Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari




Download 60,38 Kb.
bet4/9
Sana02.02.2024
Hajmi60,38 Kb.
#150391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gap boʻlaklari (2)

Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari: Milliy tiklanish partiyasi, Andijon viloyati partiya raisi.

  • Ilmiy siyosiy va madaniy muassasa nomlari: Andijon davlat universiteti, Navoiy teatri, O‘ zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi kabi.

  • Kitob, gazeta, jurnal nomlari: «O‘ zbek tili va adabiyoti» jurnali, «Hozirgi o‘ zbek adabiy tili»

  • Turli geografik nomlar: Shimoliy muz okeani, O‘ rta Osiyo, O‘ rta Sharq, Orol dengizi kabi.

  • Har ikkala komponenti ham holi o‘ z leksik ma’ nolarini butunlay yo‘ qotmagan, biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo‘ lagi funksiyasida keladigan borib kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi murakkab fe’ llar.

  • Havo rang, kul rang, shisha rang, och rang kabi murakkab sifatlar.

  • O‘ n besh, bir yuz ellik, bir kam sakson, bir ming to‘ qqiz yuz yetmish to‘ rtinchi tipidagi murakkab sonlar; har kim, har nima, har bir, hech bir, hech narsa, ba’ zi bir, qaysi bir, ana o‘ sha, mana shu kabi murakkab olmoshlar.

  • Har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir nafas, hech vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o‘ tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni, kuni kecha, shu yerda kabi har birini alohida qo‘ llash mumkin bo‘ lgan ikkita so‘ zning birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan murakkab ravishlar.

  • Kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga tushsa butun chiqadi, boshini olib ketmoq, yostig‘ ini quritmoq kabi frazeologik birikmalar odatda, erkin so‘ z birikmalari gapda ajralib turadi, ularning komponentlari alohida bo‘ lak funksiyasida shakllanadi, gap mazmuniga nisbatan mustaqil bo‘ ladi. Masalan, ko‘ pincha atributiv birikmaning tobe komponenti aniqlovchi, hokim komponenti boshqa bo‘ lak, relyativ birikmaning tobe komponenti hol, hokim komponenti boshqa bo‘ lak funksiyasida keladi.

