo‘ lgan o‘ quvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin»7. Albatta, topshiriqlarni bemalol bajarish uchun bilim, ko‘ nikma va malakalar yaxshi egallangan bo‘ lishi lozim. Buning uchun esa o‘ quvchi o‘ zi unutgan narsalarini xotiraga tushirish haqida o‘ ylashi, biror yo‘ l bilan o‘ qib olishi, sinfdoshlaridan eshitib bo‘ lsa ham, bila borishi darkor.

    Download 60,38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 60,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbek tili va adabiyoti” fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

    Download 60,38 Kb.