• Kalit soʻzlar;
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Zamonaviy asrda milliy qadriyatlarimizni asrash qarshi Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Mardonova Fotimaxon




    Download 13,35 Kb.
    Sana03.12.2023
    Hajmi13,35 Kb.
    #110544
    Bog'liq
    2 5377852589977123497


    ZAMONAVIY ASRDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNI ASRASH
    Qarshi Davlat Universiteti
    Pedagogika fakulteti Mardonova Fotimaxon
    Tel:+998908848402
    Email: fotimamardonova0702@gmail.com
    Annotasiya; Hozirgi kunimizda biz globallashuv sharoitida, zamonida yashamoqdamiz, koʻproq ulgʻayayotgan yoshlarimiz umum xalq bayramlari, qadriyatlarini hatto nima ekanligini bilmay kelishmoqda, yani ma'daniyatimiz gʻarb mamlakatlari tarafga siljimoqda. Buning oldini olish uchun milliyligimizni qaytadan barpo etish darkor.
    Kalit soʻzlar; Globallashuv, ijtimoiy, internet, sotsial, psixologiya, akseleratsiya, kadr, siyosiy, mamlakat, komputer, televideniya
    XXI asr zamonaviy taraqqiyot asri ushbu ibora biz uchun eng quvonarli ya'ni bilim olish, fikr almashish juda oson, lekin tarafi shundaki, yoshlarimizning ongi qiziquvchan boʻlgani hamda oʻrganuvchan boʻlgani sababli koʻproq sotsial tarmoqlarga qaram boʻlib qolmoqdadir. Ushbu holat mamlakatimizning eng katta inqirozi, negaki yoshlari yoq mamlakat bu rivojlanish kelajagi porloq boʻlmagan mamlakat hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarimizning qaymas yoshlik chogʻlari achinarli va behuda oʻtmoqda. Ushbu jumlalarimizdan nima demoqchiman. Qadriyatlarimiz hamda umuminsoniy hislatlarni saqlash uchun yoshlarimizni maktabdan oldingi hamda maktab davrida biz ularga vatan soʻzini ulugʻlab uni muqaddas ekanini tushunib oʻtsak. Bunday avloddan irodali, yetuk vatanimizga hizmat qiladigan yoshlar yetishib chiqadi. Avvalambor televideniyada asosan begʻubor bolalik davrlari, katta va kichikka hurmat, ota ona hurmati, vatanimiz mustaqilli borasida koʻrsatuvlar tashkil etib, hamda ularni shu muhitda tarbiyalasak juda manfaatli boʻladi. Yosh avlodga zamonaviy ta'lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma'naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g'oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori, avvalo, yoshlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni also unutmasligimiz lozim. 2008-yilda chop etilgan "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fuqarolarimiz, xususan, yosh avlodning ma'naviy kamoloti uchun otalarcha e'tibori va g'amxo'rligining yana bir karra yaqqol dalili bo'ldi. Kitobni qayta-qayta mutolaa qilar ekanmiz, yorug' olamda, ayniqsa, bugungiday tez o'zgarishlarga moyil dunyoda, insonni inson sifatida yashashi uchun yuksak ma'naviyatning, milliy qadriyatlarning nechog'lik muhim hayotiy zarurat ekanligini chuqur anglab yetamiz. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni, qadriyatlarimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini, milliy qadriyatlarini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g'oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yosh avlod tarbiyasi borasida fikr yuritib: "Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom qilib o'stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini ko'rish, dunyoda hech kimdan kam bo'lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi" deb alohida e'tirof etgan edilar. Insoniyat boy qadriyatlarga suyangan holda kamol topadi. Buyuk O'zbekistonimizning istiqboli ko'p jihatdan yoshlarning salohiyatiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashga bog'liq. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash masalasi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelgan. Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o'sib kelayotgan yosh avlod muammolariga bag'ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida milliy qadriyatlarning, ma'naviy komponentlarning o'rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ma'naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog'lom e'tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo'lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Agar biz O'zbekiston kelajagi, taqdiriga o'zimizning javobgar ekanligimizni his etsak, har birimiz uning taraqqiyoti vositasi bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash masalalarini chuqur egallamog'imiz, yangicha tafakkur asosida yashashni o'z burchimiz deb bilmog'imiz kerak. Boshqacha qilib aytganda, yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash, ularda to'g'ri munosabatni shakllantirish, ularning ruhan tetik shaxs sifatida rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish zarurati bosh maqsadlardan biridir. Milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasiga ko'rsatadigan ta'sirlari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini inobatga olib, bu boradagi izlanishlar samarasini oshirish, tadqiqot natijalari asosida qo'llanmalar ishlash va ijtimoiy yo'nalishdagi oliy ta'lim tizimiga joriy qilish maqsadga muvofiq. Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda inson ruhiyati va milliy qadriyatlar omilidan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish didaktik mazmun kasb etadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda, empirik tahlil natijalari psixologiya fanini yangi ilmiy ma'lumotlar bilan boyitadi. Shuningdek, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash bilan bog'liq muayyan tushunchalarni ilmiy jihatdan asoslaydi. Ayni paytda mazkur monografiya milliy qadriyatlar haqidagi ilmiy qarashlarni psixologik xizmat doirasidagi yangi ilmiy ma'lumotlar, mushohadalar bilan boyitishga xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasiga ko'rsatadigan ta'sirini yanada kengroq o'rganish imkonini beradi. Mazkur monografiyadagi xulosa va nazariy umumlashmalardan o'sib kelayotgan avlodda insonparvarlik, ma'rifatparvarlik, bunyodkorlik, bag'rikenglik, milliy iftixor singari tuyg'ularni tarbiyalashda foydalanish mumkin. Bugungi kunda qadriyatlar sohasidagi o'zgarishlarga e'tibor va bu boradagi yangi tamoyillardan talim-tarbiyada foydalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda. Umuminsoniy qadriyatlar davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilandi. Uning asosiy maqsadi-o'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, ko'p millatli xalqimizni birlashtirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslarni, xususan, yoshlarni tarbiyalashga qaratilgandir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy qilingan 5 ta muhim tashabbusda, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ham milliy va umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida yosh avlodda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, o'z Vataniga va xalqiga sodiqlik ruhiyatini shakllantirishga alohida ahamiyat berilgan. Qadriyat -voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma'rifat, haqiqat, yaxshilik, go'zallik, moddiy va ma'naviy boyliklar, an'ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ma'naviyat tushunchasi singari qadriyat tushunchasi ham keng bo'lib, uni har kim o'z nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda turlicha izohlashi, ta'rif berishi mumkin. Lekin barcha holatlarda qadriyat o'zida ezgu niyatlar, maqsadlar va intilishlarni namoyon etadigan, millatning ma'naviy yetukligini ko'rsatib turadigan mezonlardan sanaladi1. Insoniyat tamadduni taraqqiyot bosqichlari tajribalarini o'zida mujassam etgan, eng ezgu tuyg'ularga yo'g'rilgan va komillik sari da'vat etuvchi ma'naviy-ruhiy tushunchalar umuminsoniy qadriyatlar.
    Ushbu maqolada odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarning ma’no-mazmuni, uning yoshlar, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari fikr va xulosalar orqali tahlil qildik.


    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. M.M.Mamatov. "Etnopsixologiya". - T.:1999 yil.
    2. Q.Nazarov - "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" - Toshkent: 2001yil
    3. S.Otamurodov. Globallashuv va millat. -T.: 2008 yil
    4. I.A.Karimov."Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"-T.:2008 yil.
    5. Qosimova, S. S. (2022). Analysis Of Inflectional Terms In The Study Of Hamiduddin Dariri. Journal of Positive School Psychology, 6(3), 2200-2203.
    Download 13,35 Kb.




    Download 13,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy asrda milliy qadriyatlarimizni asrash qarshi Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Mardonova Fotimaxon

    Download 13,35 Kb.