    Biroq so‘ z birikmalarining har bir komponenti gapda doim alohida bo‘ lak vazifasida kelavermasdan, ba’ zan, so‘ z birikmasi yaxlitligicha bitta bo‘ lak bo‘ lib keladi. Masalan, Bu kishi Arslonbek akaning o‘ g‘ li. Militsiyamiz – qonunbuzarlar dushmani gaplaridagi Arslonbek akaning o‘ g‘ li, qonunbuzarlar dushmani birikmalari gapning bitta ajralmas bo‘ lagi bo‘ lib, kesim vazifasida kelgan. Yoki O‘ zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ko‘ ngil xazinasining guli – til (Navoiy) gaplarining egasi so‘ z birikmasi bilan ifodalangan.
    Demak, murakkab bo‘ lak so‘ z birikmasi bilan ifodalanadi.
    Murakkab bo‘ lak vazifasida ko‘ pincha izofa xarakteridagi ajralmas birikmalar: qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so‘ zlardan tuzilgan birikmalar, kesimi sifat, bor, yo‘ q so‘ zlari bilan ifodalangan «ega+kesim» modelidagi qo‘ shilmalar, sifatdosh va ravishdosh oborotlari, gapdan tashqarida erkin bo‘ lsa ham, gapda alohida bo‘ lak sifatida ajratish mumkin bo‘ lmagan so‘ z birikmalari kela oladi.
    Masalan, Yaxshining so‘ zi – qaymoq, yomonning so‘ zi – to‘ qmoq (maqol)
    Erning vaziri – xotin (maqol)
    Dunyoning ishlari Ziyodulla o‘ ylagandan ancha mushkulroq bo‘ lib chiqdi.
    Navoiy – g‘ azal mulkining sultoni (Shayxzoda)
    Begona yurtda shoh bo‘ lgandan, o‘ z yurtingda gado bo‘ lgan yaxshi (maqol) Bo‘ laklar gapda vazifa bajarishi jihatidan bir xil emas. Ba’ zi bo‘ laklar gapning mazmuniga aniqlik kiritish, to‘ ldirish kabi vazifalarni bajaradi, bularning qo‘ llanmasligi gap mazmunini, tuzilishini tubdan o‘ zgartirib yubormaydi. Ular gapda qo‘ llanmasa ham, o‘ zining gaplik holatini o‘ zgartirmaydi. Ba’ zi bo‘ laklar esa, aksincha, gapda ishtirok etishi mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz gapning o‘ zi maydonga kelmaydi. Mana shu nuqtai nazardan bo‘ laklar ikki turga ajratiladi: bosh bo‘ laklar, ikkinchi darajali bo‘ laklar.
    Gapning bosh bo‘ laklari gapning asosini – markazini tashkil qiladi, ular konstruktorlik xususiyatiga ega bo‘ lib, gapda boshqa bo‘ laklarni markazlashtiradi. Bosh bo‘ laklar ikkinchi darajali bo‘ laklarsiz ham hukm ifodalaydi – kommunikativ funksiya bajaradi.
    Demak, gap uchun zarur bo‘ lgan predikativlik tushunchasi bosh bo‘ laklar orqali ifodalanadi.
    Predikativ aloqa (ega+kesim aloqasi) bayoni aloqa bo‘ lib, inkor va tasdiqni o‘ z ichiga oladi. Bular harakat, holat, belgi tushunchalarni voqelik va zamon bilan bog‘ laydi, so‘ zlovchining ana shu voqelikka bo‘ lgan munosabatini ko‘ rsatadi. Masalan, Bola sho‘ x gapida predmet va belgi tushunchalari qo‘ shilib, sho‘ xlik belgisining bolada mavjud ekanligi hukm yo‘ li bilan tasdiqlangan, voqelik hozirgi zamon bilan bog‘ langan.
    Predmet va belgi munosabati so‘ z birikmalarida ham ifodalanadi (sho‘ x bola, sayroqi qush kabi), biroq bundagi predmet va belgi tushunchalari bir butun murakkab tushuncha bo‘ lib, nominativ funksiya ifodalaydi.
    Ikkinchi darajali bo‘ laklar bosh bo‘ laklarga bog‘ lanib, ularni mazmunan to‘ ldirib, belgi va holat jihatidan aniqlab keladi. Ana shu xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi darajali bo‘ laklar aniqlovchi, to‘ ldiruvchi, hol turlariga ajratilgan. Ikkinchi darajali bo‘ laklar gapda mustaqil qo‘ llana olmaydi, ular bosh bo‘ laklarga bog‘ lana olgandagina, nutqda ishtirok etadi. Demak, ikkinchi darajali bo‘ laklarning mavjudligi bosh bo‘ laklar tufaylidir.
    Bosh va ikkinchi darajali bo‘ laklarning grammatik - semantik munosabati shuni ko‘ rsatadiki, ikkinchi darajali bo‘ laklar tobe, bosh bo‘ laklar hokim bo‘ laklardir.
    Gapda ikkinchi darajali bo‘ laklar bosh bo‘ laklarning biriga tobelanadi yoki ular o‘ zaro bir-biriga bog‘ lanib, so‘ ng bosh bo‘ lakka tobelanadi.
    Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo‘ lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha, sintaktik Kurs ishlarida, asosan, gapning shakliy tomoniga e’ tibor berilgan. Faqat ayrim o‘ rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko‘ ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo‘ laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o‘ rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’ tirof etilgan bo‘ lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasiga bir xillik yo‘ q. Ular orasida ikki qarama-qarshi yo‘ nalish ajralib turadi. Birinchi yo‘ nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik tomoniga asoslanadi.1
    Bu yo‘ nalishda gapning har bir tuzilish tarixining umumiy grammatik tomonini topishga harakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’ nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko‘ ra, mazmun grammatik shakllanmay, o‘ z holicha mavjud bo‘ lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo‘ lib xizmat qiladi. Har bir gapda ma’ lum obyektiv mazmun moddiy vositalar – sintaktik shakllar vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik tuzilishi hisoblanadi.
    Sintaktik tuzilish ham o’ zaro munosabatda bo’ lgan bir necha unsurlardan tashkil topgan bir butunlikdir. 2
    Sintaktik tuzilishning unsurlari an’ anaviy tilshunoslikda g a p b o’ l a k l a r i termini bilan nomlanadi. Lekin sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shaklning tobe aloqaga kirishishi (o’ zaro deminatsiya munosabati) uning gap bo’ lagi hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
    Gap bo’ lagi ma’ lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik munosabatdagi vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ ldiruvchi vaziyati va boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’ lgan lekin bu mazmuniy munosabat shakliy jihatdan tobe munosabat (aloqa) orqali emas, balki undash va kirish munosabatlar orqali ifodalangan birliklar sintaktik tuzilish birligi sifatida qaralmaydi. Bu esa butunni bo’ laklarga bo’ lish asosida zid keladi. Chunki butun bo’ laklarga ma’ lum asosda shunday bo’ linishi kerakki, butunning birorta unsuri bo’ linishdan tashqari qolmasligi kerak.



    Download 60,38 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 60,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari

    Download 60,38 Kb.